O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
01.01.2020

YaNGI YIL TOMOShALARI

2019 yil yorqin xotiralarga boy bo‘ldi. Barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asoslangani, uysiz, joysiz yurgan qanchadan-qancha kam ta’minlangan oilalarga, nogironlarga boshpana berilgani, ilgarigilaridan tubdan farq qiladigan yangicha parlament saylovlari xalqimizning ertangi kunga umid va ishonchini oshirdi. Ular yangi yilga ulug niyatlar, olam-olam orzu-umidlar bilan qadam qoydi.

Yangi yil — oz nomi bilan otgan yil sarhisobi, yangi reja va maqsadlar debochasidir. Har birimiz yil davomida amalga oshirgan ishlarimizni, yutuq va kamchiliklarimizni taroziga solib koramiz, xulosa chiqaramiz. Tokin dasturxon atrofida mehmon kutamiz, mehmonga boramiz, yaqinlarimizni ziyorat qilib, konglini olamiz. Ayniqsa, bolajonlarga kattalar tomonidan sovga-salomlar ulashilishi hammani birday shodlantiradi.

Joylarda yangi yil bayrami munosabati bilan otkazilayotgan tadbirlar kolami keng. Har yili ananaviy tarzda tashkil etiladigan «Prezident archasi» bayram tadbirlarida ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bolalarga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti sovgalari ulashilmoqda. Shu kunlarda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan “Kongil kozi” loyihasi asosida Sovgalar karvoni xayriya aksiyasi tashkil etilib, yurtimizdagi korishda nuqsoni bolgan bolalar maktab-internatlariga zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida koplab chop etilgan bosma hamda audio kitoblar tarqatilgani ham ana shu ezgu ishlarga ozgacha fayz bagishladi.

Yangi yil munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlar barcha – katta-yu-kichik fuqarolarimizga xush kayfiyat bagishlaydi. Ayni damlarda mamlakatimizning viloyatlar, tuman va shaharlari bayram qiyofasida. Bozorlarda mol-kolchilik, arzon narxlarda oziq-ovqat savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Ayniqsa, bolajonlar bobo-buvilari bilan markaziy maydonlarda tashkil etilgan teatrlashtirilgan archa bayramiga borib, Ayoz bobo va Qorqiz, ertak qahramonlarini tomosha qilishadi, ular bilan yayrab kongil ochishadi.

Bu yil Toshkent shahar hokimligi, shahar madaniyat boshqarmasi va Avtogrof yuvent xususiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan yangi yil archasining balandligi 36 metr bolib, Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi va Hyatt Regensu mehmonxonasiga tutash maydonga ornatildi. Uning jozibadorligini oshirish maqsadida 45 ming oyinchoq, kamalakrang chiroqlar bilan bezatildi. Bosh archaning tort tomonida kichik archalar ham yasatildi. Maydon atrofidagi daraxtlar, devorlar, turli dekoratsiyalar kechqurunlari rang-barang chiroqlar nurida porlab turadi. Asosiy bayram tadbirlarini otkazish uchun 2 ta sahna, attraksionlar ornatildi, 34 ta savdo shoxobchasi ishlab turibdi. Ulkan monitorlarda multfilmlar, ijtimoiy roliklar namoyishi berib borilayapti. Maydon atrofi ertalabdan kechgacha poytaxt aholisi, bolajonlar, uzoq-yaqindan kelgan mehmonlar bilan gavjum. Ayoz bobo va Qorqiz, ertak qahramonlari bolajonlar bilan ozbek va rus tillarida qoshiq aytishadi, raqsga tushishadi. Bezatilgan archa chiroqlari kuy-qoshiqlarga hamohang yonib-ochadi.

Bundan tashqari, poytaxtimizning turli joylarida, yani, Anhor-Lokomotiv madaniyat va istirohat bogi, Algoritm dahasidagi Roison Elektronics korxonasi maydonida, Mudofaa vazirligi Manaviyat va marifat markazi binosi oldida, Toshkent hayvonot bogiga yondosh maydonda, Sergeli tymanidagi Greyen rark madaniyat va istirohat bogi hydudida, Ashxobod sayilgohida, Mirzo Ulugbek madaniyat va istirohat bogida, Bektemir tuman madaniyat va aholi dam olish markazida, Yakkasaroy tumanidagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan dostlik aloqalari qomitasi binosi old maydonida, Farhod dehqon bozorining kichik halqa yolidagi avtoturargohda va bir qator boshqa joylarda ham yangi yil bayrami tantanalari tashkil etilgan.

Bayram tadbirlari 25 dekabrdan 8 yanvargacha har kuni soat 11.00 dan 22.00 gacha bolib otmoqda.

Madaniyat vazirligiga qarashli Teatrlarni rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Saida Dadamirzayeva bayram munosabati bilan otkazilayotgan ommaviy tadbirlar haqida quyidagilarni gapirib berdi:

Yangi yil shodiyonalariga katta tayyorgarlik korildi. Badiiy jamoalar, ijodiy birlashmalar ishtirokida markaziy maydonlar, istirohat boglari, sport saroylari, Mehribonlik uylari, bolalar shifoxonalari, SOS bolalar mahallasi va boshqa joylarda turli tomoshalar tashkil etilmoqda.

Teatrlarimiz ham bu tadbirlardan chetda turgani yoq. Masalan, Ozbekiston davlat qogirchoq teatrida 10 dekabrdan yangi yilning 11 yanvarigacha kichkintoylar uchun Kirpi yangi yilni qanday nishonladi? deb nomlangan yangi spektakl, Xalqlar dostligi sanat saroyida 4-8 yanvar kunlari bolajonlar uchun Ayozbobo va ozga sayyoralik ertak shousi namoyish etiladi.

Ozbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida 18 dekabrdan 10 yanvargacha zamonaviy komputer texnologiyalaridan foydalangan holda Zolushka ertagi bolajonlar etiboriga havola etiladi.

Ozbek davlat sirkida ertaklar asosida sahnalashtirilgan Trolli Bumning sarguzashtlari tomoshasida sirk artistlari ishtirok etadi. Bolajonlar sirk arenasida havo gimnastlari, akrobatlar, orgatilgan hayvonlar mahoratidan hayratlanadilar, Ayoz bobo bilan Qorqizni olqishlaydilar.

25 dekabrdan 10 yanvargacha bolgan davr mobaynida Ozbek milliy akademik drama teatrida ?2 oy, Momiqvoyning sarguzashtlari, Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston davlat akademik katta teatrida Zolushka, Ozbekiston davlat akademik rus drama teatrida Alenkiy svetochek, Muqimiy nomidagi Ozbekiston davlat musiqali teatrida Kompyuterdan chiqqan dev, Ozbekiston davlat drama teatrida Kuch birlikda, Ozbekiston davlat satira teatrida Etik kiygan mushuk, Ozbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatrida Snejnaya koroleva ertak spektakllari bolajonlar etiboriga havola etiladi.

Ozbekiston davlat yoshlar teatrida 22 dekabrdan boshlab 8 yanvargacha kuniga 3 marta Piter Pen: Ayoz boboga maktub spektakli namoyish etilmoqda, deydi teatr direktori Hasan Solihov. Tomoshada tajribali aktyorlar bilan bir qatorda yosh aktyorlar rol oynashayapti. Masalan, Ayoz bobo rolini tajribali sanatkorlarimizdan Sherzod Egamnazarov, bolalarning onasi rolini Afsona Azimova oynaydi. Piter Pen rolini esa 22 yoshli Doniyor Rahmatov ijro etadi. Tomosha boshlanishidan oldin bolajonlar va ularning ota-onalari Ayoz bobo va Qorqiz tomonidan sahnaga taklif etiladi. Ular archa atrofida birgalikda raqsga tushadilar, turli oyinlar oynaladi.

4-5 yanvar kunlari Humo Arena muz saroyida Coca-cola korxonasi tomonidan tashkil etilgan Yangi yil festivalida Santa Klaus va Suvqizlar kichkintoylarni kutib oladi. Bolajonlar muz saroyida maza qilib yaxmalak uchishadi, oyinga tushishadi.

Le Grande Plaza mehmonxonasi zalida bolalar uchun Aloviddin, Ayoz bobo va Qorqiz nomli yangi ertak-myuzikl namoyish etiladi. 4 yanvar kuni Layner tamaddixonasida taniqli artistlar Yulduz Usmonova, Munisa Rizayeva, Rayhon Ganiyeva, Bojalar guruhi, Shohruxxon va boshqalar oz kuy-qoshiqlari bilan mehmonlarni xushnud etadilar. Alisher Navoiy nomidagi sanat saroyida Ninza toshbaqachalarning sarguzashtlari nomli yangi yil tomoshalari uyushtiriladi. Xullas, yangi yil tomoshalari rang-barang, katta-yu kichik uchun zavqli, deb oylaymiz.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: