O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
15.05.2020

SINOVLARDAN MARDONAVOR OTAYOTGAN XALQIMIZ

yetuk jamiyat qurishga qodir

Tarix haqiqatlaridan ma’lumki, har qanday xalqning kimligi boshiga ko‘proq sinov tushganda bilinadi. Joriy yilning otgan oylari davomida bunga ozimiz ham guvoh boldik. Xalqimizning birligi, bagrikengligini kordik.

Ikkinchi masala shundaki, mamlakat boshiga ogir kunlar tushganda, xalq har qachongidan ham mustahkam birlashib, har qachongidan koproq gayrat bilan mehnat qilgan, kurashgan. Natijada mamlakatda muammolar bartaraf etilgan, taraqqiyot tezlashgan. Bugun bizdan ham har fachongidan fidoyi bolish talab qilinyapti.

Etirof etish kerakki, murakkab vaziyatda mamlakatimizda roy bergan ofatlar oqibatlarini bartaraf etish boyicha tezkor va togri qarorlar qabul qilinishi, keng qamrovli ishlar katta uyushqoqlik bilan tashkil etilishi Davlatimiz rahbari boshchiligida samarali boshqaruv tizimi shakllanayotganini korsatmoqda.

Mamlakatimiz sogliqni saqlash tizimi, huquq-tartibotni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini isloh etishga etibor qaratilgani sinovli kunlarda juda katta talafotlarning oldini olishda muhim ahamiyaga ega boldi, deb oylayman. Koronavirus pandemiyasi bilan kurashishda, karantin choralariga rioya etilishiga erishishda asosiy ogirliq ushbu sohalar zimmasiga tushdi. Aytish kerakki, bu ikki tizim ogir va masuliyatni vazifani sharaf bilan uddalamoqda.

Shuningdek, "Ilm, marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" Davlat dasturida davlat organlari, idoralar, barcha korxona va tashkilotlarga "raqamli iqtisodiyot", zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boyicha aniq vazifalar belgilab berildi. Bugungi kunda karantin sharoitida barcha sohalarda masofadan ishlash talab etilayotgan vaqtda bu vazifalarning dolzarbligini hayotning ozi tasdiqlamoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 sentabrdagi qaroriga asosan qurilish tizimida «korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish va shaffoflikni taminlashga qaratilgan qator vazifalar belgilab berildi. Shu orqali mablaglarni samarali ishlatish, qurilishda past sifatli materiallardan foydalanmaslik, qurilish ishlariga sohaning mutaxassisi bolmagan xodimlarni jalb qilish amaliyotiga chek qoyish boyicha chora-tadbirlar belgilandi. Davlatimiz rahbarining joriy yil parlamentga Murojaatnomasida ham qurilish sohasidagi korrupsiyani bartaraf etish shartligi takidlandi.

Bu yil yoqotishlar boldi. Ammo koronavirus pandemiyasi jamiyatimizni sarosimaga, tushkunlikka solib qoygani yoq. Aksincha, ketma-ket roy bergan fojialar vaqtida xalqimiz sabr-toqat, mehr-shafqat va yuksak matonatni namoyon etdi.

Aholi vakillari, tadbirkorlar, turli korxona va tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining barcha institutlari mamlakatimiz boylab keng kolamli xayriya aksiyalari uyushtirishdi, muhtojlarga har tomonlama yordam korsatildi, ularning dardiga sherik bolindi.

Xavf-xatar oldida xalqning birlashishi va oz irodasini namoyon qilishi jamiyatning yetukligini korsatadi. Bu, avvalambor, xalqimizning boy manaviy qadriyatlari, yetakchi atrofida jipslashishida yaqqol korindi.

Sinovli kunlardan saboq chiqarib, ishonch bilan takidlash kerakki, biz oyoqqa turib olgan xalqmiz. Davlatimiz kuch-qudrati xalqimizni himoya etishga bemalol yetadi. Davlatimiz qatiy va samarali boshqaruv tizimiga ega ekanini hayot korsatdi.

gar bir ish orni katta ijtimoiy aqamiyatga ega

Pandemiya oqibatida butun dunyoda ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohalarini tiklash, ish joylarini saqlash, yangi ish orinlari ochish masalalari nihoyatda dolzarblashdi. Masalan, AQShda karantin choralari tufayli yuzaga kelayotgan ishsizlik darajasi bu davlat uchun misli korilmagan korsatkich – 15 foizga yaqinlashmoqda. Dunyoning birinchi raqamli iqtisodiyotiga ega davlatda pandemiya boshlanishidan avval ishsizlik darajasi 3,5 foiz edi. Mana shu ikkita raqamning ozi ham hozir dunyodagi murakkab vaziyatni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Shuning uchun Prezidentimiz pandemiyaning xalqimiz turmushi, iqtisodiyotimizga tasirini yumshatish, biznesni himoyalash, ish orinlarini asrab qolish, ijtimoiy muhofazani kuchaytirish masalalari yuzasidan muhim qarorlar qabul qilib, aniq vazifalar belgilab bermoqda.

Yurtimizning ayrim hududlarida hayot asta-sekin oz maromiga qayta boshladi. Umid qilamizki, yaqin vaqt ichida barcha hududlarimizda epidemiologik vaziyat yaxshilanadi.

Turli soha mutaxassislari koronavirus pandemiyasidan keyin dunyo ozgarishi, davlatlar va jamiyatlar murakkab vaziyatdan tezroq chiqish boyicha yangi vazifalar paydo bolishi haqida fikr hamda xulosalar bildirishmoqda. Iqtisodiyotni izga solish, aholi bandligi, yangi ish orinlari yaratish birinchi galdagi vazifalar qatorida turishi takidlanmoqda. Mamlakatimizda keyingi yillarda ushbu yonalishlarda ijobiy natijalar bolayotganini hisobga olib, Prezidentimiz korsatmasi bilan boshlangan ishlarni davlatning barcha darajadagi idoralari hamjihatlik va katta uyushqoqlik asosida izchil davom ettirishi zarur bolmoqda.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ilmiy markazi otkazgan tadqiqot natijalariga kora, Ozbekistonda 2019 yilda ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisbatan 9 foizni tashkil etgan va 2018 yilga nisbatan kamayish kuzatilgan.

Etiborli jihati, 2019 yilda ilk bor rasmiy sektorda band aholi soni 3,7 foizga kopaygan. Jahon bankining hisobotida ham bu muhim ijobiy ozgarishga alohida etibor qaratilgan.

Mamlakatimizda biznes va bandlikka aloqador dolzarb masalalardan biri norasmiy sektorda band bolgan fuqarolarning salmogi dunyodagi ortacha darajadan balandligicha qolayotganidadir, ular mehnat migrantlarini hisobga olmaganda, 5,5 million nafarni tashkil etyapti. Karantin davrida aynan shu qatlam qiyinchiliklarni koproq sezyapti. Chunki ularning mehnat va ijtimoiy himoya huquqlari taminlanishi qiyinchiliklar tugdiradi. Bu orinda kop masala qonun-qoidaga emas, ish beruvchining insofiga bogliq bolib qoladi. Shu boisdan ham rasmiy sektorda ishlaydigan aholi salmogini oshirish boyicha tasirchan, ragbatlantiruvchi choralar qollanilishi katta ahamiyatga ega. Mazkur yonalishda qulayliklarni kengaytirish, munosabatlarni imkon qadar yanada soddalashtirish boyicha tahlillarni davom ettirish talab etiladi.

Prezidentimiz masalani aniq-ravshan bayon etgan edi: “Islohotlarimizga jiddiy tosqinlik qilayotgan yashirin iqtisodiyot”ga barham berilmas ekan, soglom raqobat ham, qulay investitsiya muhiti ham shakllanmaydi. Yashirin iqtisodiyotni bartaraf etishda hududlardagi boshqaruv samaradorligini oshirish, ochiqlik va shaffoflik masuliyatini kuchaytirish dolzarb ahamiyatga ega.

Bandlikni taminlashda aholining ozini ozi ishli qilish imkoniyatlariga yol ochishni izchil davom ettirish hozirgi sharoitda yana bir muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu yonalishda tomorqadan unumli foydalanish, usta-hunarmandlarni qollab-quvvatlash jarayonlari izchil tus oldi. Misol uchun, ishsiz fuqarolarga oz tomorqasida yengil konstruksiyali issiqxonalar ornatish, uruglik va kochatlar xarid qilish uchun bandlikka komaklashish markazlari orqali bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha subsidiyalar berilyapti. Aprel oyining ozida 20 ming shaxsiy tomorqa uchun 35.4 milliard som ajratilgan. Inqirozdan keyingi manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda tomorqa va issiqxonalar uchun davlat subsidiyalari miqdorini oshirishga alohida etibor qaratilyapti.

Hozirgi kunlarda parlament quyi palatasi deputatlari mahalliy Kengashlar deputatlari bilan birga joylarda tomorqadan qay darajada foydalanilayotgani haqida real holatni organyapti. Bu yonalishdagi ishlarimizni izchil kuchaytirib borish subsidiyalarning maqsadli ajratilishi, kelgusida amaliy natija berishiga xizmat qilishi kerak.

Malumki, Prezidentimizning tegishli qarori bilan 2020 yilda yangi ish orinlari yaratish va aholi bandligini taminlash parametrlari tasdiqlangan. Pandemiya bilan bogliq vaziyatni hisobga olib, rejalashtirilgan natijalarga imkon qadar erishilishi uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarur boladi. Xususan, norasmiy faoliyat korsatayotgan 500 mingga yaqin yashirin ish orinlari rasmiylashtirilishiga erishilsa, bu juda katta yutuq bolardi. Albatta, mazkur jarayonda parlamentning zimmasida ham katta masuliyat turibdi.

Butun dunyoda millionlab odamlar ish joylari, daromad manbalarini yoqotib, umidsizlikka tushayotgan bir paytda har bir barqaror ish orni katta ijtimoiy ahamiyatga ega bolib turibdi.

Ulugbek INOYaTOV,

OzXDP Markaziy Kengashi raisi,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: