O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.01.2020

JAMOATChILIK QABULXONALARI

xalq manfaatlariga xizmat qilmoqda

O‘zXDPning Buxoro shahar kengashi jamoatchilik qabulxonasiga kelgan Zulxumor Saidovaning minnatdorlik maktubi diqqatimizni tortdi:

“Oglim Ozodbek Hamroyevni jarrohlik yoli bilan davolashga zarurat tugilsa-da, moddiy sharoitimiz ogirligi sababli bu ishni orqaga surib kelardik. Hududimizdan saylangan deputat Robiya Kazimova tomonidan otgan yilning avgust oyida otkazilgan sayyor qabulda oilamizni qiynab kelayotgan muammo yuzasidan yordam soradim. Opa oradan kop otmay, viloyat bolalar kasalxonasiga borishimizni aytdi. 2019 yilning 2 oktabr kuni oglimning jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli otdi. Har daqiqada qongiroq qilib, uning ahvolidan xabardor bolib turgani, insonparvarlik yordam korsatgani uchun undan bir umr minnatdorman. Deputat opamizga rahmat!”.

— Hayotning oz mashaqqatlari bor ekan, deydi Buxoro shahri Jomiy kochasi 40 xonadonda yashovchi onaxon Muyassar Aslonova. Nevaram Muhammadjonning burnini zudlik bilan operatsiya qildirish zarur bolib qoldi. Shifokorlar Toshkentga yollanma berishdi. Moddiy jihatdan qiynalib turganimiz uchun poytaxtga borolmadik. Shunday muammolar girdobida qolganimizda deputatlarning sayyor qabuli bolib otdi. Murojaat etganlar qatorida OzXDP Buxoro shahar kengashi raisi Robiya opa Kazimovadan men ham yordam soradim. U kishining tavsiyasi bilan viloyat bolalar kasalxonasida nevaramni operatsiya qilishdi. Bolajonimizning kundan-kunga sogayayotgani barchamizni benihoya xursand qilayotir.

Buxoro tumanida istiqomat qilaman, deydi keksa onaxon Boltayeva Hikmatoy. Mana, partiya tavsiyasi bilan asab kasalliklari klinikasida davolandim. Umrlaridan baraka topishsin, menga oxshagan koplab qariyalar kelib, nevropatolog shifokoriga korinib, bepul davolanmoqda. Partiya ana shunaqa amaliy ishlarni qilayotgani yaxshi-da, tashkilotchilar bizdek keksalarning duolarini olayapti.

Darhaqiqat, bu kabi misollarni koplab keltirish mumkin. Muhimi, murojaatlarni yechish orqali keng jamoatchilik bilan aloqa ornatilib, aholi orasiga kirib borilayapti, ularning ishonchi ortib borayotir.

Xosh, OzXDP tashkilotlarida otgan yilda mazkur yonalishda qanday ishlar olib borildi? Aholi murojaatlari bilan ishlashda joriy yilda yana nimalarga e’tibor qaratish lozim?

Yangi yilni kutib olar ekanmiz, otayotgan yilda amalga oshirgan ishlarimizni sarhisob qilib, yangi rejalar haqida oylaymiz, albatta, deydi Ozbekiston XDP Buxoro viloyat kengashi raisi Zulfiya Tuyyeva. OzXDP viloyat kengashining barcha darajadagi tashkilotlari yil davomida elektoratimiz manfaatini himoya qilish borasida qator amaliy ishlarni olib bordi. Xususan, partiyamiz mahalliy kengashlarida tashkil etilgan Jamoatchilik qabulxonalarining elektoratni oylantirayotgan masalalarni bartaraf etish borasidagi tasirini oshirish boyicha katta tajriba topladik. Otgan yili 648 nafar fuqaro qabulxonalarimizga turli masalalarda murojaat qildi. Ularning 441 tasi ijobiy hal etildi, qolganlariga huquqiy maslahatlar berildi.

Aytish joizki, har bir murojaat partiya faollari va deputatlar tomonidan puxta organilib, ularning aksariyati tegishli idora va tashkilotlar yordamida hal etildi.

Mazkur murojaatlarda kotarilgan masalalar deputatlar komagida tegishli idora va tashkilotlar orqali hal etilayotgani Jamoatchilik qabulxonalariga ishonchni yanada mustahkamlamoqda.

Muhimi, elektoratni oylantirayotgan masalalarni hal etish yollarini barcha manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda muhokama qilish, avval partiya guruhlarida, viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi doimiy komissiyalarda, zarur bolsa, sessiyalarda korib chiqish orqali fuqarolar murojaatlari bilan ishlashni yangi bosqichga kotarish mumkin.

Ozbekiston XDP

Buxoro viloyat kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: