O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
10.06.2020

QONUN IJODKORI

o‘z tashabbusini ozi himoya qilsin

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi yigilishlarini onlayn shaklda davom ettirmoqda. Navbatdagi yigilishda dastlab “Xususiy bandlik agentliklari togrisida”gi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi muhokama etildi.

Qonun qabul qilinganiga hali kop vaqt bolmagan bolsa-da, real hayotda xususiy bandlik agentliklari faoliyati, ularning xizmatidan foydalanayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlariga rioya qilinishi masalasida qator muammolar yuzaga kelyapti. Jumladan, 10 xususiy bandlik agentliklarining rahbar va xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qozgatilgan bolib, ular tomonidan 7123 nafar fuqaroga 72,3 mlrd. 888 mln. som miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Ya’ni, ish qidirib yordam soragan yurtdoshlarimizning shuncha puli aldash yoli bilan olib qoyilgan. Muammolarni faqat qonun bilan hal qilish deyarli imkonsiz.

Ulugbek VAFOYeV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi, partiya Markaziy Kengashi raisi orinbosari:

— 2018 yilda ushbu qonun yaxshi niyatlar bilan qabul qilingan va tadbirkorlik rivojlanishi, yangi ish orinlari yaratilishi nazarda tutilgandi. Amaliyotda esa turli huquqbuzarliklar, odamlarning pullarini ozlashtirib olish holatlari ham kuzatildi.

Yangi qonun loyihasida mana shunday holatlar sodir etilganda qanday jazo choralari korilishi haqida ham aniq va ravshan yozilishi kerak. Yurtimizdan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish boyicha korsatilgan xizmatlar uchun tolovlarni chet ellik ish beruvchi hisobidan amalga oshirish mexanizmi joriy etilsa, fuqarolarga moddiy zarar yetkazilishining oldi olinadi.

Hamkorlikda qonun loyihasini takomillashtirish, turli nuqtai nazardan fikr-mulohazalar bildirish muhim ahamiyatga ega. Yigilishda qonun loyihasi birinchi oqishda konseptual jihatdan maqullanib, keyinchalik izchil ish olib borishga kelishib olindi.

Qonunlar ishlab chiqilishi va qabul qilinishi belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hozirgi paytda tashabbuskor idoralar qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritadi, qolgan jarayonlar quyi palata ichida kechadi, deputatlar bir-biri bilan kurashadi, loyihani ishlab chiqqan idoralar savol va tortishuvlardan chetroqda qolib ketadi. Bu mantiqan notogri amaliyotdir. Shuning uchun bir guruh deputatlar bu tartibni ozgartirish, mutasaddi tashkilotlar ishlab chiqqan qonun loyihalarini parlament oldida ozlari himoya qilishi kerakligi haqida taklif bilan chiqyapti. OzXDP fraksiyasi yigilishida shu masala bilan bogliq qonun loyihasi korib chiqiladi.

Fraksiya yigilishida yana bir qator qonun loyihalari birinchi oqishda korib chiqildi. Har bir kotarilgan masala yuzasidan fikr va takliflar, tanqidiy mulohazalar bildirildi.

Oz muxbirimiz.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: