O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
19.08.2020

KARANTIN YuMShATILDI, BEKOR QILINGANI YOQ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi va partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qomitasining qoshma majlisi otkazildi. Unda videomuloqot dasturi orqali respublikamizning barcha hududlaridan 300 nafarga yaqin deputat, senator va partiya faollari ishtirok etdi.

Yigilishda pandemiya davrida partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, karantin tartibi bosqichma-bosqich yumshatilishi jarayonida partiya tashkilotlari va deputatlik birlashmalarining asosiy vazifalarini belgilab olish masalasi muhokama etildi.

Qoshma yigilishni OzXDP Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari Ulugbek Inoyatov ochib berdi. U joriy yil “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Ozbekiston!” shiori ostida nishonlanadigan eng ulug, eng aziz bayram mamlakatimiz Mustaqilligining 29 yilligi bilan barchani tabrikladi. Bu bayram xalqimizni sinovli kunlarda yanada jipslashtirish, qiyinchiliklarni yengib, yutuqlar sari intilish hissini mustahkamlashda har birimizga ulkan ruhiy kuch-qudrat berishini aytdi.

Shundan song pandemiya davrida hududiy partiya tashkilotlari, barcha darajadagi deputatlik birlashmalari, jumladan, Xorazm, Surxondaryo va Fargona viloyatida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar tahlil qilindi.

— 15 avgustdan boshlab hayot asta-sekin izga tusha boshlaydi. Iqtisodiyotni qaytadan jonlantirish, odamlarning ruhiyatini kotarish zarur. Shu bilan birga yuzaga keladigan muammoli masalalarni tez fursatda va hamjihatlikda hal etish qaysi sohada ishlayotganimizdan qat’i nazar, zimmamizga katta masuliyat yuklaydi, dedi partiya yetakchisi U.Inoyatov.

Pandemiya sharoitida yashash va ishlashga otish jarayoni barchamizdan yanada birdam bolish, belgilangan tartiblarga rioya etishni talab etadi. Takidlash kerakki, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish ham oz samarasini bermasdan qolmaydi. Xalq demokratik partiyasi bu muhim jarayonda 400 nafardan koproq xodimi, 1700 nafarga yaqin deputati hamda mamlakatimizning barcha hududlaridagi minglab faollari bilan birga hamfikr, hamjihatlikda ishtirok etadi.

Partiyaning parlamentdagi fraksiyasi bir qancha qonunchilik tashabbuslari, jumladan, yashash minimumi, istemol savatchasi va kambagallik darajasi tushunchalarini qonunchilikda mustahkamlash boyicha tayyorlab, hukumatga kiritilgan Yashash minimumi togrisidagi qonun loyihasi boyicha ishlarni davom ettiradi. Chunki bu elektorat manfaatlarini tizimli himoya qilish, bu borada muhim huquqiy asosni yaratishda partiya uchun prinsipial ahamiyatga ega masala.

Parlament azolari, partiya mahalliy kengashlari rahbarlari qoshma yigilishda kotarilgan masalalar boyicha oz taklif-mulohazalarini bildirdi. Shular asosida quyidagi vazifalar belgilandi.

Birinchi vazifa: ehtiyojmand oilalar azolari ozini ozi band qilish imkoniyatlari va imtiyozlaridan foydalanishi uchun amaliy yordam korsatiladi.

Ikkinchi vazifa: jamoat ishlari jamgarmasi mablaglari hisobidan tashkil qilinayotgan ish orinlari, ularga ishga joylashayotganlar haqidagi malumotlar haqqoniyligi, qishloq xojaligi kooperativlarini tashkil etish uchun ajratilgan subsidiyalarning maqsadli sarflanishi boyicha deputatlik va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

Uchinchi vazifa: deputatlar va partiya faollari Saxovat va komak xayriya tadbirlarini davom ettirib, elektorat vakillariga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari yetkazilishida faol ishtirok etadi.

Tortinchi vazifa: aholining ehtiyojmand qatlamlarini qollab-quvvatlash uchun naqd pul shaklida berilayotgan byudjet mablaglari oz egalariga yetib borishi boyicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga alohida etibor qaratiladi.

Beshinchi vazifa: ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali pandemiya davridagi tartib-qoidalar, joylarda yuzaga kelgan muammolarni hal etish boyicha amalga oshirilgan ishlar haqida targibot, tushuntirish davom ettiriladi.

Oltinchi vazifa: karantin tartibi bosqichma-bosqich yumshatilishi jarayonida ishlab chiqarish va xizmat korsatish muassasalarida sanitariya talablariga rioya etilishi, bemorlarga kerakli tibbiy yordam korsatilishi doimiy organilib, zarur hollarda mutasaddilarning axborot va hisobotlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida korib chiqilishi boyicha takliflar kiritiladi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Axborot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: