O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
01.01.2020

ENDI OZ UYIMIZ BOR...

deydi kitoblik muallima Mohida Norova

Keyingi ikki-uch yil xalqimiz hayotida katta o‘zgarishlar, onglanishlar davri boldi. Tahririyat topshirigi bilan mamlakatimizning olis qishloqlarida istiqomat qilayotgan, kam ta’minlangan oilalar taqdirida bolgan yangilanishlar haqida maqola tayyorlashga kirishganimda, avvalo, kitoblik muallima Mohida Norova yodimga tushdi. Chunki bu kamtarin, hokisor insonning hayoti haqida xabardor edim.

Kitob shahrining Charmgar mahallasida binokor Hakimjon Norov oilasida uch qiz, bir ogil kamolga yetgan. Mohidaning onasi Sanoat Abdullayeva tuman markaziy shifoxonasi davolash bolimida ancha yil xojalik bekasi bolib ishlagan.

Farzandlarining oldi oqib, kasb-hunarli bolganida, ellik yoshida Hakimjon aka olamdan otdi. Farzandlar ayni balogat yoshiga yetgan pallada bu yoqotish oila azolari turmushini ogir ahvolga solib qoydi. Mushfiq onasi tinim bilmadi, barcha farzandlarini bir ozi oyoqqa qoydi. Ammo oilaning tongichi – Mohidaning boshiga kutilmagan sinovlar tushdi.

Mohida maktabda yaxshi oqirdi. 2004 yilda Qarshi davlat universitetini bitirib, kimyo fani oqituvchisi boldi. Turmushga chiqdi. Avval, Kitob shahridagi 4-maktabda, keyin Shahrisabzdagi iqtisodiyot kollejida kimyo fanidan dars berdi. Birin-ketin uch ogil farzandli boldi. Ammo turmushidan roshnolik kormadi, ajralib, ota uyiga qaytdi. Uch farzandini ozi ulgaytira boshladi. Tushkunlikka tushganida, onasi, ammasi OzXDP Kitob tuman kengashi raisi Zilola Norova zarur yordam, maslahatlarini ayamadi.

Mohidada ham partiya ishlariga qiziqish uygondi. U OzXDP safiga otdi, partiya faollari bilan qishloqlarga chiqdi, ozi kabi turmush qiyinchiliklarini matonat bilan yengayotgan ayollarning taqdiri bilan tanishdi. Birni korib fikr qil, birni korib shukr qil, deganlaridek, qaddini rostladi. Kelajakka umid bilan boqdi. Varganza qishlogidagi tojik tilida dars otiladigan 54-maktabda kimyo fanidan bolalarga saboq berayotganiga ham olti yilga yaqinlashib qolibdi.

U bilan uch yil burun OzXDP tuman kengashida tanishgandim. Farzandlarini yolgiz ozi ulgaytirayotgani, uyi yoqligini eshitgandim. Ikki yil burun yurtimizda arzon narxlarda uylar qurila boshlangandi. Yangi yil arafasida ana shunday uylardan biriga kochib kirganini eshitdim.

Hozir Charmgar qishlogiga borsangiz kozingiz quvnaydi. Magistral yol boylab qad rostlagan yangi uylarning tarxi, bejirimligi kishi etiborini tortadi. Ondan ortiq arzon narxlarda qurilgan xonadonlarga allaqachonoq egalari kochib kelishibdi. Mohida uch farzandi bilan yashayotgan uy shinam, uch xonasi ham yaxshi jihozlangan.

Uyli bolishni bolalarim bilan qanchalik orzu qilganimizni tariflashga til ojiz, deydi Mohida. Eslasam kozlarimga yosh keladi. Juda qiynalgan edik. Ota-onam, qarindosh-uruglarning bagrikeng bolsa ham baribir oz uyingga yetmaydi-da. Oz uying bolsa, odamning ruhi orom olar ekan. Dastlabki tolovi 21 million 600 ming som edi. Bankdan 216 million som kredit oldik. Ustamasini uch yilda 8 foizdan, keyin 16 foizdan tolab boramiz. Muddati 20 yil. Xudo xohlasa, qarzdan qutulib ketamiz.

Prezidentimizga rahmat, bizga oxshagan ehtiyojmand oilalarga gamxorlik korsatayapti, farzandlarimiz taqdiri haqida qayguryapti. Men tushunib turibman, bolalarim bekamu kost kamolga yetishi, kozlarida mung bolmasligi uchun tinmay ishlashim va kurashishim kerak...

Bu orada Mohidaning farzandlari birin-ketin salomlashgancha, kirib kelishdi. Odobli, intiluvchan bolalar ekan. Darhol til topishdik. Tongichi Islom 1-maktabning 6-sinfida oqirkan, tadbirkorlikni tanlabdi. Yetti yoshida tekvondo sporti bilan shugullanib, tuman va viloyatdagi musobaqalarda qatnashgan ekan. Fathullo 4-sinfda oqiyapti, kelajakda shifokor bolmoqchi. “Yulduzcha” bogchasiga qatnayotgan Sultonali esa shirin til bilan askar bolaman, deydi.

Yosh oila uyli boldi. Shu uyda archani bezatishibdi. Quvonchlari cheksiz. Mohida varganzalik dugonasi, uch farzandini yolgiz ozi tarbiyalayotgan Guljahon Joraqulova ham arzon qurilgan uylardan olgani haqida quvonib gapirib berdi.

Kitob tumani hokimligi qurilish bolimi bosh mutaxassisi Farhod Usmonov, otgan yil 112 oila arzon narxlarda qurilgan uylarga kochib kirgani togrisida malumot berdi. Yana 35 nafar kam taminlangan fuqaroga bepul uy berilibdi. Qashqadaryo viloyati boyicha esa kam taminlangan, muhtoj 189 fuqaro bepul uy-joyli bolibdi. Bu maqsad uchun mahalliy byudjetdan 6 milliard 250 million som mablag sarflanibdi.

Bu mehnat koplab oilalarga quvonch, baxt olib keldi. Bu quvonchning esa bahosi yoq.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: