O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
24.06.2020

YaNGI FAKULTET ISh BOShLADI

XalqimizdaArpa, bug‘doy osh boluroltin, kumush tosh bolurdegan purhikmat maqol bejizga aytilmagan. Ayniqsa, dunyo ahli joniga chovut solgan COVID-19 pandemiyasining tarqalishi har bir mamlakat oz xalqining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashi qanchalar muhim ekanligini yana bir bor korsatib qoydi.

Dunyodagi iqtisodiyoti va sanoati kuchli rivojlangan eng qudratli davlatlarda ham agroishlab chiqarish salmoqli orin tutishi sir emas. Chunki qishloq xojaligi mahsulotlari ishlab chiqarish va uni qayta ishlashni rivojlantirmagan mamlakat oz aholisining oziq-ovqat xavfsizligini yetarli darajada taminlay olmaydi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotida agrar sohani rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligi, mintaqamizda mazkur soha mutaxassislariga bolgan talabning ota yuqoriligidan kelib chiqqan holda Samarqand davlat universitetida yangiAgrotexbiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti hamda universitet qoshida shu sohaga ixtisoslashtirilgan texnikum tashkil etildi. Yangi oquv yilidan boshlab mazkur fakultet tarkibida Agrokimyo va osimliklarni himoya qilish, Meva-uzumchilik va sabzavotchilik hamda Tuproqshunoslik va agrotexnologiyalar kabi kafedralar faoliyat yuritadi. Yangi fakultetda agrar sohaga qiziqqan talabalar Agrokimyo va agrotuproqshunoslik, Dorivor osimliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi, Osimliklarni himoya qilish (ekin turlari boyicha), Mevachilik va uzumchilik, Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, Issiqxona xojaligini tashkil etish va yuritish kabi bir qator talim yonalishlari hamda tegishli magistratura mutaxassisliklari boyicha tahsil oladilar. Universitetda tayyorlanadigan mazkur agromutaxassislar mintaqamizda tuproq unumdorligini oshirish, meva-uzumchilik, sabzavotchilik, kartoshkachilik, polizchilikda yuqori hosildorlikka erishish, osimliklarni biologik va bezarar kimyoviy moddalar bilan ishlov berish orqali turli zararkunandalar hamda kasalliklardan muhofaza qilish, aholi salomatligini mustahkamlash uchun zarur dorivor osimliklarni yetishtirish, yer va suvdan samarali foydalanish texnologiyalarini amalga tatbiq etadilar.

Eng muhimi, mazkur fakultetda dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida agrotexnologiyalar boyicha yaratilayotgan eng songgi kashfiyotlar, ixtirolar va shu sohaga doir ilm-fan yangiliklari oqitilibgina qolmasdan, amaliyotga keng joriy etiladi. Buning uchun Agrotexbiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Italiyaning Bolonya universiteti, Fransiyaning AgroParitex universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, AQShning Nevada universiteti va Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat universiteti bilan hamkorlikda faoliyat korsatadi. Shuningdek, ilmiy pedagog kadrlar tayyorlashda bir qator Xalqaro qishloq xojaligi boyicha ilmiy tadqiqotlar olib boradigan IKARDA, IKBA va boshqa shu kabi tashkilotlar yordamiga tayanadi.

Mamlakatimizda qatiylik bilan olib borilayotgan islohotlar mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, inson huquqlari oliy darajada himoya qilinadigan huquqiy demokratiyaga asoslanuvchi fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqimiz hayotini yanada farovonlashtirishdek ulug niyatlarimizning amalga oshishi uchun xizmat qilmoqda.

Yuridik kadrlarni tayyorlash sohasida oliy talim muassasalararo raqobatning mavjud emasligi milliy yurisprudensiya ilmiy maktabining shakllanishiga salbiy tasir etayotganligi, bu, ayniqsa, chekka hududlardagi iqtidorli yoshlarni yuridik sohada talim olish imkoniyatlarini cheklab qoyayotganligi, milliy yuridik talim samaradorligining nisbatan pastligi tufayli yuqori malakali mutaxassis-huquqshunoslarni tayyorlash hamda yuridik fanni rivojlantirishga tosqinlik qilayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi ushbu farmonda alohida urgu berib, qayd etilgan. Mazkur farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida Samarqand davlat universitetida Huquqshunoslik fakulteti qaytadan tashkil etildi. Yangi oquv yilidan boshlab mazkur fakultet tarkibida Fuqarolik jamiyati va milliy goya hamda Huquqshunoslik va huquq talimi kafedralari faoliyat yuritadi. Qayta tashkil etilgan bu fakultet mintaqamizda yuqori malakali huquqshunos kadrlarga bolgan talab va ehtiyojni qondirish, yangi davr talablari asosida faoliyat yurituvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yuqori malakali huquqshunos-mutaxassislar yetishtirib beradi.

Samarqand davlat universitetida mamlakatimiz va chet ellarda huquq sohasida erishilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etish, oqitishning ilgor texnologiyalaridan keng foydalanish, mintaqada yuridik kadrlarga bolgan talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda talim standartlarini modernizatsiyalash, oquv dasturlarini qayta korib chiqish, yuridik talim sifati va samaradorligini oshirish orqali malakali huquqshunos-mutaxassislar yetishtirish uchun salohiyatli professor-oqituvchilar hamda barcha imkoniyatlar mavjud.

Mardon BOLTAYeV,

SamDU kengashi kotibi, dotsent,

Dilmurod DOSTMURODOV,

SamDU matbuot kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: