O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
14.01.2020

ERGASh OTANING MOJIZAVIY MUOLAJALARI

tibbiyot turizmini rivojlantirishga, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga xizmat qilmoqda

Yaqinda angliyalik olim o‘t qopi, jigar, buyrakdan operatsiyasiz tosh tushiradigan, qon bosimini me’yorga keltiradigan, organizmni gijjalardan tozalaydigan, ortiqcha vazndan xalos qiladigan, ozginlarga et beradigan, onkologik xastaliklarning oldini oladigan, vujudingizni yashartiradigan muolaja usulini oylab topibdi. Lekin Samarqand viloyati Kattaqorgon tumanidagi “Ergash ota” xususiy tibbiy markazida bemorlar 27 yildan buyon ana shu usulda davolanib kelmoqda.

Ergash ota xususiy tibbiy markazida, hatto, uning ikki kilometr radiusdagi hududida dorixona yoq. Tuzukroq tadbirkori yoq ekanda, degan xayolga bormang aslo. Tadbirkorlar bu shifoxona atrofida dokonlar, kafe-restoranlar, mehmonxonayu hammomlar, gaz va benzin quyish shoxobchalari qurib olishgan, uning atrofida yolovchi tashish xizmatlari, hatto, sayohat uchun maxsus avtobuslarni uchratasiz. Odatda biror joyda shifoxona qurilsa, uning hududida, albatta, kamida uch-tortta dorixona paydo boladi. Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi atrofida bir-biriga ulab qurilgan yuzlab dorixonalarni aytmay qoya qolay...

– Bizning muolajamiz parhez, tabiiy giyohlar asosida tayyorlangan malhamga asoslangan, deydi bosh shifokor Berdiqul Ergashev. Bu usul butun tanadagi kasalliklarning asl sabablariga tasir qiladi, odam tanasidagi bir hujayra va toqimalarni kasallik sabablaridan tozalaydi va alaloqibat, darddan forig qiladi. Bu xastaliklarni davolabgina qolmay, kasallikning, shu bilan birga, barvaqt keksayishning oldini oladi, kimyoviy dori-darmonlarsiz, jarrohlik muolajalarisiz insonning asosiy boyligi bolmish sogligini saqlashda katta foyda beradi.

OChLIK BILAN DAVOLAYDIGAN SIHATGOH

Ochlik bilan davolash mavzusi bir qiziqchi tomonidan ochlik bilan davolanib bolarkanmi?, deya hajv ham qilingan. Masalaning mohiyatiga yetmagan tomoshabin miriqib kulgani ham bor gap. Lekin boshqa mashhur qiziqchining jigar sirrozi xastaligiga davo yoq, deya hatto vrachlarga ham ishonmay bu foniy dunyoni erta tark etgani oylab topilgan gap emas. Shu mavzuda oddiy misol.

2001 yilda Kattaqorgon tumanida tugilgan Asadbek Azimov olti oylik bolganida privivkadan keyin issigi kotarilib, tushmadi, sargaya boshladi. Qishloq feldsheri Bu sariq kasali, davolatinglar, dedi. Onasi Mohiya Ochilova farzandini tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib boradi. Ot xaltasi ishlamayapti, deydi uni tekshirgan vrach. Bola bir yoshga tolganda uni operatsiya qilishdi. Ot yoli qiyshayib qolibdi, togriladik, endi yaxshi boladi, deydi vrach. Ukol-dorilar, parhez taomlar buyuradi.

Lekin bola uch yarim yoshida shamollab, yana sargayadi. Toshkentdagi bolalar shifoxonasida uni tekshirib, ot xaltasini olib tashlashadi. Unga jigar sirrozi tashxisi qoyishadi. Shu koyi ikki yil muttasil ukol-dori oladi. Ozgarish bolmaydi. Shundan keyin Mohiya Ochilova oglini 2009 yili Ergash otaga davolanishga olib keladi. Bola sihatgohda 21 kun davolanadi. Vaqtida parhez qilib, tuzaladi. 2017 yilda kasallik yana qaytalanadi. Bir marta yashil rangda qusgach, badani yana sargaya boshlaydi. Uni Samarqandga, godakligida operatsiya qilgan vrachga olib borishadi. U tekshirib, bu jigar sirrozi, jigar qurib ketyapti, deydi. Dori-darmon yozib beradi, har on kunda olib kelib turishlarini tayinlaydi. Yetti oy shunday otadi, lekin ozgarish bolmaydi. Shunda vrachlar endi bizlar hech narsa qilolmaymiz, xarajat ham qilib otirmanglar, sirrozdan bunday bolalarning ondan biri tirik qoladi, deyishadi.

Jafokash ona yana najot istab bolasini Ergash otaga, Berdiqul Ergashev huzuriga olib keladi. UZI apparati boladagi ot yoli umuman yopilib qolganini korsatadi. B. Ergashev uni malham bilan davolay boshlaydi. Tortinchi malhamdan song bola tuzala boshlaydi. Uch oydan song 10 kun davolanib, sogayib ketadi...

Asadbekka shifokorlar autoimmun xastaligi tashxisini qoyishgan, deydi shifokor Berdiqul Ergashev. Kelganida uning ahvoli juda ogir edi. Uch yarim yoshida ot xaltasi olib tashlangan. Yillar davomida ot xaltaning yoqligi jigarda kuchli dimlanish paydo qilgan. Biz uni ot yolida tosh bor, degan tashxis bilan davolay boshladik. Yaratganning marhamati bilan bir tuvak tosh tushdi. Gohida bazi bemorlar, hatto shifokorlar ot yolida ham tosh boladimi deya savol berishadi. Javobimiz shuki, ot qopi borlardan kora, ot qopini oldirganlarda tosh kop boladi. Besh joyda tosh boladi. Nafaqat ot qopida, balki ot yollarida, oshqozon osti bezi tizimchalarida, jigarimizda sakkizta segment bor, ularda ham tosh paydo bolishi mumkin. Shu bois Asadbekning tanasi sargayib ketgandi. Bilirubin qonda haddan ziyod kopayganligi sababli tananing barcha qismi qichishib, taom yeganda qorni shishib, damlab, hazm bolmay bezovta holda edi bemor. Hozircha uchinchi bora davolanishga keldi. Ozgarish katta. Terilar yumshagan, sargayish 70 foizga kamaygan. Endi mutaxassislarning jigar sirrozi tashxisiga kelsak, agar biz amalga oshirgan muolajalar bolmaganida, jigar qurib, ular aytgan yakun bolardi. Jigar tozalangach ayanchli hodisaning oldi olindi...

— 2005 yili Samarqand viloyati markaziy shifoxonasida ot xaltam ogrib yotdim, deydi 1954 yili tugilgan Ibrohim Esirgapov. U yerda jigaringiz 3,8 millimetrga kattalashibdi, jigaringizda dog, osimta bor, deya tashxis qoyishdi. Bu virusli gepatitning S formasi ekan. 2006 yil 23 yanvarda tanishlarimning maslahati bilan «Ergash ota» tibbiy markaziga kelib, bosh shifokor Berdiqul Ergashevga uchrashdim. U kishi tirnogimni, tilimni korib, tomirimni ushlab, jigar xastaligini tasdiqladi. Ot xaltamda tosh, buyraklarimda qum, qonim tarkibida xolesterin borligini, ana shu xolesterin jigarda dog bolib korinayotganini aytdi. Jigar osimtasiga etibor bermang, tushirib yuboramiz, dedi. Uning gaplariga ishonmay, 2-ToshMI 1-klinika gastroenterologiya bolimiga bordim. Meni obdan tekshirishib, har oyda bir marotaba onkologiya nazoratidan otishim kerakligini tayinlashdi.

Sarsongarchiligu sarf-xarajatlar bir tomon, buzilgan asabu halovatsizlik kishini adoi-tamom qilarkan. 2006 yil 5 aprelda davolanish uchun Ergash ota xususiy tibbiy markaziga joylashdim. Bu yerda 21 kunda 18 ta malham ichdim. Davolanib chiqqach, UZI apparatiga tushganimda oldin menga qoyilgan tashxis, dog va osimtadan asar ham qolmaganini mutaxassislarning ozi aytdi. Shundan song 2006 yil noyabr oyida, 2008 yil aprel-may oylarida yana Ergash otada davolandim. Hozir ozimni juda yaxshi his qilib, sog-salomat ishimni davom ettirib kelyapman.

OCh QOLISh VAHIMASI

Bu yerda och qolish vahimasiga aslo orin yoq. Avvalo, shifokorning shaxsan qolidan olib ichiladigan bir kosa malham on kosa shorvaning ornini bosadi. Qolaversa, istagan paytingizda uch litrgacha tabiiy olma sharbati istemol qilishingiz mumkin. Sharbat tarkibida inson organizmi uchun eng kerakli ozuqalar mavjud. Sutkasida uch marta beriladigan fitochoylar esa bemalol suv ornini bosadi.

Ilgari ovqatim bir soat kechiksa, chiday olmasdim, deydi qashqadaryolik Ochiltosh Toxtayeva. 15 kunki bunday betoqatlik, ochlik, charchoq hissi yoq. Non yemay, suv ichmay yashayotganimga ozim ham hayronman. Ozim shifokor bolganim bois, bu maskanga ishonib-ishonmay, ikkilanib kirib keldimu, kozlarimga ishonmay turib qoldim. Bu yerdagi gozallikka mahliyo bolib, odamlar oqimi, ularning kozlaridagi quvonchni korib tasirlandim. Ularni 10-15 kunlab och yurgan odam deb oylamaysiz. Ayniqsa, davolanuvchilarning nafaqat ozbek, balki olmon, rus, qozoq, turkman, ingliz tillarida gaplashayotganini korib hayratim ming chandon oshdi.

2014 yildan buyon qon bosimim tez kotarilib ketadigan, butun tanamda ogriq paydo bolgan edi. Buyraklarimning ishlash meyori buzilgandi. Surunkali piyelonefrit, surunkali gepatoxolestit, yuz uch shoxli nervining shamollashi kasalliklari bilan Qarshi, Samarqand, Toshkent shaharlaridagi nevropatologlarning eshigida necha kunlab sarsonu sargardon bolganman. Hamma joyda bir xil javob Yuz nervining tiklanishi juda qiyin, endi yaxshi bolmaydi, to umringizning oxirigacha protivoepilepticheskiy dorilarni qabul qilib yurasiz. Togrisini aytsam, tuzalishdan umidimni uzgandim. Bu 3-4 malhamdan keyin organizmimdagi ozgarishlarni seza boshladim. Kelganimda tanam ogir, qol oyoqlarimni qiynalib, ogriq bilan bukardim. Ana shu ogirlik yengillashdi. Krovatdan qiynalib turgan odam, yengilgina harakat bilan turib ketadigan boldim.

Shifoxonamizda ichki kasalliklar ogiz boshligidan tortib togri ichakkacha 7 metrdan 9, hatto 12 metrgacha bolgan azolarda uchraydigan xastaliklarni davolaymiz, deydi bosh shifokor Berdiqul Ergashev. Xususan, yuqorida takidlaganimiz jigar va ot kasalliklaridan surunkali gepatit, surunkali xoletsistit, xolangit, toshli xoletsistit, toshsiz xoletsistit, ot qopi operatsiya yoli bilan olib tashlangach kelib chiqadigan xastalik (yani, post-xoletsisto gektomicheskiy sindrom), ot yoli torayishi, chandiq qoplashi, ot xaltasi qiyshayishi va surunkali pankreatit; qandli diabed xastaligi (insulin qabul qilmagan bolsa), oshqozon va on ikki barmoqli ichak kasalliklaridan: oshqozon va on ikki barmoqli ichakning yalliglanishi va yara xastaliklari, katta va kichik demping sindrom, surunkali enterakolit, surunkali qabziyat, surunkali ich ketishi; shuningdek, anemiya, verlgofa kasalligi, surunkali prostatit, girshprunga va reyno xastaliklari; buyrak va siydik yoli kasalliklaridan: surunkali piyelonefrit, ikkala buyrak tuz, tosh, qum xastaligi, buyraklar kistasi, siydik yoli va qovuqlarda tosh, qum, tuz toda bolishi; bogin kasalliklaridan revmatoid, poliartrit (gormonal dorilar qabul qilmagan bolsa), semizlik bilan bogliq xastaliklarning oldini olish va davolash; osmalarni profilaktik yol bilan oldini olish va davolash; ginekologik xastaliklardan: sur endometrit, adneksit, bachadondagi miomalar, tuxumdonlar kistasi; teri kasalliklari; boyin, kokrak, bel qismlari osteoxondrozi, disk churrasi, gijja singarilar ana shular sirasiga kiradi.

1990 yil fevral oyida Toshkentdagi 1-respublika klinikasida surunkali gepatit, surunkali xaletsistit, surunkali pankreatit, 3-darajali qon bosimi tashxisi bilan 22 kun davolandim, deydi qashqadaryolik Abdurahmon Norboboyev. Biroz yengil tortgandek boldim. Biroq uyga qaytgach, ahvolim yana ogirlasha boshladi. 1991 yili Rossiyaning Jeleznovodsk shahridagi Elbrus sanatoriysida bir oy davolandim. Baribir tasiri bolmadi. 1993 yilda Moskvadagi 1-tibbiyot markaziga bordim, u yerda biroz yengil tortdim. Ozbekistonga kelgach. yana osha eski holga qaytdim. 2010 yilgacha Toshkentning turli sihatgohlarida besh marta davolandim. Bu orada menga nogironlik guruhi ham berishdi. Dori-darmon, joy, professorlar konsultatsiyasi uchun ancha xarajatga tushdim.

Ergash otaning daragini tanishimdan eshitib, 2010 yil 6 iyunda bu yerga keldim. Doktorning tavsiyasi bilan 19 ta malham ichdim. Boshlanishi juda qiyin kechdi. Jigardagi butun guborlar, pardalar, qotib qolgan qontalash narsalar, otdagi toshlar tusha boshladi. Har kuni shifokor nazoratida ichimdan tushgan narsalarni tekshirib bordim. 9 kungacha joyimdan tura olmadim. Oninchi kuni yura boshladim. Asta-sekin ozimni yaxshi his qildimki, ish bilan bolib, bir yil deganda shu sihatgohga yana kelib 18 ta malham qabul qildim. Shu davolanishdan song kasalimni unutganday boldim. Hozir profilaktika uchun sihatgohga har yili bir marta kelib ketaman. Bu yerda davolanish juda arzon!

Darhaqiqat, bu izhorga izohning hojati bolmasa-da, mazkur dargohga oddiy xalq kop kelishini takidlashni istardik. Sababini Abdurahmon Norboboyev aniq-tiniq tushuntirib berdi. Unga qoshimcha tarzda B.Ergashevning har kuni 100-200 nafar bemorni bepul qabul qilib, maslahat berishini ham hisoblasak, sharoiti ogirlarga imtiyozli narxlar belgilanishini nazarda tutsak, ayni muddao boladi.

SIHATGOHNING TIBBIY TURIZMDAGI ORNI

Yurtimiz dunyoga ochilayotgani sabab, xorij sayyohlarining kelib-ketishidagi rasmiyatchiliklar ancha kamaydi. Shu bois Yevropa va qoshni davlatlardan turizm bahonasida bu yerga davolanishga kelayotgan fuqarolar soni yildan yilga oshib bormoqda. Otgan yili rekord darajaga erishildi 5 ming nafar xorijlik mijoz qabul qilindi. Berdiqul Ergashev bu xizmati uchun Ozbekiston havo yollari, temir yollari, avtoparklar va boshqa muassasalarga ham daromad keltirmoqda. Turistlar esa markazda nafaqat shifo topishadi, balki dardlari yengillashgach, shanba-yakshanba kunlari Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridagi qadamjolarga sayohatga chiqishadi.

Tadbirkor shifokor yangi imkoniyatlardan ruhlanib besh qavatli zamonaviy mehmonxona qurishni boshladi. Tuman hokimi yaqindan yordam korsatib, bu inshoot uchun joy ajratib berdi. Viloyat hokimi qollab-quvvatlamoqda. Bu chet ellik mijozlarga sharoit va xalqimiz uchun qoshimcha ish orni, deganidir.

GERMANIYaLIK VIKTOR BEKKERNING HAYoTGA QAYTIShI

Buyraklari ishlamay qolgan germaniyalik bemor Viktor Bekker uch yildan buyon qattiq qiynalib yurardi. Uchrashmagan vrachi qolmagan, yashashga umid yoq edi. Mutaxassislar uning buyragiga operatsiya yoli bilan kateter ornatib, har ikki kunda bir marta funksiya qilib, qonini tozalab turishardi. Unda 3 ta kateter bor edi ikkitasi buyrak va bittasi siydik qopida. Keyinchalik, mabodo buyraklar ishlamay qolsa, navbatning kelishiga qarab soglom buyraklarni kochirib otkazishni moljallashadi. Shunday kunlarning birida tanishlari Ozbekistonda shunday shifo maskani borligini aytib, borib davolanishga davat qilishadi. Xullas, Ozbekistonga sayohatga boramiz, deya vrachlardan javob olishadi. Xavfli joyi shunda ediki, katetersiz uning harorati oshib, qaltiroq tutib qolardi. Qisqasi, Viktor Ergash otada davolanishi natijasida avholi yaxshilanib, tabiiy peshob chiqarish jarayoni tiklandi. Kateterdan voz kechildi. Bekker olmoniyalik doktorlar tavsiyasiga kora, ozi bilan olib kelgan, bizning pulda anchagina million som turadigan bir jomadon dorini shifoxona axlatxonasiga tashlab ketayotganini muloqotimiz davomida aytib qoldi.

Xulosa shuki, Ozbekistonda ana shunday shifoxona, uning bosh shifokori Berdiqul Ergashev xalq xizmatida. Dardmandlarni davolab oilalar bagriga, ishlab chiqarishga qaytarmoqda. Shu bilan birga, qoshni respublikalarning, Yevropa davlatlarining oz salomatligiga befarq bolmagan aholisini yurtimizga jalb etib, tibbiy turizmni rivojlantirishga hissa qoshmoqda. Otgan yilning ozida 5 mingdan ortiq sayyoh shifoxonada davolandi. Tibbiy markazga diagnostika va davolash maqsadida MRT apparati, UZI kabi xorijning eng songgi rusumdagi tibbiy jihozlari keltirilgan. Xohlasangiz, davolanganlik darajasini aniqlashingiz, qoshimcha davolanishingiz, trenajyorlarda mashq qilib sogligingizni mustahkamlab olishingiz mumkin.

Halim SAYID,

Oltin qalam milliy mukofoti sovrindori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: