O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
18.02.2020

HAYoTDAN ROZI BOLIB YaShAShGA HAMMA HAQLI

Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida aholi muammolariga yechim topish, ularni ertaga emas bugun yaxshi yashashi uchun sharoit yaratib berish yuzasidan oldimizda katta vazifalar turganligini, shu bilan birga aholi muammolari bilan ishlashda mutlaqo yangi tizimga – sifat jihatidan yanada yuksak bosqichga o‘tilishi haqida ma’lum qilgan edi. Shundan kelib chiqib, Ozbekiston XDP tizimida aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida joylarda uchrashuv va ochiq muloqotlar otkazilib, aholi turmush farovonligini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda deputatlik nazorati ornatilmoqda.

Jumladan, 2020 yil 13 fevral kuni Qoraqalpogiston Respublikasi Qongirot tumanida “Aholi bilan muloqot: muammo, yechim va samara” mavzusida tadbir otkazildi. Unda Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogiston Respublika Kengashi masul xodimlari, OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Mehrojiddin Darxonov, partiya faollari va mahalliy Kengash deputatlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi. Tadbirda asosiy diqqat-etibor aholini qiynab turgan muammolar va ularni bartaraf etishga qaratildi.

Shu joyning ozida barcha korxona va tashkilot vakillari soha yonalishiga qarab alohida seksiyalarga bolinib, fuqarolarni qabul qilishdi.

Quyida fuqarolardan tushgan savollardan misollar keltiramiz:

Bizning «Adabiyot» mahalla fuqarolar yiginida ichimlik suvi, gaz yoq, — deydi fuqaro Jumanazar Zarlikov. Shuningdek, ichki yollarimiz ham tamirtalab. Bizga ana shu masalalarni hal etishda yordam bersangiz.

Talliq mahallasida 3320 aholi yashaydi, deydi mahalla kotibi Polat Qazaqbayev. S.Seytjanov kochasining 7 kilometri nihoyatda tamirtalab. Ushbu masala yuzasidan murojaat qilmoqdamiz.

Men Qozogiston Respublikasi Chimkent viloyatidagi oliy talim muassasasi talabasiman, deydi Bozorboy Abduraxmanov. Ozbekistondagi oliy talim muassasasining biriga oqishimni ozgartirishga yordam soramoqdaman.

Men Talliq mahallasida yashayman, deydi fuqaro Jumaboy Mirzabayev. Ikki qizimni ishga joylashtirish muammo bolib turibdi. Bu masalada tuman hokimiga murojaat qilgan edim. Natija yoq. Ishga joylashtirishda yordam bersangiz.

Albatta, mutasaddilar tomonidan aholining bu kabi murojaatlari muddatidan kechiktirilmay bartaraf etish choralari koriladi. Hududdagi ijtimoiy muhit organilib, aholi muammolarini hal qilish boyicha qatiy deputatlik nazorati ornatiladi.

Inson manfaatlari hamma narsadan ustun degan ezgu goyani hayotga tatbiq etish maqsadida Qongirot tumani aholisi bilan uchrashuv va ochiq muloqotni tashkillashtirmoqdamiz, deydi Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpogiston Respublika Kengashi raisi Xalilla Yeshimbetov. Mahallalarda yechimini kutayotgan masalalar, xususan, kocha va yollarni tamirlash, elektr energiyasi va suv taminotini yaxshilash, yangi ish orinlari yaratish, aholi, ayniqsa, yoshlar bandligini taminlash yuzasidan kelib tushgan murojaatlar mutaxassislar tomonidan organib chiqilmoqda. Qongirot tumanida bugungi otkazilayotgan sayyor qabulda barcha masalalar atroflicha organilib, oz vaqtida ijobiy yechim topishiga harakat qilamiz.

Yurtboshimizning tashabbusi bilan xalqimiz orasida bolish, muammolarini organish, ularning dardu-tashvishlarini tinglash, ogirini yengil qilish, munosib turmush sharoitlarini yaratib berishda partiya xodimlari har qachongidan faol ishtirok etmoqda. Shu maqsadda aholi bilan ochiq muloqotni yolga qoyish, muammolarni aniqlash, murojaatlar korib chiqilishini taminlashda samarali mexanizm paydo boldi.

Tumanimizdagi 34-sonli maktab iqtisoslashgan bolib, 290 oringa moljallangan. Bugungi kunda 650 oquvchi ikki smenada oqib kelmoqda, deydi direktor orinbosari Ilham Allaniyozov. Maktabimizning binosini kengaytirish masalasi bizni qiynamoqda. Bolalar maktabga sigmayapti. Shuningdek, ingliz tili fani oqituvchilari yetishmaydi. Bundan tashqari mol bozor maktabga yaqin joyda joylashgan. Ana shu masalalar bizni qiynab kelmoqda.

Xulosa ornida aytish joizki, sayyor qabul chogida barcha fuqarolarning muammolari, takliflari tinglanib, uning bajarilishi yuzasidan tegishli tashkilot va karxonalar tomonidan nazoratga olindi. Ochiq muloqat davomida hech kim davlat va jamiyat etiboridan chetda emasligi yana bir marta namoyon boldi. Xalqimizning hayotdan rozi bolishi uchun yanada keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilayotganligiga hech qanday shubha yoq.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: