O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
03.03.2020

MUAMMOLAR, TAKLIFLAR VA HAMKORLIK

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zolari otgan haftada saylov okruglarida bolishdi.

63-Kattaqorgon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Safar Ostonov Mundiyon qishlogidagi 17-maktabda saylovchilar bilan uchrashuv otkazdi. Unda Tavaron, Qirgiz, Chuppoz, Saroy qishloqlari vakillari ishtirok etdi.

Deputat avvalo Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatida belgilangan vazifalar va ularning ijrosi ahamiyati haqida toxtaldi. Songra Qonunchilik palatasi va OzXDP fraksiyasi faoliyati haqida axborot berdi. Yangi qonunlar loyihalari muhokamasi paytidagi qizgin bahs-munozaralar, bildirilayotgan takliflar xususida gapirdi.

Saylovchilar ozlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va mavjud muammolarni hal etishda yordam sorashdi. Kimdir qishloqqa tabiiy gaz otkazish, kimdir yoshlar uchun sport maydonchasi qurishga yer ajratish, yana boshqasi oilasiga ijtimoiy yordam masalasida murojaat qildi.

Ayrim savollar boyicha joyida huquqiy maslahatlar berildi. Boshqalari nazoratga olindi. Tuman hokimligi bilan maslahatlashib, muammolarga yechim topishga harakat qilinishi aytildi.

Shuningdek, Kattaqorgon tumanidagi mahalliy Kengashlar deputatlari qabulxonasida deputati mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashuv otkazdi. Unda aholidan tushayotgan murojaatlar, tumandagi mavjud muammolar yechimi haqida suhbatlashildi.

— Saylovchilarning aksari bandlik, tabiiy gaz taminotidagi muammolar haqida gapirishdi. Yollarning ahvoli, ichimlik suvi, ijtimoiy yordam kabi bir qator muhim masalalar haqida murojaat qilishdi, deydi Safar Ostonov. Bunday arizalardan biri Qiymadoz qishlogi aholisidan tushdi. Malum boldiki, bu qishloqda bir qator muammolar toplanib qolgan ekan. Ularning yechimini topish, qishloqda aholining farovon yashashi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish borasida deputatlar amaliy yordam sorashi kerak. Gap shundaki, mahalliy Kengash deputatlari doimiy ravishda xalq bilan birga. Ular joylardagi muammolarni yaxshi bilishadi. Agar tuman Kengashi deputatlari Oliy Majlisdagi partiyamiz fraksiyasiga bunday muammolar va ularning yechimi boyicha takliflar yetkazib turishsa, bu hamkorligimizdan odamlar katta manfaat koradi.

Deputat tumandagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar holidan xabar oldi. Ariza bilan murojaat qilganlar bilan suhbatlashdi. OzXDPdan saylangan mahalliy Kengash deputatlari bilan doimiy ravishda hamkorlik qilish, mavjud muammolarni birgalikda hal etishga kelishib olindi.

Abdurasul SATTOROV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: