O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
04.02.2020

BIRINChI YIGILISh. BIRINChI OQISh

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida bir nechta qonun loyihalari muhokama etildi.

Dastlab “Strategik rejalashtirish togrisida”gi qonun loyihasi birinchi oqishda korib chiqildi. Ushbu loyiha Prezidentning Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisidagi farmoni asosida ishlab chiqilgan.

Davlat va jamiyat strategik rejalashtirishsiz barqaror rivojlana olmaydi. Ayniqsa, tezkor ozgarayotgan zamonda har xil chaqiriqlarga mos bolish, turli muammoli masalalarni oqilona hal etish dolzarb ahamiyat kasb etyapti. Strategik rejalashtirish muhim vazifa, uni bajarish uchun avvalo qonun kerak. Lekin qonun kerak ekan, deb uni nomiga qabul qilish yaramaydi, qonun bolgandan keyin har tomonlama mukammal, davlatga va xalqqa foydasi tegadigan qonun bolishi zarur. Deputatlar oz fikr va takliflarini bildirgan holda mazkur qonun loyihasini maqulladi.

Fraksiya yigilishida Bola huquqlari kafolatlarining yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi qonun loyihasi birinchi oqishda korib chiqildi. Ushbu loyiha bilan amaldagi 7 ta qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritish kozda tutilgan.

Jumladan, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksga qoshimcha kiritilyapti. Mazkur kodeksning 291 moddasida chet el fuqarolarini va fuqaroligi bolmagan shaxslarni Ozbekiston Respublikasi hududidan mamuriy tarzda chiqarib yuborish tartibi aks etgan. Ushbu moddaga chet el fuqarolarini va fuqaroligi bolmagan shaxslarni qanday hollarda chiqarib yuborish mumkin emasligi haqida aniqlik kiritilmoqda.

Endilikda on sakkiz yoshga tolmagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bolmagan shaxsni, agar uning ota-onasidan biri yoki vasiylikka yoxud homiylikka olgan shaxs Ozbekiston Respublikasi hududida qonuniy asosga kora yashash huquqiga ega bolsa, malum hollarda Ozbekiston Respublikasidan mamuriy tarzda chiqarib yuborishga yol qoyilmasligi belgilanyapti. Aynan qanday holatlarda chiqarib yuborishga yol qoyilmasligi qonun loyihasida aniq nazarda tutilyapti. Shuning uchun Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi azolari bu taklifni qollab-quvvatladi.

Yigilishda Oila kodeksining nikohdan ajratish togrisida hal qiluv qarori chiqarish vaqtida sud tomonidan hal etiladigan masalalarga oid moddasi(44-moddasi)ga taklif etilgan qoshimcha qizgin munozara keltirib chiqardi.

Bu qoshimcha Prezidentning Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori asosida ishlab chiqilgan. Mazkur Qarorda oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki mamuriy muhokama davrida bola oz fikrini ifoda qilishga haqli ekani qayd etilgan. Bolaning fikrini hisobga olish umuminsoniy va prinsipial masala. Shuning uchun Prezident qarorida bu masala aniq aks etgan.

Lekin Oila kodeksiga taklif etilayotgan qoshimcha osha prinsipiallik va aniqlikni toliq ifodalamaydi, deyishdi deputatlar.

Chunki, kodeksga Nikoh bekor qilinganidan song, voyaga yetmagan bolalar ota-onasining qaysi biri bilan yashashi masalasini hal qilishda, sud bolaning fikrini, bolaning yetuklik darajasini, yoshidan qati nazar, uning ongi darajasini inobatga olishi hamda bolaning eng ustun manfaatlarini nazarda tutuvchi qarorni qabul qilishi shart, degan murakkab meyor taklif etilgan. Masalan, bolaning ongi darajasini inobatga olishi, deyilganda nima nazarda tutilayotganini ilgash qiyin. Inson haqida, ayniqsa, voyaga yetmagan bolalar taqdiri bilan bogliq meyor belgilashda katta masuliyat bilan yondashishiz zarur.

Shu bois taklif etilayotgan meyor matnini maqsadga muvofiqlashtirish taklifi berildi.

Fraksiya azolari Uy-joy kodeksiga ota-ona qaramogisiz qolgan bolalarning manfaatlari himoyasini mustahkamlashni, Soliq kodeksiga bolalar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish togrisidagi davolar yuzasidan fuqarolik ishlari boyicha sudlarda davlat bojini tolashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi qoshimchalarni toliq qollab-quvvatladi.

Deputatlar Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi qonunga qoshimcha kiritish orqali Bola huquqlari boyicha vakil institutini joriy etish taklifini ham atroflicha muhokama qilishdi.

Bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taminlash, davlat va boshqa organlar, bola huquqlarini himoya qilish boyicha tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda bu taklif dolzarb ahamiyatga ega ekani takidlandi.

Mamlakatimizda bola huquqlari kafolatlanishi bilan bogliq jarayonlarni tanqidiy tahlil qilish, hayotiy takliflar ishlab chiqishda yangi institut dolzarb vazifani bajarishi lozimligiga etibor qaratildi.

Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartishlar kiritish togrisida qonun loyihasi birinchi oqishda konseptual jihatdan korib chiqildi. Ushbu loyihaga muvofiq amaldagi 2 ta qonunga ozgartish va qoshimchalar kiritish kozda tutilgan.

Xususan, Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari togrisidagi qonuniga davlat ijtimoiy buyurtmasi togrisida ozgartish kiritish, yani, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi berishda jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirishni Vazirlar Mahkamasi vakolatidan chiqarish taklif etilmoqda.

Ushbu taklif Prezidentning Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

Fraksiya azolari bu taklifni qollab-quvvatladi. Chunki davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasi berish vazifasi boyicha alohida jamoatchilik kengashi tashkil qilinishi, bunday kengashlar hukumatdan mustaqil faoliyat olib borishi zarur. Shunda sohada ortiqcha byurokratizmning oldi olinadi, nodavlat notijorat tashkilotlar oz faoliyatida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan mustaqil bolishi kerak.

Oz navbatida fraksiya azolari jamoatchilik kengashlari faoliyati bilan bogliq meyorlar yangidan qabul qilinishi rejalashtirilayotgan Jamoatchilik nazorati togrisidagi qonun loyihasida aksini topishi lozim, degan taklifni ilgari surdi.

Ijtimoiy sheriklik togrisidagi qonunga ham davlat boshqaruvi organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga davlat ijtimoiy buyurtmasi berishda jamoatchilik kengashi tarkibini shakllantirishni Vazirlar Mahkamasi vakolatidan chiqarish bilan bogliq ozgartish kiritish taklif etilmoqda.

Bu taklif ham Prezidentning Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi taklifni maqulladi. Shu bilan birga, jamoatchilik kengashlarini shakllantirish masalasida oz taklifini berdi. Yani, jamoatchilik kengashlarining namunaviy reglamenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ishlab chiqilishi demokratik tamoyillarga har tomonlama muvofiq boladi.

Fraksiya yigilishida kun tartibiga kiritilgan boshqa qonun loyihalari ham partiya goyalaridan kelib chiqib, prinsipial tarzda muhokama etildi. Aytish kerakki, fraksiyaning qonun loyihalari muhokamasiga bagishlangan birinchi yigilishi qizgin fikrlar, ayrim masalalarda bahs-munozaralarga boy tarzda otdi. Fraksiya azolari qonun loyihalarini ikkinchi oqishga tayyorlash jarayonida faol qatnashishlarini aytib, takliflarini bergan holda, qollab-quvvatlash haqida qarorlar qabul qildi.

Xalq demokratik partiyasi

Axborot xizmati


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: