O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
17.06.2020

SEVGI-MUHABBAT KUYChISI

Atoqli adib va davlat arbobi Sharof Rashidovning “Sevgi bilan g‘olibman har on!” kitobini oqib, konglimdan otgan oylar

Bundan qirq yilcha avval, taniqli cholquvar amakim – Abdulhay aka Toirov osha paytda mamlakatimiz rahbari bolgan Sharof Rashidovning bir she’rini menga berdi. «Bu sher goyo mirzacholliklar, cholquvarlarga yozilgan madhiya ekan», degandi oshanda amakim.

Unda shunday satrlar bor edi:

Quvonch ham shodlikka tolgan

dilimiz.

Kimsasiz qaqragan sahro-chollarni,

Ozgartirib, yaratdik chaman

gullarni,

Vodiylar bagrini qurshagan

koklam,

Bizdagi ozgarish juda ham korkam.

Kun sayin avj olib bizda qurilish,

El, hayot gullagan, quvonchli

turmush.

Osha paytda men Sharof Rashidovni mamlakat rahbari, atoqli yozuvchi, katta jurnalist va talantli publitsist sifatida bilar edim. Biroq shoirligidan xabarsiz edim.

Yaqinda men Sharof Rashidovning qizlari Gulnora Sharofovna bilan suhbatlashib, onalari Xursandoy Gafurovnaning 100 yilligi arafasida kitobxonlar etiboriga adibning front yillarida janggohlarda yozgan sherlar toplami chop etilganidan xabar topdim.

Vataniga, xalqiga, insonga, hayotga, haqiqatga, adolatga, ezgulikka, erkka, yaratuvchilikka bolgan muhabbati bilan tolib-toshgan sherlarini oqir ekanman, hayratga tushaman, shoir nima haqida yozmasin, koz oldida doim suyukli turmush ortogi Xursandoy ayaning qiyofasi, obrazi turgandek boladi.

Asarda Alisher Navoiy, Hamid Olimjon, Ergash Jumanbulbul, rus demokrati Chernishevskiy, ikkinchi jahon urushi qahramoni Ganijon Toychiyev nomlari uchraydi, shoir qahramon ispan xalqiga murojaat qiladi, olkamiz tabiatini, oddiy dehqonlar, cholquvarlar, choponlar, suvchilar, paxtakorlar, polat quyuvchilar, jangchilar, sanatkorlarni kuylaydi, uluglaydi.

Kitobni oqir ekanman Zarechnaya kochasidagi bahor kinofilmini eslayman: ishchi-yoshlar kechki maktabida yoshgina oqituvchi ish boshlaydi. Uni oquvchilaridan biri sevib qoladi. Bu sevgi kundan-kunga alanga oladi. Ishchi-yoshlar kechki maktabi oqituvchisi yigirma yoshdagi Sharof va uning on yetti yoshdagi oquvchisi Hursandoy ortasidagi muhabbat taxminan shunday vujudga keladi.

Yosh Sharof ilk sherlarini sevgilisiga bagishlaydi. Quvonchli dillar sherida shunday satrlar bor:

Oydin kecha sevgili dilbarim bilan

Gulboglarda quvonch gashtini surdik.

Gulzorda gul terib,Oy bilan yurdik,

Oydin kecha sevgili dilbarim bilan.

Ishq qoydim gazalida quyidagi satrlar hech kimni befarq qoldirmaydi:

Mudom konglimga shavq bergan u hamdam yora ishq qoydim,

Vafo, sevgini sof tutgan aziz dildora ishq qoydim.

Yigitlik bogiga kirdim, sevilsam, sevsam arziydi

Va qalbimda osar orzum, ajib gulnora ishq qoydim.

Kunlar shu yosinda otar, ikki yosh ortasidagi sevgi-muhabbat kuchayib, mustahkamlanib borar edi. Birdan dahshatli urush boshlanadi. Sharof Rashidov birinchilardan bolib frontga otlanadi. Hursandoy uchun minglab ayollar kabi, ilhaq bolib kutish oylari boshlanadi.

Shu davrda frontda bolgan Sharof Rashidov sevgilisiga atab koplab sherlar yozadi. Uning Sevgi bilan sherida shunday satrlar bor:

Dilda shirin orzularim bor

Omon bolsin shu aziz diyor!

Sevgim haqi qasam ichaman.

Sevgi quyosh sevgi sharaf-shon,

Sevgi bilan golibman har on!

Osha paytlarda atoqli rus shoiri Konstantin Simonovning Meni kutgil va men qaytarman nomli sheri Hamid Olimjon tomonidan muvaffaqiyatli tarjima qilingan va qolma-qol bolib ketgan edi. Minglab ayollar bu sherni yodlab, qayta-qayta oqir edi. Bu ayollar ichida Xursandoy ham bor edi. Sharof Rashidov 1942 yilda ogir yarador bolganidan keyin gospitalda davolandi, keyin uyiga javob berishdi. Shu yilning ozida ular Xursandoy bilan birga turmush qurishdi va qirq yildan ortiq ahillikda umrguzaronlik qilishdi.

Sharof Rashidovday ulug insonning rafiqasi bolgan Xursandoy opaga bagishlab, atoqli bolqor shoiri Qaysin Quliyev shunday satrlarni bitgan edi:

Shuhrating choqqiga chiqqanda,

Shon-sharafga burkanganingda, -

Seni suyub, hayajonlanib,

Xotining chekkada, soyada turar:

Maqsad bitta: koproq senga,

tushsin yoruglik.

Xursandoy opa umrlarining oxirigacha Sharof akaga beqiyos muhabbat bilan yashab otdi.

Kitobni oqir ekanman, Toshkent viloyati Piskent tuman gazetasining bosh muharriri bolgan Majid aka Samadovni eslayman. U kishi Ozbekiston Yozuvchilar ushmasi azosi, Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist, II jahon urushi ishtirokchisi edilar. Urushdan keyin umrlarining oxirigacha urushda bedarak yoqolganlarni qidirish, ozbekistonlik urush qatnashchilari tarixini yaratish bilan shugullandilar. Shunday qilib rahmatli Majid aka Sharof Rashidovga tegishli malumotlarni ham topgan ekan. Ulardan biri kitobdan orin olgan:

Rashidov Sharof 1917 yilda tugilgan, 2-gvardiyachi oqchi korpusi 38-alohida oqchi brigadasi 2-alohida oqchi bataloni komsomol tashkiloti masul kotibi. Kichik siyosiy rahbar, ozbek, VKP(b) azosi, 1941 yildan buyon Qizil Armiya saflarida. Pekna va Arinino qishloqlari uchun jang paytida rota komandiri va siyosiy rahbari yarador bolib safdan chiqishganda, ortoq Sh.Rashidov rotaga komandirlik qilishni oz zimmasiga olgan, u shaxsiy qahramonlik namunasini korsatib, qomondonlikning buyrugini muvaffaqiyatli bajarish uchun jangchilarni ruhlantirgan. Ozi rotaning birinchi safida jang qilib, yarador bolgan.

Kalinin fronti qomondonining Sh.Rashidovni Qizil yulduz ordeni bilan mukofotlash togrisidagi, 1942 yil 26 avgustdagi 306/i buyrugidan kochirma.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida Sharof Rashidovning haykali ochilishiga bagishlangan tantanali tadbirda shunday degan edi: Sharof Rashidovning Ikki dil dostoni degan gozal asarini hammamiz sevib oqiganmiz. Mening nazarimda, chinakam sevgi va sadoqat dostoni bolmish bu asarda Sharof aka va u kishining mehribon rafiqasi, oqila va munis ozbek ayoli Xursandoy opaning ibratli hayoti va taqdiri mujassam bolgandek tuyuladi.

Haqiqatan ham, bu matonatli ayol umr boyi Sharof Rashidov bilan hamnafas bolib, hayotning barcha sinovlariga bardosh berib, eng ogir damlarda ham umr yoldoshiga sodiq bolib yashadi. Bunday bebaho fazilatlari bilan bu mushtipar opamiz xalqimiz ortasida chinakam vafo va sadoqat timsoliga aylandi.

Kitobni oqib chiqqach, iqror bolamizki, Sharof Rashidov oddiy insonlarga xos hayot kechirgan. U sevgi-muhabbat bilan yashagan. Muhabbat uni ijodga, yaratuvchanlikka ilhomlantirgan. Agar bir necha asr avval, ulug bobomiz Boburning nabiralaridan birini sevimli umr yoldoshi mashhur Toj-Mahalni yaratishga ilhomlantirgan bolsa, Sharof Rashidovning sevgilisi uni Mirzachol, Jizzax, Qarshi, Surxon-Sherobod chollarini ozlashtirishga, ularni gulistonga aylantirishga, 1966 yildagi zilziladan keyin poytaxtimiz Toshkentni tiklashga, metro, Toshkent teleminorasini, Xalqlar dostligi saroyini qurishga, tarixiy yodgorliklarni asrashga, qadamjolarni saqlashga ilhomlantirgan... Atoqli adib Sharof Rashidovning NISO POLIGRAF nashriyotida chop etilgan ushbu sherlar toplami har bir kitobxonning qalbidan mustahkam orin olib, uni yuksak manaviyat sari yetaklaydi.

Nosir TOIROV,

siyosatshunos.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: