O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
15.05.2020

Bu kun oddiy bayram emas

Dunyoda mehri daryo ayollar ko‘p. Ammo inson bolasi uchun Ona bitta boladi. Dunyoda gozal yurtlar ham kop. Ammo inson bolasi uchun Vatan bitta boladi! Siz bilan biz ona yurtimizni qancha e’zozlasak, shu kunlarga yetkazgani uchun Yaratganga qancha shukrona qilsak, istiqlolimizni qancha avaylasak, hozirgi tahlikali zamonda yurtimizdagi tinchlik-totuvlikni asrasak, yosh avlod ham ornak oladi.

(Otkir Hoshimov)

Inson – hayot gultoji. Uning qadri, hurmati har doim ezozga loyiq. Xalqimizga xos xislatlar haqida aytadigan bolsak, albatta, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi fazilatlar tilga olinadi. Hayotimizda shunday kunlar borki, bugungi tinch hayotimiz, orzu-maqsad qilish uchun berilgan imkoniyat,

Kundalik hayot quvonchlari va tashvishlariga tola turmushimiz uchun fido bolgan insonlarning pok ruhlarini yodlash har birimizning farzandlik burchimizga aylangan. Bashariyat fashizm ustidan galaba qozonganiga 75 yil toldi. Yoshligimizda bu kunni bayram, quvonch, tantana sifatida nishonlar edik. Yillar otib, bu galaba qanchalar qiyinchilik, xalqning fidoyiligi, minglab qurbonlar evaziga kelganligini anglagach, bu kun oddiy bayram emas, balki kozda yosh bilan nishonlanadigan muqaddas sana ekanligini anglab yetdik.

75 yil bir insonning ortacha umriga teng. Oramizda shu yoshdan katta bolganlargina urush davrini korgan. Biroq, galabaga erishilganidan keyingi yillar oson kechdimi? Yoki bu jangu jadallar asoratlari bir umr odamlar qalbida chandiq bolib qolmadimi? Kim ham urushda halok bolgan jigarini unuta oladi?

Ajdodlar ruhiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Ozbek xalqi Vatani, xalqining farovonligi, tinchligi yolida jonini fido etgan farzandlarini hech qachon unutgan emas.

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu goya targibiga bagishlangan buyuk milliy manaviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targib etiladi, urush esa batamom qoralanadi

Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. Otganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.

Insonga har kuni tinchlik-osoyishtalik va xotirjamlik kerak. Tinchligini yoqotgan xonadon ham, mamlakat ham aslo xotirjam bola olmaydi. Tinchlik-xotirjamlik taraqqiyot garovidir.

Kunlar kunlarni, yillar yillarni quvib, bu kohna charxi falak shu sirli koinot yaralganidan beri aylangani-aylangan. Ayni insonning boqiy emasligi ong-shuurimizda xotira degan tushunchani paydo qilgan bolsa, ajab emas. Negaki, xotiragina otganlarni eslash, bugunni kechaning yodi bilan toldirish, yani uni yanada boyitish imkonini beradi.

Inson bor ekan, xotira muqaddas. Hech kim, hech narsa esdan chiqmaydi. Xalq bugungi tinch-xotirjam zamonni asrab-avaylash, qadriga yetish uchun ham urushni, uning qahramonlarini, galabaga munosib hissa qoshgan hech bir kishini xotirasidan forig qilmaydi.

Xotira odamlarning vafotidan keyin ham bu dunyoda yashashi uchun imkon beradigan birdan-bir makon. Ortda qolganlar xotirasida yashashga intilish ilinji kishini tarbiyalaydi. Uni ezguliklarga, kishilarning biror-bir koriga yarash, insonlarga manfaat yetkazish, umrni zoye ketkazmaslikka undaydi. Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yolida jon fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi kunimizni qadrlashga orgatadi. Xotira bu tarix. U kechagi otmishni, ajdodlar ogitini, milliy merosimizni anglatib turadi, muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Shu bois, inson oz xotira boyliklarini qadrlaydi.

Ozbek xalqi ozining shonli tarixi bilan har qancha gururlansa haqli, chunki ozbek farzandlari jangu-jadal maydonlarida ham, frontga oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-yarog yetkazib berish uchun mehnat frontida ham haqiqiy qahramonlik korsatib, fidoyi boldilar. Urush kechayotgan hududlardan kochirilgan insonlarni oz bagirlariga olib, bir burda nonlarini bolishib yedilar. Ayniqsa, 250 mingdan ortiq evakuatsiya qilingan bolalarning birortasi bolalar uylariga topshirilmay, ozbek oilalari qaramogiga olingani haqidagi haqiqat bugun barcha halqlarni lol qoldirmoqda.

Barchamizga bu qutlug bayram muborak bolsin. Urush balosi hech qachon qaytarilmasin. Urush qurbonlarining pok ruhlari oldida doimo tazimdamiz.

Maqsuda VORISOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, OzXDP fraksiyasi azosi


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: