O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
03.03.2020

UYING TINChMI, YuRTDOShIM?..

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlar joylarda sayyor qabullar otkazib, kamchiliklarni organmoqda

Xususan, OzXDP Buxoro shahar kengashi mutasaddilari Buxoro shahridagi 7- umumiy orta ta’lim maktabi binosida Koksaroy mahalla aholisi bilan ana shunday samimiy muloqotda boldi. Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Saida Sharipova ishtirok etdi. Qabulda asosan ishga joylashish, yollarni tamirlash, kochalarga tungi yorituvchi chiroqlar ornatish, elektr energiyasi, gaz taminoti hamda tadbirkorlikni qollab-quvvatlash masalalari boyicha murojaatlar boldi.

Jumladan, Koksaroy mahallasida yashovchi keksa otaxon Nemat Karimov ozi yashayotgan hududda keksalarning sport bilan shugullanishlari uchun ochiq sport-soglomlashtirish maydonchasi tashkil etish taklifi bilan chiqdi. Malika Sharipova esa tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit olishda komaklashishni soradi.

Shuningdek, muloqot jarayonida jami 60 nafardan ortiq fuqaro ozlarini oylantirayotgan masalalarga toxtaldi. Jumladan, Guljamol Saidova, Shahlo Iskandarova, Zaynura Axmedjanovalarning ish bilan taminlash togrisidagi murojaatlari organilib, tegishli tashkilotlarga deputatlik sorovi yuborildi.

Buxoro shahridagi 10-maktabda bolib otgan uchrashuvda ham xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi deputati Akbar Fazilov saylovchilar bilan uchrashdi. Suhbat davomida odamlar nafaqat ozlarining shaxsiy masalalari, ayni paytda bevosita hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, ularning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ham ilgari surdi.

Kochalarni obodonlashtirish, moddiy yordam, bandlik, uy-joy, yollarni tamirlash kabi onlab muammo yuzasidan 80ga yaqin murojaat yozib olindi. Ularning 60 foizga yaqini joyida hal etildi hamda yechimini topish boyicha tegishli idoralarga deputat sorovi kiritildi.

Takidlash joizki, sayyor qabul yakunida 50 nafarga yaqin kam taminlangan aholi vakillariga komak berildi, 3 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro nogironlik aravachasi bilan taminlandi. Xonadonma-xonadon yurish natijasida mahalladagi Fayzullo Inoyatov, Manzura Idiyevaning uy-joyi tamirtalabligi aniqlandi. Deputat tez fursatda ularga amaliy komak berishini malum qildi. Shuningdek, 5 nafar fuqaroga viloyat kop tarmoqli kasalxonasiga yollanma berildi.

Shundan song muloqotning asosiy maqsadi bolgan fuqarolarni tinglashga otildi.

— Salomatligim juda yomon. Jigar serrozi, poliartrit, qandli diabet, gepatit «S» kasalliklari meni holdan toydirdi. Buning ustiga boquvchimni yoqotganman. Menga dori-darmonlarni imtiyozli tarzda olishimga imkon yaratib bersangiz, shu bilan birga Omonxona sanatoriysiga dam olish uchun yollanma ham ayni paytda juda zarur, deya yordam soradi Fayzulla Xojayev nomli mahalla fuqarolar yiginida yashovchi Fotima Boltayeva.

Kokrak saratoniga chalinib, ancha qiynalib qoldim. Farzandim shartnoma asosida oliy talim dargohida oqiydi. Farzandim oqishini davom ettirishi uchun yaxshi insonlar komagiga muhtojman, dedi Zumrad Sharipova. Viloyatimizdagi Onkologiya markazida davolanishimga imkoniyat yaratib, oilamning moddiy ahvoli yaxshilangunicha imtiyozli tarzda davolanishimga yordam bersangiz xursand bolardim...

Fuqarolar murojaat qilgan masalalar yuzasidan muammolarni hal etishni viloyat Kengashi deputati Gafur Saidov oz nazoratiga oldi. Sayyor qabulda jami 28 fuqaroning murojaati tinglanib, 5 tasi joyida hal etildi. 4 ta fuqaroga nogironlik aravachasi va qoltiqtayoq berildi.

Shu kuni Buxoro shahridagi 8-poliklinikada tibbiy korik ham tashkil etildi. Tor doiradagi mutaxassislar ishtirokida otkazilgan tibbiy korikda 60 nafarga yaqin xotin-qiz qatnashdi. Korik jarayonida kasalliklar aniqlanib, mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Albatta, uzoq vaqtdan buyon hal bolmay kelayotgan masalalarning hammasiga bir sayyor qabul doirasida yechim topish mushkul. Muhimi, ular oz tashvishlarini bizga ishonishmoqda, muammolarini yechishda bizga suyanishmoqda.

Shahlo BAQOYeVA,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: