O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
15.05.2020

QANOATLI BOLAYLIK

Bugun butun dunyo aholisining o‘y-xayoli, fikru zikri, turish-turmushini bir vahima — koronavirus hadigi chulgab olgan. Keksayu yosh, kattayu kichik, mulozimu raiyat – tirik jon borki, tojsimon virusga yoliqmaslik choralarini koryapti.

Biroq kishini oyga toldiradigani shundaki, xavf haqida eshitishi bilan ayrim odamlar ozini bozorlarga, dokonlarga urgan hollar boldi. Xuddi Qiyomat qoyim bolayotgandek, oylarga yetadigan oziq-ovqat mahsulotlarini gamlab olishga harakatlar qilindi.

Ba’zilar qanoatni unutib, rizq Allohdan ekanini unutib qoyishgan korinadi...

Buyuk ajdodimiz Hakim Termiziyning “Navodir ul-usul” asarida keltirilgan quyidagi voqea ham rizq Allohdan ekaniga dalolat qiladi.

...Oralarida Abu Muso, Abu Molik va Abu Omir kabi sahobalar bolgan ashariylar karvoni Madinaga hijrat qilishdi. Manzilga ochlikdan sillasi qurib, bir alfozda yetib keldilar. Bir kishini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan yegulik sorab kelishga yuborishdi. Jonatilgan odam eshik oldiga kelganda ichkaridan Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallamning: Erda ormalovchi biror narsa (jonzot) yoqki, uning rizqi (taminoti) Allohning zimmasida bolmasa! (U) uning qarorgohini ham, oromgohini ham bilur... oyatini tilovat qilayotganlarini eshitdi. Oziga ozi: Allohga ashariylardan ham kora rizqlantirish osonroq biror jonzot yoq, deya Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga uchramay qaytib ketdi.

Borib: Xushxabar, sizlarga yordam kelmoqda! deganida, sheriklari bu gapni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam komak vada qilibdilar, deya tushunishdi. Shu payt ularning oldiga non va gosht tola idish kotarib olgan ikki kishi keldi. Ashariylar undan toygunlaricha yegach, taomdan ortib qolganini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qaytaraylik, U Zot buni boshqa muhtojlarga bersinlar, deb kelishishdi. Song barchalari Paygambarimiz alayhissalomning oldilariga borib, taom uchun minnatdorlik bildirishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: Men sizlarga hech qanday yegulik yuborganim yoq, dedilar. Bir sheriklarini Ul Zotning huzurlariga yuborganlarini aytishganida, Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallam osha odamdan nima gapligini soradilar. U nima qilgani va sheriklariga nima deganini aytganida U Zot sallallohu alayhi va sallam: Mana shu Allohning sizlarni rizqlantirganidir, deya marhamat qildilar.

Bolgariyalik olim-shifokor Veselin Yolov koronavirus tufayli ommaviy vahimaga tushishga aslo hojat yoqligini takidladi. Hozir dunyo akholisining nufusi bilan solishtirganda vafot etganlardan kora sogayganlar kopchilikni tashkil etadi.

Vaholanki, ayni paytda dunyo miqyosida, internet malumotlariga qaraganda, saratondan, yurak xurujidan, diabetdan, zararli hasharotlar chaqishi oqibatida, avtohalokatda va qotillik tufayli bir kunda ming-minglab odamlar hayotdan kuz yummoqda.

Insonni omadsizlikka, kasallikka, faqirlikka tushiradigan, duosi ijobatini tosadigan narsa ham shu uning xatolari. Qancha kop istigfor aytsak, qancha kop duo qilib Yaratganning Ozidan sorasak, shuncha koproq mushkullarimiz yengillashadi!

Takidlash joizki, kishi musulmon bolishi uchun Allohga, farishtalariga, kitoblariga, paygambarlariga, Qiyomat kuniga, yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekaniga hamda Qiyomat kuni tirilishga imon keltirishi shart. Demak, momin-musulmonlarimiz yaxshilik ham, yomonlik ham Allohdan ekanligini unutmasdan, buning uchun vahimaga tushmasdan, togri yol tutib, yanada jipslashib, rahbarlarning sozlariga qatiy rioya qilishlari shart boladi!

Ramazon oyida turibmiz. Bu oyning 26 dan 27 ga otar kechasi Laylatul qadrdir. Janob Paygambarimiz: Kim imon bilan savob umidida qadr kechasini bedor otkazsa, uning avvalgi barcha gunohlari kechiriladi, deb marhamat qilganlar. Bu oyda Alloh taolo insoniyatga kop yaxshiliklar, beqiyos nematlar, fayzu barakalar yogdiradi. Paygambarimiz sallallohu alayhi va sallamning muborak sozlarini shunday fazilatli oylarda eslasak, foydadan xoli bolmasa kerak:

Kim musulmonlarning dardini oz dardi deya bilmasa, ulardan emas (Imom Tabaroniy rivoyatlari);

Eng fazilatli ibodat boshiga tushgan bir qiyinchilikning ketkizilishini duo qilib kutishdir (Imom Termiziy rivoyatlari);

Alloh taolo Undan hech narsa soramaydigan (duo qilmaydigan)dan gazablanadi (Imom Termiziy rivoyatlari);

Sadaqa baloni qaytaradi;

Kimiki doimo Allohga istigfor aytib yurar ekan, Alloh taolo har qanday qiyin vaziyatdan chiqish yolini unga korsatadi. Musibatlarini yengillashtiradi (kotaradi) va kutmagan tarafidan meros (nemat, rizq) jonatadi (Imom Abu Dovud rivoyatlari);

Ikki duo borki, u duolar bilan Alloh orasida qabuli uchun hech bir parda yoq. Biri mazlum (zulmga uchragan)ning duosi; ikkinchisi mominning boshqa momin birodari haqiga qilgan maxfiy duosi;

Duo boshga kelgan va kelmagan har narsaga qarshi foydalidir. Qazo (taqdir)ni faqat duo oldini oladi. Inchunin, duoga mahkam yopishing (Imom Termiziy rivoyatlari).

Keling, muhtaram azizlar, bunday ulug oylarni, fazilatli kunlarni bizlar ham ganimat bilib, yurtimiz, el-xalqimiz, mahallamiz, oilamiz, qarindoshlarimiz, qoshnilarimiz, dostlarimiz, yaqinlarimiz, nainki, Yer yuzidagi insonlarning haqlariga Yaratgandan yaxshi tilaklar suraylik…

Ilohim, jannatmonand yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bolsin. Koronavirus atalmish tezda daf bolib, bu balo-ofatdan hech bir yurtdoshimiz zarar kormasin. Alloh taolo bemorlarga, dardmandlarga shifo bersin. Ofat tez va qisqa fursatda kotarilsin. Yurtimiz yana taraqqiyotida bardavom bolsin!

Ibrohimjon INOMOV,

Ozbekiston musulmonlari idorasi raisi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: