O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
21.05.2020

QADRIYaTLAR QADRI

Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek aks ettirib turadi. Dunyo olimlari qadriyatlarni milliy, diniy, mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy kabi qator shartli turlarga bolib tahlil etadilar. Milliy qadriyatlar mahalliy va diniy qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlar esa koplab milliy qadriyatlarga tayanib shakllanadi va asrlar osha takomillashib boraveradi.

Bugungi tezkor globallashuv sharoitida ham oz milliy moddiy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylayotgan, boyitib rivojlantirayotgan har qanday millat oziga xos ananalari, urf-odatlari va olmas qadriyatlari bilan boshqa millatlardan ajralib turadi. Tabiiyki, millatlarning ananalari, urf-odatlari, kiyinishi va boshqa konikmalari bebaho qadriyatlarga aylangunga qadar yillar, asrlar davomida malum bir qarash, odat, tushuncha, tajribalar bir necha avlodlar sinovidan muvaffaqiyatli otib, rivojlanadi, yanada sayqal topadi, xalq hayotida oz ornini egallaydi. Bu taomillar keyingi avlodlar tomonidan inkor etilmay, mamnuniyat bilan qabul qilinsa, qadrlansa, ijodiy qirralar qoshilib davom ettirilsa, ular shu millatning tom manodagi milliy ananalariga, qadriyatlariga qoshilib ketadi.

Bunday qadriyatlar millatning kundalik hayotida, madaniyati va manaviyatida, ongu shuurida, ozaro madaniy muloqotida, boshqalarga bolgan munosabatida, qisqasi, har bir tashlagan qadamida oz ifodasini topadi. Shuning uchun ham mutafakkirlar bejizga qadriyatlar millat manaviyatining kozgusi deyishmaydi.

Insoniyat tarixida jamiyat taraqqiyoti bir tekis kechmagan. Shuning uchun ham yuz berayotgan ijtimoiy-tarixiy hodisalarga turlicha munosabatda yondashish natijasida insonlarning dunyoqarashi, turmush tarzi, mentaliteti shakllanishi barobarida, milliy qadriyatlar ham takomillasha borgan. Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, ananalarini, barcha moddiy va manaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini oz ichiga qamrab oladi. Shuning uchun ham qadriyatlar millatlarning manaviy qiyofasini aks ettiradi.

Umuminsoniy qadriyatlar esa insoniyat tamaddunining taraqqiyoti bilan bogliq va umumbashariy ahamiyatga ega. Ular qadr-qimmatning ardoqlanishi, barcha millatlar va elatlarning tinch -totuvlik asosida turmush kechirishi, asrlar davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va manaviy boyliklarni asrab-avaylash, ilm-fan rivojiga hissa qoshish, tinchlikni saqlash, qirgin qurollarini ishlab chiqarishni va sinovlarini toxtatish, ona-er boyliklari, tabiatini muhofaza qilish, ularni rivojlantirish va boshqa shu kabilarda ifodalanadi. Umuminsoniy qadriyatlar ayrim bir millat yoki elatnigina emas, yer yuzida yashayotgan barcha xalqlarning umummanfaatlarini aks ettiradi.

Xalqimizning asrlardan asrlarga otib kelayotgan, ozi tugilib osgan ona yurtiga – Vatanga muhabbat, oz taqdirini tugilgan yurtisiz tasavvur qila olmaslik, ajdodlar xotirasiga sadoqat, mehmonga, ozidan kattalarga ehtirom, ozidan kichiklarga izzat-ikrom, ayniqsa, ota-ona, qarindosh-uruglarga doimiy begaraz hurmat va xizmat korsatish, birovning haqiga, ayniqsa, yetim-esirlarning, qoni-qoshnilarning, ojizlarning haqiga xiyonat qilmaslik, aksincha ularga moddiy komaklashish yoki homiylik qilish, oz shodligu quvonchlarini boshqalar bilan baham korib toylar qilish, orttirgan mol-dunyosidan xayr-ehson qilish, har qanday sharoitda ham hayo va andisha saqlash, ahli ayoli oilasini asrab-avaylash, etiqodda mustahkamlik, turmushda halollik va poklikka alohida etibor berish, hayot manbai bolgan yer, suv, mehnatni qadrlash, tuz va nonni ezozlash singari juda koplab insoniy fazilatlar milliy qadriyatlarimizning asosini tashkil etadi. Afsuski, xalqimiz asrlar davomida ezozlab kelgan bir qator qadriyatlar keyingi bir asrdan koproq vaqt ichida jamiyat hayotidan quvgin qilinib, xalq xotirasidan ochirishga harakat qilindi. On toqqizinchi asrning oxirlariga kelib mamlakatimiz oz mustaqilligini boy berishi, ayniqsa, yigirmanchi asrning boshlaridan qariyb uning oxirigacha davom etgan shorolar davri milliy madaniyatlarning, milliy tillarning, milliy qadriyatlarning, diniy etiqodlarning poymol etilishiga, xorlanishiga, nafaqat qadriyatlarning hatto inson qadrining ham butkul oyoq osti qilinishiga olib keldi.

Ming shukurki, ona yurtimizda Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanoq zahmatkash xalqimizning tarixiy xotirasini, qadimgi urf-odatlari, ananalari, qadriyatlarini tiklash va ezozlash, muqaddas qadamjolarni asl holiga qaytarish boyicha ulkan ishlar amalga oshirila boshlandi. Bu jarayonda faqat tubjoy aholisinigina tili, dini va qadriyatlarini tiklash, rivojlantirish bilan cheklanilmasdan, shu yurtda istiqomat qiluvchi yuzdan ortiq millat va elatlarning ham nodir qadriyatlari kamol topishiga etibor qaratildi. Hayotimizning barcha jabhalarida «milliy tiklanish», qadriyatlar, milliy goya, ozlikni anglash, ijtimoiy adolat, milliy ong, milliy gurur, milliy iftixor, insonparvarlik vatanparvarlik kabi manaviyatimizga daxldor qator atamalar paydo boldi. Bu atamalar mustaqil mamlakatimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmushni barpo etishda barchani birdam va hamjihatlikda harakat qilishga chorlovchi goyalarni ifodalash uchun xizmat qilmoqda.

Har tokisda bir ayb yoki guruch kurmaksiz bolmaydi deganlaridek, qadriyatlarimizni qollab-quvvatlash, ularga qatiy rioya etish borasida ham suiistemolliklarga yol qoyilyapti. Internetning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi, ijtimoiy tarmoqlarda har qanday malumot yoki xabarlarning yashin tezligida tarqatilishi avj olayotgan shunday bir paytda qadriyatlarimiz toptalishiga olib kelayotgan ayrim nuqson va qusurlar ham kozga tashlanib qolyapti.

Keling, birgina odob-axloq borasidagi qadriyatlarimizning barham topayotganiga etibor qarataylik. Masalan, milliy va diniy qadriyatlarimizda ota-onaning qadr-qimmati koklarga kotarilganligini hech kim inkor eta olmaydi. Ammo ayrim aroqxor, ishyoqmas, tanbal farzandlar ota-onasiga gamxorlik qilish orniga yolgiz qolgan keksa otasi yoki onasini keksalar uyiga eltib tashlamoqdalar, razilroqlari esa ota-onasidan tezroq qutulish uchun ularga qol kotarishmoqda, manaviy va jismoniy zulm qilishmoqda, hatto tavqi lanatli padarkushlarga aylanib qolmoqdalar. Nega?

Farzand ota-onaning dilbandi, ota-onaga ularsiz hayot rang-barangligining bir daqiqasi ham tatimaydi. Ayniqsa, munis, mehribon, gozal onalar uchun.

Ammo bugungi kunga kelib ota deyishga ham til bormaydigan ayrim otachalar xotinini xiyonatda ayblab, bu mening farzandim emas, deb oz pushti kamaridan bolgan bolasidan sharmandalarcha voz kechyapti, farzandlarini qon-qaqshatib, oilasini tashlab ketyapti, rozgoridagi bor budini bir shisha zormonda aroqqa almashib, guldek farzandlari, xotini hayotini zindon azobiga aylantirishmoqda. Har qanday qirgin-barot urushlar, yillab davom etgan ocharchilik, qahatchilik, taqchillik, tanqislik, zulm-istibdod avj olgan davrlarda ham ayollarimiz oz onalik shani, ayollik iffati, hayo-ibosini, islomiy iymon-etiqodini yoqotmagan, sotmagan edilar. Endichi, ustida yal-yal yonadigan atlasu kimxob liboslar, turqu tarovati binoyidek kelishgan oqbilak yosh juvonlarning qayerlardadir erkak ovlashlari, oila, ota-ona, aka-uka, opa-singillari, qarindosh-uruglari, yurtdoshlari, millatdoshlari obro-etibori, nomusu orini yerga bukib, ularning tana-dashnomlarini bir chaqaga ham olmasliklari, ayrimlari esa kasofat qilmishlari tufayli ona bolishdek ulug baxtdan mosuvo bolib, nikohsiz orttirgan farzandilarini kocha-koy, xiyobonlarga tashlab ketyapti. Axir oz farzandi, jigarbandini-ya. Hech bir hayvonda yoq bunday odat ayollarimizda qayerdan paydo bolyapti?!

Xalqimiz qadimdan qoshnining qoshnida haqi bor, deb yon qoshnilarini uluglab kelgan. Shuning uchun ham qoshnilar bir-birlarining izzat-hurmatini joyiga qoygan. Biror tansiq taom pishirsa, yaqin qoshnilariga albatta bir kosa ilingan, bir-birlarining holidan doimo xabardor bolib turgan. Biz-chi, bugunga kelib kopchiligimiz bordi-keldi qilish tugul, yonimizda yashayotgan qoshnimizni, uning bolalarini ham tanimay qolyapmiz. Hatto oyda bir marta ota-onamizni, tugishganlarimizni yoqlashni-da, odat qilmaymiz, paysalga solamiz. Ammo hovli qursak, uyimiz tomini qoshnining tomidan ikki qarich balandroq qilmasak, shipi olti metr, xonalari onta bolmasa, konglimiz aslo tolmaydigan bolib qoldi. Aslida ota-bobolarimiz yangi imoratini qoshnining yashab turgan binosidan bir qarichcha pastroq qilib, kamtarona qurganlar. Biz notavonlar esa yangi asrga kelib hovli-joy, mashina, narsa-buyum, molu dunyoning hirsiga berildik, hashamat, maishat, isrofgarchiliklarga tola ziyofatlar, kor-korona taqlid va zorma-zorakilikka asoslangan dabdabali toy-tomoshalarning quliga aylanib boraverdik. Nega?!

Mahalla — qadimdan qadriyatlar qadrlanadigan joy. Shuning uchun ham bir bolaga yetti mahalla ota-ona, deb bekorga aytishmaydi. Ammo biz oz ishimiz, oz uyimiz, oz tashvishlarimiz bilan shu darajada oralashib qolganmizki, ozimiz mahalla ishlariga komaklashish orniga mahalladan yoqlatsalar ham hafsalasizlik, loqaydlik qilamiz, mahalla tadbirlariga bosh-qosh bolmaymiz. Mahallada yoki biror oilada favqulodda bir holat yuz bermaguncha oqsoqollarga qoshilib mahallani bir aylanib, keksalardan hol sorab, bebosh yoshlarni tergamaymiz. Nega?!

Qadriyatlarni qadrlash borasida aytaman desak gap kop. Joriy yilning yanvar oyidan beri insoniyat boshiga katta falokat koronavirus nomli baloyi ofat yopirildi. U ham insoniy qadriyatlar qadrsizlanayotgan mamlakatlarda juda avjiga chiqmoqda. Minglab odamlar kozga korinmas bu baloyi qazoni yuqtirib bevaqt vafot etmoqda. Bir yomonning bir yaxshi tomoni ham bor deganlaridek, ushbu pandemiya ham yoldan toygan insoniyat uchun bir achchiq saboq bolar. U ham bizni oz qadriyatlarimizga qarab ish tutishga davat etar.

Xulosa tarzida aytish mumkinki, qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri. Shunday ekan, azal-azaldan xalqimizga xos bolgan milliy qiyofani shakllantiruvchi mardlik, tantilik, mehmondostlik, saxovatpeshalik, ozaro hurmat, birodarlik, bagrikenglik, mehribonlik, gamxorlik kabi betakror fazilatlar har bir yurtdoshimiz tomonidan amalda ezozlanishi, asrab-avaylanishi, ijobiy jihatlar qoshib boyitilishi, rivojlantirilishi baxtli kelajagimiz uchun eng muhim shartdir.

Mardon BOLTAYeV,

Samarqad davlat universiteti dotsenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: