O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
04.02.2020

MAHSULOTLAR SIFATINI NAZORAT QILISh YaNADA KUChAYTIRILDI

Milliy matbuot markazida «O‘zstandart» agentligi rahbariyati tomonidan Ozbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi (UzTest) tizimida yaratilgan yangiliklar va mahsulotlar sifatini aniqlashda amaliyotga joriy etilgan ozgarishlar mavzuida matbuot anjumani otkazildi. Unda Uztest markazining rahbar va ilmiy xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2019 yil 15 avgustdagi Ozbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish togrisidagi qaroriga asosan, 2020 yil 1 yanvardan Ozstandart agentligining Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi ornida Ozbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi oz faoliyatini boshlagani haqida ma’lumotlar berildi.

— Bugungi kunda UzTest markazi tarkibiga kiruvchi 16 hududiy filial, 32 sinov laboratoriya va 5 ta mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi, mahsulotlarni eksport qilishga komaklashish byurolari, sifat menejment tizimlarini joriy etish sertifikatlashtirish organlarida 522 nafar yuqori malakali mutaxassis faoliyat olib bormoqda, deydi UzTest markazining direktori Aqilbek Mustafoyev. Shuningdek, xorijiy moliya insititutlari grand mablaglari hisobidan laboratoriyalarni rivojlantirish boyicha qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2018-2019 yillarda sinov laboratoriyalarini rivojlantirish uchun jami 19,3 milliard somlik 218 dona sinov uskunasi xarid qilindi. Natijada umumiy 383 turdagi sinov uslublari ozlashtirldi, shundan 171 tasi xalqaro sinov uslubi hisoblanadi. Bundan tashqari, otgan yilda Xitoy, Qozogiston, Rossiya va Malayziya davlatlarida ishlab chiqarilgan va mamlakatimiz hududiga import qilingan 8 turdagi (yashil noxot, konservalangan baliq, qoziqorin, palma yogi, kukuruza va shina mahsulotlari 436 tonna, 792750 dona) 5,6 milliard somlik mahsulotlar meyoriy hujjat talablariga nomuvofiq deb topildi va Davlat bojxona qomitasiga malumot kiritildi. Natijada sifatsiz deb topilgan oziq-ovqat mahsulotlarining respublikamizning ichki bozorlarida realizatsiya qilinishining oldi olindi.

Yana shuni malumot ornida aytish mumkinki, hozirda zarur hisoblangan elektrotexnika va avtotransport xavfsizlik parametrlari va elektromagnit moslashuvchanlik boyicha tola baholashni taminlaydigan sinov bazasini tashkil etish yuzasidan Chexiyaning EXPORTA kompaniyasi bilan hamkorlikda laboratoriya tashkil etish yuzasidan 4,2 million AQSh dollari qiymatidagi xalqaro bank kreditlarini ozlashtirish boyicha shartonoma imzolanib, Toshkent viloyatining Piskent tumanida laboratoriya qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Bu laboratoriya joriy yilning avgust oyida foydalanishga topshiriladi.

Anjumanda UzTest markazini tashkil etishdan asosiy maqsadlardan biri mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayonlarida bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari tashkil etish orqali tadbirkorlarga qulay sharoit yaratish, eksport hajmini oshirishdan iborat ekanligi takidlandi. Shuningdek, bunda asosan respublikamizdagi barcha bojxona postlarida malakali mutaxassislarni biriktirgan holda, bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlarini tashkil etish orqali qator ishlar amalga oshirilganligi haqida ham malumot berildi.

Bundan tashqari, markaz qoshida faoliyat yuritayotgan sinov laboratoriyalarining 13 tasi xalqaro darajada akkeriditatsiyadan otgan bolib, ushbu laboratoriyalar tomonidan rasmiylashtirilgan sinov bayonnomalari asosida mahsulotlarni MDH davlatlariga eksport qilish imkoniyatiga ega.

MDH davlatlaridan tashqari, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish, sifatli mahsulotlarni istemolchilarga yetkazishda Fransiyaning BUREAU VERITAS INTERNATIONAL S.A.S. kompaniyasi, Gretsiyaning

Q-CERT kompaniyasi, Xitoyning Nankin bozorini tartibga solish Davlat Boshqarmasi va Janubiy Koreyaning Si Resource Co. Ltd hamda Hydrogen Power Co Ltd kompaniyalari bilan hamkorlik kelishuvlari va memorandumlar tuzilgan.

Shuningdek, tadbirda bugungi kunda markaz qoshida bir turdagi, jumladan, oziq-ovqat va kosmetika, mashinasozlik va ogir sanoati, yuqori va past kuchlanishli elektrotexnika mahsulotlari, kimyo va polimer, qurilish hamda yengil sanoat mahsulotlarini sertifikatlashtirish organlari tashkil etish maqsadida tegishli ishlar amalga oshirilayotganligi togrisida ham malumotlar berildi.

Cholponoy AXMEDOVA,

Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: