O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
14.01.2020

YaNGI SAYLANGAN DEPUTATLAR QAChON VAZIFASIGA KIRIShADI?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga saylangan deputatlar qachondan boshlab o‘z vazifasiga kirishadi, Bosh vazir lavozimiga nomzod korsatish qachon amalga oshiriladi?

Bu savollar kopchilikni qiziqtirishi tabiiy.

Ushbu jarayon quyidagi tartibda amalga oshadi:

Birinchi, Konstitutsiyaga asosan, vakolat muddati tugagach, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati yangi chaqiriq Qonunchilik palatasi va Senati ish boshlaguniga qadar oz faoliyatini davom ettirib turadi.

Ikkinchi, Senat a’zolarining saylovi Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, mahalliy kengashlar deputatlari saylanganidan keyin 1 oydan kechiktirmay otkaziladi.

Senat azoligiga nomzodlar korsatish Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesining hamda tegishli mahalliy Kengashlarining qoshma majlisida amalga oshiriladi.

Uchinchi, Qonunchilik palatasining birinchi majlisi Qonunchilik palatasiga saylovdan keyin ikki oydan kechiktirmay, Senatning birinchi majlisi esa Senat shakllantirilganidan keyin bir oydan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasining chaqirigiga asosan otkaziladi.

Birinchi majlislarda tegishlicha Senat Raisi va Qonunchilik palatasi Spikeri saylanadi, palatalarning qomitalari tuziladi hamda faoliyatini tashkil etish bilan bogliq boshqa masalalar ham korib chiqiladi.

Aynan shu majlisdan song yangi saylangan deputatlar va senatorlar oz vazifasiga kirishadi.

Tortinchi, Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oliy Majlis oldida oz vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar oz faoliyatini davom ettirib turadi.

Vazirlar Mahkamasining oz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi yangi shakllantirilgan Senatning birinchi majlisi otkazilgan kunda Oliy Majlisning palatalariga Bosh vazir tomonidan yozma murojaat berish orqali amalga oshiriladi.

Beshinchi, Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng kop deputatlik orinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng kop deputatlik orinlarini qolga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.

Prezident taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni korib chiqqanidan keyin on kun muddat ichida uni Oliy Majlis palatalarining korib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.

Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha Oliy Majlis azolari umumiy sonining yarmidan kopi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.

Oltinchi, Vazirlar Mahkamasi azoligiga (jumladan, vazirlar, davlat qomitalari raislari) nomzod Qonunchilik palatasidagi masul qomita, siyosiy partiyalar fraksiyalari va deputatlar guruhlari tomonidan dastlabki tarzda korib chiqilganidan keyin Qonunchilik palatasining majlisida korib chiqiladi va maqullanadi.

Vazirlar Mahkamasi azosi lavozimiga nomzod uning nomzodini Qonunchilik palatasida korib chiqish va maqullash chogida ozining tegishli harakatlar rejasini taqdim etadi.

Vazirlar Mahkamasining azosi Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanganidan keyin oz vazifalarini bajarishga kirishadi.

Yettinchi, Senat va Qonunchilik palatasining qoshma majlislarida Prezident mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining muhim masalalari yuzasidan nutq sozlashi mumkin.

Xususan, yaqin kunlarda Prezidentning yangi shakllantirilgan Parlamentga ananaviy murojaatnomasi kutilmoqda.

Shuningdek, qoshma majlisda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moljallangan harakat dasturi eshitiladi.

Adliya vazirligining telegramdagi

“Huquqiy axborot” kanali.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: