O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
01.01.2020

FAOL INVESTITSIYALAR, IJTIMOIY RIVOJLANISh KOLAMLARI

mamlakatimiz taraqqiyotiga, xalqimizning turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, otgan yilning dastlabki sarhisoblariga kora, iqtisodiyotga yollangan kapital qoyilmalar hajmi 28,6 foizga, jumladan, markazlashgan davlat investitsiyalari 2018 yilga nisbatan 23 foizga osgan, togridan-togri xorijiy investitsiyalar oqimi esa 2,0-2,5 mlrd. AQSh dollariga yetgan. Buning natijasida zamonaviy korxonalar, uy-joylar, yollar, kopriklar qurildi, talim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etildi.

Amaliy misollar haqida gap ketganda, dastavval, koz ongimizda Qoraqolpogistonning Moynoq tumanida amalga oshirilgan ishlar namoyon boladi. Orol muammosidan eng qattiq aziyat chekkan bu hudud keyingi paytda tanib bolmas darajada ozgarib ketdi.

Ozbekiston Prezidentining 2018 yildagi tashrifi chogida berilgan korsatmalar asosida Moynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha davlat dasturi qabul qilindi. Unda 2019-2021 yillarda jami 1 trillion 485 milliard somlik qurilish-tamirlash ishlarini amalga oshirish nazarda tutilgan. Mazkur hujjat ijrosi doirasida qisqa vaqtda qator obyektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan, tuman markazida amfiteatr, davlat xizmatlari markazi, musiqa va sanat maktabi, sport zali, yopiq basseyn qurildi, madaniyat markazi va stadion, «Bozatau» ovul fuqarolar yiginidagi oilaviy poliklinika rekonstruksiya qilindi.Kop qavatli uy-joylarda onlab oilalar uy toylarini nishonladi.

Bundan tashqari, Moynoqda ish boshlagan zamonaviy tikuvchilik korxonasida 300 ta ish orni yaratildi. Uning yillik quvvati 1 million dona tayyor tikuvchilik va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beradi. Bir paytlar Moynoq baliqchilik sanoati bilan mashhur bolgan. Ana shu ananani tiklash maqsadida mavjud suv havzalarida baliqchilikni rivojlantirishga, mahsulotlarni qayta ishlashga etibor qaratilyapti. Moynoq akva sanoat korxonasi ham ana shu tashabbusning amaliy natijasi. Loyiha qiymati 20 milliard som bolgan bu korxonada 4 ming tonna baliq qayta ishlanadi.

Xabaringiz bor, Orol dengizi qurishining salbiy oqibatlarini kamaytirish, mintaqada ekologik barqarorlikni taminlash maqsadida ham ulkan ishlar bajarilmoqda. Mutaxassislarning takidlashicha, 42 yil davomida hammasi bolib 400 ming gektar maydonga saksovul ekilgan bolsa, 2018-2019 yillardagi qish-bahor mavsumida qariyb 500 ming gektarda muhofaza ormonzorlari barpo etildi. Toplangan tajribadan kelib chiqib, yana 700 ming gektar yerni yashil hududga aylantirish moljallanmoqda.

Mamlakatimizning iqtisodiy xaritasiga nazar tashlasangiz, otgan yili mahsulotlari raqobatbardosh va eksportga yonaltirilgan qator ishlab chiqarish korxonalari qad rostlagani etiborni tortadi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Jarqorgon tumanida “Surxonsementinvest” xorijiy korxonasi barpo etildi. Unga Germaniya, Avstriya, Rossiya va Xitoydan keltirilgan zamonaviy texnologiya va uskunalar ornatildi. Zavod toliq quvvatga otgach, yiliga 1,1 million tonna sement ishlab chiqariladi va uning 750 ming tonnasi eksport qilinadi, 1 125 kishi ish bilan taminlanadi.

Nurota tumanining dashtlikdagi 6 gektar maydonida ish boshlagan Marmarobod davlat unitar korxonasi yiliga 24 ming kvadrat metr granitni qayta ishlay oladi. Navbatdagi bosqichda tabiiy toshlarni qazib olish va qayta ishlashni klaster usulida yolga qoyish rejalashtirilgan. Loyiha quvvatini yiliga 3 million kvadrat metrga, eksport hajmini 10 million dollarga yetkazish, 1000 dan ortiq ish orni yaratish moljallangan.

Poytaxtimizning Chilonzor tumanida qad rostlagan Oriyent keramik korxonasi mahsulotlarining deyarli yuz foizi mahalliy xomashyodan tayyorlanadi. Shu bois ular xorijnikidan bir necha barobar arzon narxlarda ichki bozorga, 30 foizi Qozogiston, Tojikiston, Qirgiziston va Afgonistonga sotilmoqda. Hozirda yurtimizga import qilinayotgan katta olchamdagi keramogranit kafellarini tez orada ishlab chiqarish yolga qoyiladi. Buning natijasida ishlovchilar soni 970 nafarga yetadi.

Otgan yil koklamida poytaxtimizdagi Humo Arena zamonaviy muz saroyining foydalanishga topshirilishi nafaqat Ozbekiston sporti, balki milliy memorchiligimiz tarixida yangi bosqichni boshlab berdi. Majmua kokda parvoz etayotgan baxt va hurlik, mustaqilligimiz ramzi – Humo qushi shaklida barpo etildi. U ilgor muhandislik va binokorlik yechimlari, texnik jihozlanish darajasi bilan betakror. Inshootning 12 ming 500 orindan iborat asosiy maydoni transformatsiya usulida qurilgan bolib, qisqa vaqtda uni qayta jihozlash, orindiqlar sonini oshirish yoki kamaytirish mumkin.

Bu xokkey, figurali uchish, short-trek, kyorling kabi qishki sport turlari bilan birga kurash, boks, mini-futbol, basketbol, voleybol, taekvondo boyicha musoqabalar otkazish, shuningdek, konsert, shou, korgazma, konferensiya va boshqa madaniy tadbirlar tashkil etish imkonini ham beradi.

Bundan qariyb uch oy oldin Tashkent City xalqaro biznes markazining ilk obyektlari — Kongress xoll va Hilton mehmonxonasi qurib bitkazildi.

Kongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bolib, unda yirik xalqaro anjumanlar, oliy darajadagi muzokaralar otkazish uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Birinchi qavat markazida 3,5 ming ishtirokchiga moljallangan konferensiyalar zali bor. Zaruratga qarab, u ikki yoki tortga bolinishi ham mumkin. Xalqaro sammitlar vaqtida ikki tomonlama uchrashuvlar otkazish uchun xonalar, restoran, kichik konsert zali, dam olish joylari mehmonlarga keng qulaylik yaratadi.

Besh yulduzli Hilton mehmonxonasi nafaqat ushbu markazga, balki butun poytaxtimizga kork berib turibdi. 21 qavatli binoda 258 ta nomer mavjud. Barcha zamonaviy mehmonxonalarda bolganidek, otelda bir nechta restoran, basseyn, sport zal va boshqa xizmatlar yaratilgan. Hudud markazidagi xiyobon, undagi musiqiy favvoralar poytaxtliklar va mehmonlarning eng sevimli maskanlaridan biriga aylanib qoldi.

Yangi yil arafasida yana bir xushxabar tarqaldi. Navoiyazot aksiyadorlik jamiyatining 1,7 milliard dollarlik 3 ta loyihasidan biri polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasining ish boshlashi mamlakatimizda mazkur turdagi mahsulotlarga bolgan ehtiyojni taminlashda muhim orin tutadi. Uning tantanali ochilish marosimida mamlakatimiz Prezidenti ishtirok etdi, ramziy tugmani bosib, korxonani ishga tushirdi.

Majmuani barpo etish, eng zamonaviy texnologiya va uskunalar bilan jihozlashga 500 million dollar investitsiya sarflandi. Bu yerda tayyorlanadigan mahsulotlarga avtomobilsozlik, toqimachilik, metallurgiya, kimyo, neft-gaz tarmoqlari, elektr texnikasi va qurilish materiallari ishlab chiqarishda, ayniqsa, talab yuqori. Ular shu paytgacha katta valyuta evaziga import qilinar edi. Otgan yilning yanvar noyabr oylarida qiymati 86 million 400 ming dollarlik qariyb 90 ming tonna polivinilxlorid import qilingan. Endi shuncha mablag ozimizda qoladi. Shuningdek, har yili 40 million dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan. Yangi majmuada 900 dan ziyod ish orni yaratildi.

Navoiyazotda yaqin vaqt ichida qiymati 217 million dollar bolgan yangi zamonaviy azot kislotasi, qariyb 1 milliard dollar bolgan yiliga 660 ming tonna ammiak va 580 ming tonnadan ziyod karbamid ishlab chiqarish quvvatlari ham oz faoliyatini boshlaydi.

Davlatimiz rahbari mazkur yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish oson bolmaganini qayd etar ekan, Har qancha qiyin bolmasin, katta marralarni maqsad qilib qoyib, tashabbus korsatib, fidoyilik bilan mehnat qilsak, albatta, ularga erishamiz, dedi.

Moliya vazirligi tomonidan elon qilingan 2019 yildagi makroiqtisodiy korsatkichlarning dastlabki natijalariga kora, Ozbekistonning yalpi ichki mahsuloti 5,5 foizga osib (2018 yilda 5,1 foiz), 524,0 trln. somni (58,3 mlrd. dollarni) tashkil etadi. Mazkur korsatkichlarga asosan ichki omillar, xususan, yalpi ichki talabning ortishi tufayli erishilyapti. Shu bois qurilishning yillik osish surati 11,8 foizni, sanoat ishlab chiqarishi 6,4 foizni, xizmatlar - 6,1 foizni hamda qishloq xojaligi, ormonchilik va baliqchilik sohalari 3,0 foizni tashkil etishi kutilyapti.

Muqaddas ayyom muborak Ramazon hayiti arafasida Toshkent shahridagi uy-joyga juda muhtoj, ogir vaziyatga tushib qolgan, nogironligi bor fuqarolar, boquvchisini yoqotgan, yakka-yolgiz ayollardan 450 nafariga, shuningdek, Ozbekiston Respublikasi FA qoshidagi ilmiy-tekshirish institutlari hamda oliy talim muassasalarida ilmiy tadqiqot olib borayotgan 50 nafar yosh oilaga Sirgali tumanining Choshtepa massividan bir xonali uy-joylarning Prezident sovgasi sifatida berilishi ommaviy axborot vositalarida ezgu maqsadlarning yana bir yorqin hayotiy ifodasi, deb etirof etildi.Aslida ham hududdagi 30 gektar maydonda 3 ming 696 ta xonadonni oz ichiga olgan 66 ta 7 qavatli zamonaviy uy-joy qurilishi Toshkent shahrida uysizlik tufayli juda ogir-murakkab sharoitda ilojsiz kun kechirib kelgan, ogir iztiroblarni boshidan otkazgan koplab fuqarolar va ayniqsa, xotin-qizlarning eng birlamchi hayotiy muammosini hal qilishda tarixiy loyiha bolish bilan birga, hatto eng rivojlangan davlatlar tajribasida ham juda kam kuzatiladigan yuksak insonparvarlik namunasiga aylandi.

Umuman olganda, aholini munosib turar joy bilan taminlash maqsadida oxirgi uch yilda 104 mingta, jumladan, qishloqlarda 63 mingta va shaharlarda 41 mingta xonadonga moljallangan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi. Hisob-kitoblarga kora, aholi ehtiyojini tola qondirish uchun har yili 145 ming xonadondan iborat uy qurish kerak. Buning uchun esa qariyb 30 trillion som zarur boladi. Bu mablag esa davlat byudjetining 23 foizidan ziyodini tashkil etadi.

Alohida etirof etish joiz, otgan yilgi dehqonchilik mavsumining qirq kuni yomgirli va yana shuncha kuni jaziramali issiqqa togri keldi. Shunga qaramay, qishloq xojalik xodimlarining peshona teri bilan 7 million 130 ming tonna galla, 2 million 845 ming tonna paxta, 19 ming 600 tonna pilla, 21 million tonna meva-sabzavot, 400 ming tonna sholi, 2 million 600 ming tonna gosht va 11 million tonna sut mahsulotlari yetishtirildi, 8,1 milliard dona tuxum olindi. Natijada jami 217 trillion 700 milliard som yoki otgan yilga nisbatan 12 foiz kop foyda korildi. Ayniqsa, 1,3 milliard AQSh dollari qiymatidagi 1,5 million tonna meva-sabzavot eksport qilingani tarmoq rivojida muhim orin tutdi.

Ushbu qisqagina sharhda mamlakatimizda otgan yili amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlarini tola qamrab olish qiyin, albatta. Gazetamizning kelgusi sonlarida ular haqida batafsil malumotlar berib borish rejalashtirilgan.

2020 yilda esa, YaIMning 5,5 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,5 foiz, kapital qoyilmalar hajmi kamida 10 foiz, xizmat korsatish hajmi 5,7 foiz, qishloq xojaligi mahsulotlari 4 foizga osishi prognoz qilinmoqda. Davlat byudjeti ushbu makroiqtisodiy korsatkichlar parametlari asosida ishlab chiqildi va tabiiyki, uning asosiy qismi aholini ijtimoiy himoya qilishga yonaltiriladi.

Maqsadimiz ulug, niyatimiz xolis. Otgan yildagi muvaffaqqiyatlar 2020 yilda yanada yuksak yutuqlarga erishishimizga xizmat qiladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti materiallari asosida

Abdurauf QORJOVOV tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: