O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
29.07.2020

MIRZO ULUGBEK MADRASAI OLIYaSI VORISI

Mening mo‘tabar ota-onam otgan asrning 50-yillarida Samarqand davlat universitetida tahsil olishgan. On kunlik chaqaloqligimda ular davlat imtihonlarini topshirishgan. Universitet bosh binosining yonida ijarada turishgan. Oshanda maktab oquvchisi bolgan ammacham har uch soatda meni emizishi uchun ayamning oldiga olib borar ekan...

Bolaligimda Samarqand shahriga kop kelardik. Har kelganimizda ayam yoki otam osha voqeani aytib berishar edi. ”Domlalarimiz ham mehribon edi, ammang korinishi bilan ruxsat berishardi. Koridorda yoki huv anavi zinada otirib, seni emizardim, derdilar ayam rahmatli. Birinchi sinfda oqirdim, kitobga juda qattiq mehr qoygan paytlarim, otam bilan shaharga kelganimizda, “Samarqand kitobga oxshaydi, undan kitobning isi kelyapti, deganim esimda.

Men unda bu muazzam shaharning qanchalar ulug va qadimiy ekanligi haqida kam narsa bilardim, uni faqat judayam yaxshi korardim. Otam rahmatli kitob bilan nonning isi keladi bu shahardan, deb jilmaygandilar va Registondagi kitob dokonidan ikki quchoq kitob olib bergandilar... Otam bizga bu qadimiy shaharning tarixi haqida kop hikoya qilardilar. Kitobdami, gazeta yoki jurnalda Samarqand haqida she’r korsalar, albatta menga yodlatardilar. Ayniqsa, shoir Tesha Saydalining Gozal Parij, dabdabali Nyu-Yorkiga alishmasman SamDUmizning bir xonasini, axir farzand alisharmi, oz onasini?! satrlarini oqiganimda ularning kozlari porlab ketardi...

Hozir xayolimga bir oy keldi, balki, bu aziz hid mening ruhimga, ongu shuurimga, konglimga osha on kunlik chaqaloqligimda, Samarqand davlat universitetining bosh binosida kirganu, kindik qonim tomgan tuproqning mehri, muhabbati bolib, bir umrga muhrlanib qolgan bolsa kerak...

Yana oylab qoldim, mening bolalik tasavvurim aldamagan, Samarqand haqiqatan ham kitobga oxshaydi, hududiy jihatdan u juda ulkan shahar emas, lekin xuddi kitobdek mazmunli, sirli, sehrli. Bu muqaddas kitobning har bir sahifasini, har bir sozini emas, balki har bir harfini kozga surtging keladi...

Keyinchalik biri-biridan gozal va korkam kop shaharlarda boldim. Qaysida gul hidini, yana boshqasida sut hidini, yomgir yoki dengiz hidini tuyganman. Lekin kitobning hidi faqat Samarqandda, kitobni eslatadigan shu tabarruk makonda bor. Bu kitobning esa hali oqilmagan, biz oqiy olmayotgan, yana qancha sirli sahifalari bolsa kerak... Hozir ham Samarqandni, samarqandliklarni soginsam, dimogimga osha qadrdon hid kelganday boladi.

Kuni kecha Xalq sozi gazetasida Tarixchi olimlar, ilm-fan namoyandalari, xalqaro ekspertlar bugungi kunda faoliyat yuritayotgan Samarqand davlat universiteti tamal toshi orta asrlarda qoyilgan Mirzo Ulugbek madrasai oliyasining vorisi ekanini qayd etmoqdalar, degan xushxabarni oqib nihoyatda hayajonlandim. Tamaddun daryosi hamon oqmoqda ravon sarlavhali maqola esa bir hayajonimga ming hayajon qoshdi.

Gazeta muxbiri bilan suhbatda universitet rektori, Oliy Majlis Cenati azosi, texnika fanlari doktori, professor R.Xolmurodov: ... universitetimizning bir geografik hududda joylashuvi, tarixiy-memoriy inshootlar, asrlar osha bizgacha yetib kelgan qolyozmalar, nodir asarlar, manaviy muhit, ananalari, qadriyatlariga kora Samarqandda 1420 yildan ish boshlagan Mirzo Ulugbek madrasai oliyasining vorisi ekani oydinlashdi. Bu yurtimiz tarixida faoliyat korsatgan oliy madrasalar bugungi kundagi oliy talim dargohlarining ajdodi edi, degan fikrni beradi, deydi.

Ochigi, xalqaro munosabatlarda Vatanimiz mavqei kun sayin yuksalib borayotgan davrda ilmiy-tarixiy jihatdan asoslangan bu fikr bizning marifatsevar xalqimiz uchun milliy gurur va buyuk iftixordir. Vatanimizning tarixini bilish, chuqur organish va odilona munosabat bildirish bizning nafaqat muhim vazifamiz, balki farzandlik burchimizdir. Zero, inson tafakkur tarzi va manaviyati xalq tarixi, madaniy merosining ahamiyatini xolisona bilish, ulardan oqilona foydalanishda namoyon boladi. Aslida jamiyat taraqqiyoti ilmiy jihatdan asoslangan goyalar, qarashlarning shakllanishi, rivojlanishi hamda hayotga tatbiq etilishida, davr sinovlaridan otib yanada takomillashib borishida korinadi. Oz milliy-manaviy qadriyatlari, tarixiy merosidan bebahra va bexabar bolgan xalqlarda otmish haqidagi aniq tasavvur ham, kelajakka qaratilgan muayyan orzu-umid ham, bu yolda birdamlik bilan kurash olib borish ishtiyoqi ham bolmaydi.

Samarqand davlat universitetining Mirzo Ulugbek madrasai oliyasining vorisi sifatida etirof etilishi ham ilgari yopiq bolgan tarixiy faktlarimizning yoruglikka chiqayotganini, tarixiy haqiqat qaror topganligini bildiradi. Oliy dargohda bu borada ancha yillardan beri izlanishlar olib borilganligidan dunyo hamjamiyati va respublikamiz ilm ahli yaxshi xabardor.

Tarixshunos R.Boytullayevning samarqandlik xattot Abu Said Mahzum haqidagi Ajdodlar merosini organib sarlavhali maqolasida shunday satrlar bor edi: U taxminan 19 asrning 60-yillarida Samarqandning Zargar va Xattotlar mahallasida zamonasining eng oqimishli kishilaridan biri – Shayboniyxon madrasasining bosh mudarrisi Mulla Abduqayum qozi binni Mulla Abdurashid xonadonida tavallud topdi. Abu Said Mahzumning otasi tarix, matematika, astronomiya, geografiya va boshqa fanlarni yaxshi bilgan olim va ayni chogda mohir xattot ham edi. Uning nodir qolyozma kitoblardan iborat katta kutubxonasi bolgan.

Tarix, matematika, astronomiya, geografiya va boshqa fanlarni yaxshi bilgan olimlarni, ulug ajdodlarimizni yaxshi bilmasligimiz bizning aybimiz. Yuqoridagi lavha qadimiy Samarqandning sharafli madrasai oliyalaridan biri haqidagi kichik malumot. Aynan shu kichik malumotlardan bizning ulkan tariximiz qad kotaradi. Bu qimmatli bitiklardan anglashiladiki, kohna kent madrasalari hamma zamonlarda ham diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlardan saboq beradigan nufuzli oliy dargoh bolgan.

Tarixiy haqiqat yuzaga chiqib, Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulugbek madrasai oliyasining vorisi sifatida etirof etilishi nafaqat mazkur oliy dargoh jamoasi uchun, balki respublikamizdagi barcha ilm ahli uchun ham sharafdir. Osib kelayotgan yosh avlod bu sharafdan gururlanib, ulug vatandoshlarining aziz nomlariga munosib, barkamol insonlar bolib ulgayishlari, shavkatli ajdodlari kabi vatan nomini shon-shuhratga burkashlari shart.

Tamaddun daryosi hamon oqmoqda ravon maqolasini oqib, menga ota qadrdon, ona qadrdon, ne-ne buyuk allomalarga beshik bolgan, nur ichra chulgangan Samarqand davlat universitetining tarixshunos olimlar va xalqaro ekspertlar tomonidan Mirzo Ulugbek madrasai oliyasining vorisi deb tan olinganligi haqidagi xushxabarni korib, mening xayolimdan iftixor ila qorishiq shunday munavvar va aziz tugyonlar otdi...

Hulkar HAMROYeVA,

filologiya fanlari nomzodi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: