O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
03.03.2020

BOR-YOGI 3,1 FOIZ

hisobot eshitildi, kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi hamda Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasining qoshma yigilishida Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktorining «Ozbekiston Respublikasida keksalar va nogironligi bolgan shaxslarga korsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmat ahvoli va kelgusidagi rejalar togrisida»gi hisoboti eshitildi.

Yigilishda Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik, idoralar, Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi mutasaddi xodimlari, Ozbekiston Nogironlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Kozi ojizlar, Karlar jamiyatlari vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri orinbosari, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Ulugbek Inoyatov keksalar va nogironligi bolgan shaxslarga korsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash juda dolzarb masala ekani, partiya Saylovoldi dasturi asosida fraksiya a’zolari bu yonalishda parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirishga alohida etibor qaratishini takidladi. Chunki tahlillar mazkur yonalishda murojaatlar kopayganini korsatyapti.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori Alisher Inoqov oz hisoboti avvalida keksalar va nogironligi bolgan shaxslarni har tomonlama qollab-quvvatlash borasida keyingi yillarda izchil islohotlar amalga oshirilayotganini takidladi. Ayniqsa, davlat rahbarining 2017 yil 1 dekabrdagi Nogironligi bolgan shaxslarni davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni tibbiy-ijtimoiy xizmatlar kolamini kengaytirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Farmonga muvofiq, keksalar, nogironligi bolgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga korsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish hamda muvofiqlashtirish Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi zimmasiga yuklatilgan.

Hisobotda keltirilishicha, 2016-2019 yillarda 64 ming nafar (har yili orta hisobda 16,5 mingta) yolgiz keksalar, pensioner va nogironligi bolgan shaxslar uyida tibbiy-ijtimoiy xizmat bilan qamrab olingan, muhtoj, nogironligi bolgan shaxslar va pensionerlar qariyb 100 ming dona reabilitatsiya texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlari bilan taminlangan, 143 ming nafar urush va mehnat faxriysi, pensioner va nogironligi bolgan shaxslar sanatoriylarda soglomlashtirilgan. 26 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalarda jami 209 milliard somlik qurilish-rekonstruksiya ishlari amalga oshirilgan. Bir soz bilan aytganda, keyingi yillarda sohada ozgarish, osish sezilgan. Lekin hali yechimini kutayotgan muammolar ham oz emas.

Jumladan, otgan yillar davomida keksalar va nogironligi bolgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatni tashkillashtirish, protezlash yonalishlari boyicha tizimli tarzda ilmiy izlanishlar olib borilmagani sababli soha rivoji toxtab qolgan. Nogironligi bolgan shaxslar uchun reabilitatsiya va protezlash Milliy markazi, hududiy markazlarning qamrov darajasi juda pastligicha qolmoqda: bor-yogi 3,1 foiz.

Nogironligi bolgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilotlar vakillari yillar davomida hal etilmay kelayotgan otkir muammolar boyicha tanqidiy fikrlarini bildirdi. Tosiqsiz muhit yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarda nogironligi bolgan shaxslar va tegishli tashkilotlarning fikri, taklifi hisobga olinmayotgani takidlandi. Nogironligi bolgan shaxslar uchun turli zaruriy asbob-uskunalarni xarid qilishda shaffoflik yoqligi, buning natijasida sifatsiz uskunalar berilayotgani va boshqa muammoli holatlar qatiy qayd etildi.

Muammolar yechimi yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirish kerakligi takidlanib, takliflar berildi.

Shuningdek, yigilishda Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi tomonidan ikkinchi oqishga tayyorlanayotgan Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonun loyihasi keng muhokama qilindi. Qonun loyihasida nogironligi bolgan shaxslar uchun qulay jismoniy muhit – binolar, transport, axborot va aloqalardan foydalanish imkoniyatini, shuningdek, nogironligi bolgan shaxslar uchun ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy muhit yaratish, nogironligi bolgan shaxslarni kamsitishning har qanday shakliga yol qoymaslik, ularni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb etish, talim olish va ishga joylashish, madaniy hayotda ishtirok etish, dam olish va sport bilan shugullanish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladigan chora-tadbirlar kozda tutilgan.

Qonunning qabul qilinishi nogironligi bolgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish, Nogironlar huquqlari togrisidagi Konvensiyaning asosiy qoidalarini amalga oshirish sohasida zamonaviy uslublar va xalqaro standartlarni joriy etishga yordam beradi. Loyiha yuzasidan Ozbekiston Nogironlar jamiyati, Ozbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi kabi bir qator jamoat tashkilotlari vakillarining takliflari ham inobatga olinishi muhim ekani takidlandi.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi azolari Nogironlar huquqlari togrisidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilishga tayyorgarlik jarayonlarini jadallashtirish, ikki yil davomida qabul qilinmagan qonun loyihasini imkon qadar qisqa muddatlarda takomillashtirish masalalari boyicha takliflar berdi.

Qoshma yigilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan qomita va fraksiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: