O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
01.01.2020

2020 YIL ORZU- UMIDLAR YILI

Hasan NORMURODOV, «Nuroniy» jamg‘armasi Samarqand viloyati bolimi raisi, Ozbekiston Qahramoni

2019 yil xalqimiz hayotida yuksalishlar, farovonlik, taraqqiyot yili bolib tarixga kirdi. Bugun biz Buyuk islohotlar davrida yashayapmiz. Otayotgan har bir yil umrimiz sahifalariga muhrlanmoqda.

Birgina Samarqand viloyati misolida gapiradigan bolsam, otgan yilning ozida qoshimcha ravishda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar asosida 700 dan ortiq arzon uy-joy qurildi, shaharlarda yuzlab kop qavatli xonadonlar, 230 dan ziyod bogcha, koplab mehmonxonalar bunyod etildi, mavjudlari ta’mirlandi. Ayniqsa, kam taminlangan oilalar, nogironligi bolganlar, uzoq yillar boshpanali bolishni orzu qilib yurganlarning uy-joyli bolgandagi quvonchlari ezgulik yogdusi bolib yuraklarni nurlantirmoqda.

Yurtimizda amalga oshirilayotgan qutlug ishlarga keksa avlod vakillari ham munosib hissa qoshib kelayapti. Ular Prezidentimizning nuroniylarga korsatayotgan gamxorligidan, pensionerlarga ishlash uchun yaratilayotgan sharoitlardan, berilayotgan imkoniyatlardan, eng muhimi, etiborlaridan quvonib, shukuronalar aytayapti.

Davlatimiz rahbarining 2019 yil 28 avgustdagi farmoniga binoan uch nafar yurtdoshimizga, shu jumladan menga ham “Ozbekiston Qahramoni” unvoni berilib, Oltin yulduz medali topshirildi. Oliy nishonning masuliyati nechoglik kattaligini yurakdan his etib turibman...

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga bolib otgan saylovlar ham har qachongidan ozgacha, yuksak saviyada otdi.

Mening ozim 1956 yildan buyon saylovlarda ishtirok etib kelaman. Bu borada 63 yillik tajribaga ega bolsam-da, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatligiga saylangan xalq vakili sifatida uning endilikdagi yuki yanada ogir, ishonchni oqlash uchun tinimsiz ishlash zarur boladi.

Yurtdoshlarimiz tafakkuri, dunyoqarashi ozgarib borayapti. Odamlarda talab va istak tuygulari uygondi. Mehrning Vatani yurak. Yurakda yaralgan ezgulik oftobi umr yollarimizni yoritib tursin. Vatandoshlarimiz yangi 2020 yildan yanada ulkan ozgarishlar, islohotlarni kutmoqda. Prezidentimiz boshchiligida Vatan istiqboli yolida boshlangan ishlar bir daqiqa bolsin toxtamaydi, yangi yilda mehnatlarimiz mevalari yanada molroq hosil beradi. Mard va jasur xalqimizga Yangi yil muborak bolsin!

Dilbar MAMAJONOVA, 112-Vodil okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati:

2019 yil ham ozining unutilmas damlari, yaxshi xotiralari bilan umrim daftariga bitildi. Kechagina yangi reja va maqsadlar bilan boshlangan yil bugun tarixga aylandi. Otgan yildagi ishlarimni sarhisob qilar ekanman, ulgurganlarim bajarishim kerak bolganlarning oldida daryodan tomchidek gap. Zotan, har bir yashagan kunimiz bizga saboq — xatolarimiz va kamchiliklarimizni korsatuvchi, togri yoki notogriligini korsatuvchi oyna...

2019 yilda oilamiz safi yana bir kishiga kengaydi. Oglimni uylantirdim. Kelinim yana bir qizimdek oilamiz bagrini toldirdi. Ona uchun bolasining kamolini, baxtini korishdan ortiqroq sharaf ham, baxt ham bolmasa kerak. Yoshlarning shirin turmushi bardavom, oilasi mustahkam bolishi uchun ularga bosh-qosh bolish, orzu-umidlari haqida bilish insonni yanada kelajakka undaydi.

Mana shunday ajoyib boshlangan yil ulkan bir yangilik bilan yakuniga yetdi. Mubolagaga yoymang, lekin chindan ham Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat bolishimni kutmagandim. Tan olaman, parlament azolariga havasim va hurmatim baland edi. Biroq ularning izidan borib, mana shunday maqomga erishish chinakam baxt va albatta yuksak ishonch hamda masuliyat ekanini his qildim.

Joriy yildagi rejalarga kelsak, avvalambor, saylovoldi uchrashuvlarda saylovchilarim tomonidan bildirilgan takliflar, kotarilgan muammolarni birma-bir organib chiqmoqchiman. Tumandagi, qishloqlardagi katta-kichik ijtimoiy masalalarni ozim uchun dastur sifatida belgilab olgandim. Xususan, ish haqi va pensiyalarni hisoblashdagi kamchiliklarni bartaraf etish boyicha holatni organib, muammoga yechim topmoqchiman. Yani, kolxoz va sovxozlar paytida ishlagan koplab hamyurtlarimiz bugungi kunda arzimagan summa bilan nafaqaga chiqmoqda. Ularning haqli etirozlariga sabab bolgan ushbu holatning yechimini topishni burchim va vazifam, deb bilaman. Yillar davomida dalada eti qotgan otaxon va onaxonlarning huquqlari uchun kurashish men uchun sharaf.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: