O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
01.01.2020

PREZIDENT ARChASI ShODIYoNALARI

Poytaxtimizdagi «Turkiston» saroyida bo‘lgan tadbirda Mehribonlik uylari, SOS – bolalar mahallasi, oilaviy bolalar uylari, Muruvvat uylarining tarbiyalanuvchilari, mahallalardagi ota-ona mehridan bebahra qolgan ogil-qizlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya kabi idoralarning yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yolida jon fido etgan xodimlari farzandlari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan taqdim etiladigan koplab oquv anjomlari, shirinlik va oyinchoqlardan iborat bolgan jami 11 ming dona sovga kichkintoylar uchun hozirlandi.

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida "Prezident archasi" tadbirlari kotarinki ruhda bolib otmoqda, dedi Ozbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining orinbosari Dilshod Kenjayev. Mazkur tadbirlarga koproq ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar qamrab olindi. Yakunlanayotgan 2019 yilda bolalarning ijtimoiy himoyasiga katta etibor qaratildi. Bunga Prezidentimizning 2019 yil 11 fevraldagi "Etim bolalar va ota-onasining qaramogidan mahrum bolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoshimcha chora-tadbirlar togrisida"gi qarori muhim asos boldi.

..."Turkiston" saroyi foyyesida gozal zumrad archa turfa oyinchoqlar, zeb-zarlar bilan ziynatlangan. Qorboboyu Qorqiz, turfa ertak qahramonlari, sirk va estrada sanati ustalari ijrosidagi dastur barchaga kotarinki kayfiyat ulashmoqda.

Men otgan yili ham "Prezident archasi"da qatnashgandim, dedi "SOS bolalar mahallasi" tarbiyalanuvchisi, 12 yoshli Nilufar Kamolova. Yangi yil bayramiga yaxshilab tayyorgarlik kordik. Sherlar yodlab, yangi ashula va raqslar organdik. Bunday bayramda qatnashishni hamma bolalar orzu qiladi.

Besh yashar Vanya Gochkovskiy 23-Mehribonlik uyida tarbiyalanadi. Kichkintoy vujudidagi yashirin xastalikni bolalarcha shoxlik, beguborlik, pokiza qalb bilan yengib kelmoqda.

Archa bayrami menga juda yoqadi, dedi Vanya lunjiga toldirib olgan konfetni qarsillatganicha. Qorboboyam, Qorqiz ham, ashulayu oyinlarning bari juda z-zo-or! "Prezident archasi" juda mazza bayram ekan!

Bayram ishtirokchilari zalga taklif etiladi. Biri quyoncha, boshqasi qorparcha, yana kimdir qorbola kiyimida saflangan kichkintoylar kamalakrang sharlar, turfa rangga kiruvchi oyinchoqlarni tutgancha oz orinlarini egallaydilar. "Tomosha" bolalar ijodiy studiyasi tomonidan tayyorlangan "Biz taratgan nur!" nomli musiqiy spektakl qiziqarli sahnaviy korinishlar, video lavhalar, multfilmlardan parchalar, quvnoq roliklardan tarkib topgan. U har bir tomoshabinni bolalikning gozal onlariga qaytarishi, shubhasiz. Tabiatni, ona Vatanni asrab-avaylashga, kichiklarni himoyalash, kattalarga hurmatda bolishga, mudom intizomli bolish va alo oqishga, kitob bilan dostlashishga unlovchi tomosha barchaga manzur boldi.

Tadbir nihoyasida bolajonlar "Prezident archasi" qoshigini birgalikda kuyladilar. Ularga davlatimiz rahbarining Yangi yil bayrami sovgalari topshirildi. Kichkintoylarga atalgan shodiyona juda zavqli otdi.

Bu kabi bayram tantanalari mamlakatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

Nazokat USMONOVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: