O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
17.03.2020

KORONAVIRUS: OZIMIZNI HAM, YaQINLARIMIZNI HAM EHTIYOT QILAYLIK

Aziz vatandoshlar, mamlakatimizda yuqumli koronavirus kasalligi qayd etildi, uni bartaraf etish, aholi salomatligini muhofaza qilish bilan bog‘liq zarur chora-tadbirlar korilmoqda. Alohida ta’kidlash kerakki, bu jarayonga tayyorgarlik bugun, kutilmaganda boshlangani yoq, virus mamlakatimizga kirib kelishi ehtimoli yuzaga kelgandan buyon choralar korila boshlangan.

Bugun elon qilingan cheklovlar ehtiyot choralarini kuchaytirish maqsadida va Jahon sogliqni saqlash tashkiloti korsatmalari asosida joriy etilganini tushunishimiz kerak.

Barcha tibbiy muassasalarda karantin holati elon qilinganda bajarilishi lozim bolgan ishlar boyicha tibbiy xodimlarga kerakli tushuncha berilgan.

OAV orqali malum qilinganidek, virus immuniteti past bolgan, gigiyena qoidalariga yetarlicha etibor bermaydigan insonlarga oson yuqadi. Immunitet inson sovuq qotganda, ochlik holatida, ayniqsa, asabiy holatda keskin pasayadi. Shuning uchun ham asosiysi vahimaga berilmaslik, tartib asosida ovqatlanish, ob-havoga munosib kiyinish tavsiya etiladi.

Soha mutaxassislari alohida eslatadiki, karantin kasallik tarqalib ketmasligi uchun elon qilinadi. Shu sababli maktab va bogcha yoshidagi bolalar zaruratsiz kochaga chiqishini imkon darajasida cheklash zarur.

Katta yoshdagilarda immun tizimi sustlashgani sababli ularga jamoa kop yigiladigan joylarga bormaslikni tavsiya qilamiz.

Koronavirus tashqi muhitga chidamsiz. Xonalarni tez-tez shamollatish, tozalash, qol bilan ushlanadigan tutqichlar va boshqa jihozlarni sovun eritmasi yoki boshqa tozalovchi eritma bilan artib turish kerak. Virus issiqqa chidamsiz, shu sababli issiq suv bilan ogizni tez-tez chayish, issiq choy ichish tavsiya etiladi.

Karantin vaqtida vahima kotarmaslik, virusdan saqlanish qoidalariga qatiy rioya qilish eng togri yol boladi. Mamlakatimizda virus yoyilmasligi har birimizning sanitar odobimiz va ehtiyotkorligimizga bogliq ekanini unutmaylik. Shu bilan ozimizni, yaqinlarimizni, boshqa insonlarni ham kongilsizliklardan himoya qilgan bolamiz.

Xalq demokratik partiyasi mamlakatimizdagi ehtiyot choralariga muvofiq ravishda karantin muddati rasman yakunlangunga qadar jamoatchilik bilan otkaziladigan aksiya va tadbirlari, ota zarurati bolmagan yigilishlari qoldirilishini malum qilamiz.

Sizga va oilangizga soglik, omonlik tilaymiz.

Maqsuda VORISOVA,

Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: