O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
26.08.2020

SAMARQANDLIK OLIM XIZMATI TURKIYaDA ETIROF ETILDI

Turkiya Respublikasida Mustafo Kamol Otaturk tomonidan asos solingan Turk tili jamiyati (T?rk Dil Kurumu, 1932) dunyoda va Turkiyada milliy til, yozuv, imlo, terminologiya, til tarixi masalalari bilan jiddiy shug‘ullanib, turk tilini taraqqiy ettirgan, uning begona tillar boyunturugidan xalos qilgan va modernizatsiyalashga katta xizmat qoshib kelayotgan ilmiy tashkilotlardan biri hisoblanadi.

Turk tili jamiyati keyinchalik tashkil etilgan Turk tarixi jamiyati va Turk madaniyatini organish institutlari bilan birga Otaturk nomidagi madaniyat, til va tarix oliy Jamiyati tarkibiga kiritilgan bolib, bu ilmiy tashkilot turk inqilobining yolboshchisidan meros qolgan sarmoya (3 milliard dollar deb taxmin qilinadi) asosida oz faoliyatini moliyalashtirib, turk tili, turkiy tillar, turkiy xalqlar tarixi, adabiyoti, madaniyatiga doir ilmiy ishlar, loyihalar va nashrlarni amalga oshirib boradi. Turkiya Respublikasida Turk dil kurumu akademiya darajasidagi davlat ilmiy tashkilotidir.

Shu bilan birga Turk tili jamiyati dunyoda turkiy xalqlar, tillar, madaniyatlar xususida muvaffaqiyatli tadqiqotlar olib borayotgan olimlarni faxriy, haqiqiy va muxbir a’zolar sifatida oz saflariga chorlaydi.

2020 yilgi Turk tili jamiyati tarkibiga saylovlarda ushbu ilmiy tashkilotga “Ipak Yoli” Turizm xalqaro universitetining birinchi prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Joliboy Eltazarov muxbir azo sifatida saylandi. Bu xususda olim Turk tili jamiyati raisi, professor Gurer Gulsevin tomonidan yozilgan maktubda chet mamlakatlarda turkiy tillar xususida samarali tadqiqotlar olib borganligi uchun ushbu sharafga noil korilgani malum qilinadi.

Haqiqatan ham professor J.Eltazarov keyingi on yilliklarda Koreya, Amerika, Germaniya, Yaponiya va Turkiya Respublikasi universitetlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida ozbek, turk, uygur, qozoq tillarini oqitish, bu tillar boyicha darslik va qollanmalar, lugatlar va sozlashgichlar yaratishda hamda turkiy tillar va madaniyatlarni dunyoga ommalashtirishda katta xizmatlarni amalga oshirdi. Jumladan, olim Yapon universitetlari uchun ozbek tili darsligi (2009, 2010), Ozbekcha-yaponcha sozlashgich (2013), Yapon universitetlari uchun Ozbekcha oqish kitobi (2013), turk universitetlari uchun Ozbekchani organamiz (2010) darsligini yozib nashr ettirgan edi. Ozbekistonda olimning ozbek tili tarixi, ozbek tili grammatik qurilishi masalalari, ozbek yozuvi va imlosi tarixi masalalariga bagishlangan 10 dan ortiq monografiyalari va Qadimgi turkiy til darsligi chop etilgan.

– Turk tili jamiyatiga muxbir etib saylanganim men uchun juda faxrlidir, deydi olim. 2020 yilda erishgan bu muvaffaqiyatimni meni talabalikdan shu darajalarga yetkazgan ona-universitetim SamDUning 600 yilligiga bagishlayman. Turk tili jamiyati bilan hamkorligimiz davom etadi va ozbek shevalari leksikasiga doir tadqiqotlarimiz yakunini Turk tili jamiyati bilan birga amalga oshiramiz va uni qardosh olka poytaxtida turk tilida elon qilamiz.

Nazmiya MUHIDDINOVA,

filologiya fanlari boyicha falsafa

doktori, SamDU ozbek mumtoz adabiyoti

tarixi kafedrasi dotsenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: