O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
10.06.2020

IKKI BUYuK QALB SADOQATI

«O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan Ozbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yilligiga bagishlab besh qismli Sabru sadoqat nomli serial yaratildi. Bu agentlikning maxsus loyihasi bolib, Said Ahmad va uning rafiqasi Saida Zunnunova hayotiga bagishlanadi. Filmda mehr-muhabbat, ulkan bardosh, kuchli matonat, bukilmas iroda, yengilmas gurur haqida hikoya qilinadi. Kinoserial 1950-1955 yillardagi real voqeliklarga asoslangan. Rejissyor Hamidulla Boboqulov Sabru sadoqat teleserialini Nozim Abbosovning Said bilan Saida filmi asosida suratga olgan.

Ozbekiston Qahramoni Said Ahmad Husanxojayev 1920 yilda Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida, ziyoli oilasida tugilgan. U dastlab Mushtum jurnalida, Radio komitetida (1942—1943), Qizil Ozbekiston gazetasi (19431947), Sharq yulduzi jurnalida (19481950) faoliyat korsatdi. Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi nasr bolimiga boshchilik qildi. Uning birinchi hikoyalar toplami Tortiq 1940 yilda nashr etilgan bolsa, undan keyingi yillarda Chol burguti, Orik domla, Lochin, Odam va bori, Boston, Toy boshi kabi qator asarlari chop etildi. Ufq trilogiyasi urushdan oldingi va undan keyingi davr muammolarini oz ichiga olsa, Jimjitlik (1988) romani turgunlik davri illatlarini fosh etadi.

– Ozbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmad tavalludining 100 yilligi munosabati bilan "Ozbekkino" Milliy agentligi va mamlakatimiz telekanallari tomonidan besh qismli "Sabru sadoqat" nomli serialni namoyish etish uchun maxsus loyiha ishlab chiqildi, deydi Sinema Servis MChJ ta’sischisi Ahmadjon Umarov. Kinoserial 1950 yildan 1955 yilgacha yozuvchi va uning rafiqasi hayotidagi voqealarga asoslangan bolib, unda sevgi va sadoqat, inson ruhiyatining kuch-qudrati va har doim yaxshilikning yomonlik ustidan golib ekanligi tarannum etiladi. Bu film mamlakatimizda yosh avlodni yuksak manaviyatli, vatanparvar etib tarbiyalashga munosib xizmat qiladi. Ushbu serial Said bilan Saida filmiga kiritilmay qolgan yangi sahnalar bilan boyitildi. Yozuvchi haqidagi serialni suratga olish Nozim Abbosovning azaldan juda katta orzusi edi.

Kinoserial joriy yilning 812 iyun kunlari respublikaning barcha davlat va nodavlat telekanallari: Ozbekiston, Bolajon, Ozbekiston tarixi, Oilaviy, Yoshlar, Mahalla, Sevimli, Zor TV, MY5, Milliy, Uzbekistan-online.uzda namoyish etiladi. Serial namoyishi kunlari teleekranlarda Said Ahmad ssenariylari asosida suratga olingan Kelinlar qozgaloni, Toylar muborak va Muhabbat mojarosi filmlari sifati yaxshilangan holda tomoshabinlarga taqdim etiladi.

Flora FAXRUTDINOVA,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: