O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.02.2020

BITTA BARQAROR ISh ORNI BIR INSON HAYoTINI OZGARTIRADI

— Davlat rahbari kun tartibiga qo‘ygan qaysi bir vazifani olmaylik, hammasi dolzarb, ularning qaysi biridir oz vaqtida bajarilmay qolishi iqtisodiyotimizga, bugun bolmasa ertaga siz bilan bizning, farzandlarimiz yoki nabiralarimizning hayotiga salbiy ta’sir qiladi.

Talimmi, tibbiyotmi, iqtisodiyot-moliya yoki marifatmi, hammasi barchamiz uchun ahamiyatli. Shuning uchun ishlayotgan soha yoki tarmogimizdan qati nazar, davlat va jamiyat oldiga qoyilgan goya va vazifalarni royobga chiqarish uchun jipslashib harakat qilishimiz zarur.

Meni Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat sifatida, ayniqsa, bir masala chuqur oyga toldirdi. Malumki, bu yil Hukumat zimmasiga 500 mingta ish orni yaratish vazifasi yuklatildi. Dunyo iqtisodiyotidagi, shuningdek mamlakatimizdagi oziga xos vaziyatni hisobga olib, fikr yuritsak, buncha ish orni yaratish, ularning barqarorligini saqlab qolish oson masala emasligi yaqqol seziladi.

Mamlakatimizda ish kuchi kop, aholi daromadlari kongildagidek emas, demak, yangi ish orinlari ochishga, harakatchan kishilarga xalaqit bermay, aksincha, ularga yordamlashishga majburmiz. Bu yolda kimning zimmasida qanday vazifa bolsa, tez va sifatli bajarishi zarur. Chunki ishsiz aholi kopaygan davlatda ilm ham, marifat ham, raqamli iqtisodiyot ham rivojlanishi qiyin.

Oliy Majlisda yangidan tasdiqlangan Hukumat yaqin istiqbolda mamlakatimizda ishsizlikni 7 foizgacha kamaytirib, yiliga kamida 500 mingta ish orni yaratishi, aholi daromadini 2 baravar oshirishi kutilyapti. Biz, parlament azolari mana shu raqamlarga erishilishi uchun xalq vakillari sifatida xalqimiz oldida masulmiz.

Ayniqsa, Xalq demokratik partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasi bu masalada qaysar va murosasiz bolishi kerak, deb oylayman. Nimaga desangiz, rejalashtirilgan, manbasi va imkoniyati aniq bolgan bitta ish orni kimningdir sustkashligi bilan ochilmay qolgan holatda mutasaddilarga nisbatan murosa qilishga orin yoq bolishi zarur. Parlament vazirdan qattiq soramasa, ertaga saylovchilar uning ozidan qattiq soraydi. Jamoatchilik ertaga koproq parlamentni sustkashlikda, murosasozlikda ayblashi mumkin. Va bu mantiqan togri boladi, chunki parlament hukumatdan kora xalqqa yaqin bolishi shart. Aks holda, u ozining mazmuni va mohiyatini butunlay yoqotib qoyadi, umidsiz tuzilmaga aylanib qoladi.

Xalq demokratik partiyasi davlat rahbarining aholi bandligini taminlash boyicha hukumat oldiga qoygan vazifasini qollab-quvvatlaydi. Biz, parlament va mahalliy Kengashlardagi 1600 nafar deputatlarimizning kuchi bilan rejaga kiritilgan ish orinlari vaqtida ochilishi va ular barqaror bolishi uchun kurashish masuliyatini zimmamizga olishimiz shart.

Ulugbek VAFOYeV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi, partiya Markaziy Kengashi raisi orinbosari


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: