O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
18.02.2020

PARTIYaMIZ NEGA KUTILGAN NATIJAGA ERISHILMADI?

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan olgan taassurot ogushidaman. Mamlakatimiz hayotining barcha sohalari va aholining hamma (endigina tetapoya bolgan bolakaylardan to kopni korgan keksalargacha) qatlamlariga daxldor muammo, goya va vazifalar, taklif va topshiriqlar unda barchaga tushunarli etib bayon etilgan. Prezidentimiz, jumladan, ortda qolgan yilning adogida bolib otgan saylovlar haqida bunday dedi: «Xalqaro kuzatuvchilar saylovlar erkin raqobat muhitida, siyosiy partiyalar ortasidagi qizgin tortishuv va bahs-munozaralar sharoitida otganini, bu jarayonda ommaviy axborot vositalari roli sezilarli darajada oshganini alohida e’tirof etdilar». Davlatimiz rahbari bu ijobiy holatni takidlash bilan birga navbatdagi vazifalarga etiborimizni tortdi: ...saylov komissiyalari va aholining saylov madaniyatini yuksaltirish, siyosiy partiyalarning oz elektorati bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, partiyalarning faolligini oshirish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir.

Bu fikrlar mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab saylovlarda muntazam qatnashib, mamlakatimizdagi demokratik jarayonlar rivojiga munosib hissa qoshib kelayotgan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasiga ham tola taalluqlidir.

Shuni alohida takidlash kerakki, partiyamizning saylovdagi natijalariga tanqidiy nazar tashlab, qilolmagan ishlarimiz togrisida roy-rost gapirish foydadan holi bolmaydi. Xususan, parlament saylovida OzXDP korsatkichlari kutilgandan past bolganini tan olmaslikning iloji yoq. Bu korsatkichning (22 deputat) otgan saylovlarga qaraganda ham (27 deputat) pastligi, uning qoyidan ikkinchi oringa tushib qolgani kishini oylantiradi. Nega bunday boldi? Nima sababdan yurtimizdagi eng tajribali, kurashlarda toblangan, milliy mustaqilligimizni mustahkamlashga munosib hissa qoshib kelayotgan siyosiy partiyaning saylovlarda ishtiroki natijalari kopchilikni aslo qanoatlantirmaydi? Partiya rahbariyati bu va shunga oxshash boshqa savollarga javob berish uchun chuqur tahliliy ishlarni amalga oshirib, tegishli xulosalar chiqaradi, degan umiddamiz. Bu ishga butun partiyani, hattoki, bizga xayrixoh partiyasiz tarafdorlarimizni ham jalb etish, ularning bu togridagi fikr-mulohazalarini inobatga olish kerak, deb hisoblayman.

Meningcha, mamlakat parlamentiga bolib otgan oxirgi saylovlarda partiyamiz maglubiyatining bir qancha sabablari bor. Eng birinchisi – yangi saylovlarga tayyorgarlik oxirgi saylov bolib otgan kunning ertasiga boshlanadi degan keng tarqalgan aqida mavjudligiga qaramasdan 2019 yil saylovlariga hozirlik korish kech boshlangan, deb oylayman. Partiyamizning sobiq rahbarlari 2014 yilgi saylovlar natijasi ham biz uchun qoniqarsiz bolganligidan xulosa chiqarmadilar, Oliy Majlisda OzXDP mavqei tushib ketganiga parvo qilmadilar, chunki ozlari deputatlik mandatini qolga kiritgan edilar.

Ortda qolgan saylovoldi davrida otkazilgan yigilishlar, plenumlar, konferensiya va hokazolar asosan OzXDPning oz azolari va faollarga moljallangan partiyaviy-tashkiliy tadbirlar bolib, ularda koproq elektoratni qiziqtirgan dolzarb ijtimoiy muammolar emas, balki ichki-partiyaviy masalalar korilar, saylovchilar bilan tizimli ishlash yoq edi. Aytish mumkinki, elektorat tarkibi va rivojlanish tamoyillarini, ehtiyoj va talablarini, odamlarni qiynayotgan muammolarni, ularning kayfiyatini tizimli organib borish maqsadida sotsiologik tadqiqotlar otkazish, saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlarda bildirilgan muammolarini hokimiyat idoralariga yetkazib, ijrosini nazoratga olish tizimi yaratilmadi. Mana bir misol: otgan yili OzXDP organi Golos Uzbekistana gazetasi partiya elektorati hisoblangan imkoniyati cheklangan, aravachada harakatlanishga majbur bolgan kishilarning Toshkent metropolitenidan foydalanishlari uchun qulaylik yaratish, yani bekatlarga tushib chiqish zinapoyalarida panduslarni qurish lozimligi masalasini kotardi. Ammo gazetaning bu dolzarb muammo boyicha chiqishiga Toshkent metropoliteni rahbariyati va shahar mamurlari tomonidan etibor qilinmadi. Taassufki, elektorati muammosi kotarilgan partiyamiz rahbariyati ham, Oliy Majlisdagi fraksiyamiz ham gazetaning chiqishini qollab-quvvatlamadi. Vaholanki, jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar partiyamiz elektoratining kattagina qismini tashkil etadi.

Saylovlarda ishtirok etishga bel boglagan har qanday siyosiy partiyaning muhim vazifalaridan biri saylovoldi hujjatlari, xususan saylovchilarga taqdim etiladigan dasturida oz elektoratini, hattoki butun aholini tashvishlantirayotgan masalalarni va ularni yechishning yol va vositalarini taklif etishdir. Uning asosida har bir deputatlikka nomzod oz saylovoldi dasturini ishlab chiqib, fuqarolar diqqatiga havola etadi. Shuning uchun saylovoldi dasturi odamlar diqqatini qanchalik tortadigan, unda kotarilgan mavzular ularga qanchalik yaqin, takliflar tushunarli va real bolsa, partiyaning tarafdorlari shuncha kop boladi. Buning uchun, yuqorida aytilganidek, elektorat va uning ehtiyoju talablarini, mamlakatdagi vaziyat va imkoniyatlarni hisobga olgan holda tahlil etish, dolzarb masalalar yuzasidan fuqarolarning fikr-mulohaza, talab va takliflarini organish zarur. Markaziy Kengash partiyamizning keyingi saylovoldi dasturini ishlab chiqishni ancha oldin boshlagani va loyiha muhokama uchun mahalliy partiya tashkilotlariga jonatilgani rost. Ammo hujjat loyihasini ishlab chiqish va uning muhokamalarida elektorat vakillari jalb etildilarmi? Hujjatning qabul qilingan variantida saylovchilarimizning qancha taklif va istaklari kiritildi? Nega saylovoldi dastur loyihasi boshqa tilda yozilib, keyin ozbekchaga tarjima qilindi? Vaholanki, buning teskarisi bolmogi lozim! Saylovlarda taqdim etilgan dasturlarimizni ana shu nuqtai nazardan tanqidiy tahlil etib, xolis baho bersak, kelgusida xatolar takrorlanmasligi mumkin.

Siyosiy partiyalarning saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun yana bir zarur omil, bu kadrlar, aniqroq qilib aytadigan bolsak, deputatlikka nomzodlarni togri tanlashdir. Tajribadan bilamizki, saylovchi, ochigini aytganda, kopchilik hollarda siyosiy partiya va uning siyosati yoki dasturi uchun emas, balki, yorqin shaxs bolgan nomzod uchun ovoz beradi. Demak, deputatlikka nomzod ozining ishlari, jamiyatdagi muayyan xizmatlari, yurish-turishi, axloq-odobi, odamlarning dardu tashvishlarini biladigan va ularning manfaatlari uchun kurashga tayyor, qolidan ish keladigan inson bolmogi kerak. Partiyamiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga korsatgan barcha nomzodlar ushbu talablar asosida tanlandimi? Bunda elektoratning u yoki bu bolajak nomzodga moyilligi ham aniqlandimi? Agar partiyamizdan deputatlikka nomzodlar shunday mezonlar asosida saralangan bolsa, Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarimizning kopchiligi nega saylanmay qoldi? Mamlakat parlamentiga Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri, Navoiy, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari partiya tashkilotlari korsatgan bironta ham deputat yoqligini qanday izohlash kerak? Bu muvaffaqiyatsizlik uchun kim javob beradi? Bu savollarga togri javob topmasak, xatolarni takrorlashimiz mumkin.

Yana bir muhim saboq shundan iboratki, saylovlarga tayyorgarlik korish jarayonlarida barcha imkoniyatlar, masalan, partiya organlari Ozbekiston ovozi va Golos Uzbekistana gazetalarining imkoniyatlaridan tola foydalanmaslik boldi. Partiyaning sobiq rahbariyati tashkilotning siyosati, otkir muammolarga oid yondoshuv, taklif va sozini elektoratga yetkazishda OAVning rolini tushunmay, gazetalarimizga obunani tashkil etish bilan shugullanmadi, zarurat tugilganida tahririyatga moliyaviy komak bermadi, natijada adadlari tushib ketib, ommaga tasiri pasaydi. Buning oqibatlari hozir ham sezilmoqda.

Shuningdek, saylovoldi mavsumda OzXDP saflaridagi eng tajribali qatlam faxriylar imkoniyatlaridan yetarlicha foydanildimi? Nega dolzarb pallada Markaziy Kengash va mahalliy partiya kengashlari huzuridagi faxriylar klublarining salohiyati ishga solinmadi? Imkoniyatlardan bunday foydalanmaganlik kabi misollar royxatini davom ettirish mumkin. Biroq bugun gap faqat buning ustida, xatolarni ochib tashlashda emas, kelajakda ularga yol qoymaslikka borishi togri boladi. Klublarning ishini jonlantirish, faxriylarning bilim va katta hayot tajribasidan samarali foydalanish tizimini yaratish vaqti keldi.

Xulosa qilib aytganda, hayot partiyamiz Markaziy Kengashi va quyi tashkilotlaridan otgan davr davomida yol qoyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun boshlagan say-harakatlarni izchil va tizimli tarzda olib borish, bunda noananaviy ish shakllari, ayniqsa elektorat bilan bevosita ishlashning innovatsion usul va vositalaridan keng foydalanishni yolga qoyishni taqozo qilmoqda.

Sobir QURBONOV,

OzXDP faoli


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: