O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
18.02.2020

ISTEMOL SAVATChASI IZLANIShLAR, ORGANIShLAR

xalqaro tajriba asosidagi konsepsiya ishlab chiqiladi

Ma’lumki, istemol (yashash) minimumi deganda inson tanasining holsizlanib qolmasligi — normal ishlashini taminlash, uning salomatligini saqlab turadigan darajada oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamiga ega bolishning eng kam miqdori, asosiy ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur minimal xizmatlar toplamini taminlashga yetarli bolgan qiymat anglashiladi.

Istemol minimumi hajmi ikki elementdan iborat – fiziologik va ijtimoiy. Fiziologik minimum inson yashashi uchun zarur bolgan moddiy qadriyatlar qiymati ifodasidir. Dunyo amaliyotida fiziologik minimum umumiy istemol minimumning ortacha 85-87 foizini tashkil etadi, qolganlari ijtimoiy qismiga, yani minimal darajada maqbul turmush tarziga muvofiq manaviy qadriyatlar toplamiga togri keladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi XDP fraksiyasining kengaytirilgan yigilishida mana shular haqida soz bordi. Unda fraksiya azolari, Iqtisodiyot va sanoat, Sogliqni saqlash, Moliya vazirliklari vakillari, mahalliy Kengash deputatlari, partiyaning hududiy va Markaziy Kengashi masullari ishtirok etdi.

Yigilishda “istemol savatchasi” va yashash minimumi tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash hamda uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi. Ushbu masala boyicha Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi va Markaziy Kengashi tomonidan tuzilgan ishchi guruhning dastlabki hisoboti eshitildi

Mixail YeLShOV, Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bosh konsultanti:

Bugungi kunda istemol savatchasi va yashash minimumi togrisida qonun qabul qilinishiga qanday zarurat bor?

Birinchidan, Konstitutsiyamizning 39-moddasida pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qoyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bolishi mumkin emasligi nazarda tutilgan.

Mazkur Konstitutsiyaviy meyor amalda ishlamadi, tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni belgilash mezonlari shu vaqtga qadar aniqlanmadi. Bu borada milliy qonunchiligimiz ham, huquqni qollash amaliyoti ham xalqaro amaliyotdan juda orqada qoldi.

Ikkinchidan, Prezident Oliy Majlisga yollagan Murojaatnomasida Ozbekistonda ilk bora kambagallikni kamaytirish choralari korilishi zarurligi takidlanib, bu boyicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Endilikda xalqaro tashkilotlar bilan birga kambagallikni kamaytirish dasturi ishlab chiqiladi. Buning uchun birinchi navbatda kambagallik tushunchasi, uni aniqlash mezonlarini belgilash, yani istemol savatchasi va yashash minimumi haqida alohida qonun qabul qilinishi zarur

Xalq demokratik partiyasi Saylovoldi dasturida istemol savatchasi va yashash minimumiga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish, shu masalada partiya fraksiyasi orqali qonunchilik tashabbusini ilgari surish vazifasi belgilangan.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi ushbu muhim vazifani bajarishga kirishgan. Deputatlar, partiya faollari va ekspertlardan iborat ishchi guruhi istemol savatchasi va yashash minimumini belgilash boyicha xorijiy tajribani organish va tahlil qilish ishlarini olib boryapmiz.

Avaz ORINBOYeV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Malumki, istemol savatchasi - muayyan vaqt davomida inson hayoti va uning salomatligini saqlash uchun zarur mahsulotlar, tovar va xizmatlarning eng kam toplami hisoblanadi. Bu boradagi minimal meyorlar tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorni (istemol savatchasining qiymat bahosini) belgilash uchun asos boladi.

Istemol savatchasi bir inson yoki oila uchun malum bir vaqtga, masalan, bir oyga zarur mahsulotlar va xizmatlar bolib, kop davlatlarda uning umumiy qiymatiga kora aholiga ijtimoiy nafaqalar belgilanadi. Shuningdek, istemol savatchasi inson uchun yetarli miqdorda oziq-ovqat, dori-darmon kabi hayot uchun zarur vositalar majmuasini anglatib, uning miqdor va tarkibi turli davlatlarda turlichadir. Yashash minimumi miqdori esa istemol savatchasi qiymatiga asosan belgilanadi.

Masalan, AQShda istemol savatchasiga 300 xil, Fransiyada 250, Angliyada 350, Germaniyada 475, Rossiyada esa 156 xil mahsulot va xizmatlar istemol savatchasidan joy olgan.

Ayni paytda mutaxassislar bilan organishlar olib borgan holda 46 xil oziq-ovqat mahsulotlarini istemol savatchasiga kiritish haqida muhokamalar olib borilmoqda. Bundan tashqari nooziq ovqat mahsulotlari hamda xizmatlar ham uning tarkibiga kiritiladi. Oylaymizki, bu boradagi organishlar tez orada oz natijasini beradi va qonunning amaliyotga joriy etilishi partiyamiz elektorati manfaatlariga xizmat qiladi.

Safar OSTONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Har bir masalada partiyamiz elektorati, yani ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand aholi qatlami manfaatlarini ifoda etishga harakat qilishimiz kerak. Istemol savatchasi haqidagi qonunning amaliyotga joriy etilishi ham bevosita ushbu qatlamning manfaatiga xizmat qiladi, deb oylaymiz. Istemol savatchasi kam taminlangan, oilalar, yolgiz ayollar keksalar ijtimoiy himoyasi uchun zarur.

Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlamni aniqlab olish va uning mezonlarini qayta korib chiqish kerak. Joylarda aholidan noroziliklar kelib tushadi. Ayniqsa, yolgiz ayollar bu borada kop murojaat etadi. Masalan, farzandlarini bir ozi tarbiyalayotgan ayollarning xonadonida televizori, muzlatgichi bolsa, sizning yashashingiz yaxshi ekan, deb ularga ijtimoiy komak berilmaydi. Yana eng kam oylik ish haqining bir necha barobari miqdorida maosh oladigan shaxslar ham ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam sirasiga kiritilmaydi. Vaholanki, 600-700 ming som bilan rozgor tebratib bolmaydi. Bu kabi misollarni yana keltirish mumkin. Asosiysi, ushbu tizimda aniq meyorlar, tartib joriy qilinishi zarur, deb hisoblayman.

Yigilishda, shuningdek, Ozbekistonda istemol savatchasi va yashash minimumini belgilashning oziga xos jihatlari, bu borada hududlarda otkazilgan eksperiment natijalari, bir kishi uchun bir oyga zarur boladigan eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining minimal miqdori va boshqa muhim masalalar boyicha mutasaddi vazirliklar vakillarining axborotlari tinglandi.

Partiya fraksiyasi azolari xalqaro tajribaga mos ravishda istemol savatchasi meyorlarini aholining 3 ta asosiy ijtimoiy-demografik guruhi, yani mehnatga layoqatli aholi, pensionerlar va bolalar uchun ishlab chiqish zarurligini takidlashdi.

Kengaytirilgan yigilishda istemol savatchasi tarkibi qismlarga bolingan holda atroflicha muhokama qilindi. Odatda istemol savatchasi 3 qismdan, yani oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat tovarlar (kiyim-kechak, poyabzal, dori-darmonlar) va kommunal, transport, madaniy-marifiy xizmatlardan iborat boladi. Mamlakatimizda bu borada minimal meyorlarni belgilashda hududlardagi turmush madaniyatining oziga xos jihatlarini alohida etiborga olish taklif etildi.

Shuningdek, aholining real daromadlari, ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy tolovlar miqdorini xalqaro normalarga muvofiq ishlab chiqiladigan istemol savatchasi va yashash minimumiga maqbullashtirish muhim ahamiyatga ega ekani takidlandi.

Fraksiyaning kengaytirilgan yigilishida istemol savatchasi va yashash minimumi tushunchasini qonunchilikda mustahkamlash va uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish boyicha tuzilgan ishchi guruh hisoboti malumot uchun qabul qilindi.

Yigilishda ishchi guruh zimmasiga qisqa muddatda istemol savatchasi va yashash minimumi togrisidagi qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash vazifasi yuklatildi. Bu haqda Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining tegishli qarori qabul qilindi.

Zilola UBAYDULLAYeVA

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: