O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
23.12.2019

MEN HAM SAYLOVDA OVOZ BERDIM

22 dekabr — mamlakatimiz hayotidagi yana bir tarixiy siyosiy voqea, ya’ni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov bo‘lib otdi. Tabiiyki, har bir hamyurtimiz oz konstitutsiyaviy huquqidan tolaqonli foydalandi. Qarashlari hamda goya-maqsadlaridan kelib chiqib, ishongan nomzodiga ovoz berdi, uni qollab-quvvatladi.

Ozbekiston fuqarolarining yarmidan kopi yoshlardan iborat ekani hech kimga sir emas. Yoshlar tanlovning togriligi bevosita jamiyat taqdiriga daxldor ekanini anglagan holda saylovda ishtirok etdi. Ayniqsa, birinchi marta ovoz berayotganlarning xayajoni cheksiz, albatta. Ana shunday hamyurtlarimizdan ayrimlarining saylovga oid taassurotlari bilan qiziqdik.

Cevara BAXTIYoROVA, Navoiy davlat universiteti talabasi:

Saylov kuni dadam odatiga kora erta tongdanoq oilamiz azolarini uygotdi. Men uchun bu yilgi saylovning farqi unda ovoz berish huquqiga ega bolganimda edi. Hayajonlaganimdan hammadan avval tayyor bolib kochaga chiqdim. Qoni-qoshnilarimiz ham huddi bayramga borayotgandek, biz kabi yolga tushishibdi.

Saylov kampaniyasi davrida targibot tadbirlarini doimiy kuzatib borishga harakat qilgandim. Aniq qarorga kelishim uchun saylovdan oldin siyosiy partiyalarning deputatlikka nomzodlari haqida aniq malumotlarga ega boldim, ular bilan ayrim uchrashuvlarda qatnashdim.

Shuni alohida takidlagim keladiki, saylovdan oldin siyosiy partiyalarning Saylovoldi platformasi bilan tanishish imkoniyati katta boldi. Buni uyimizdagi katta yoshlilar ham aytishdi. Targibotchilar kochama-kocha yurib, mashinalardan ovoz kuchaytirgichlar bilan plakatlarni kotarib, oz nomzodlarini targib etishdi. Shu bois deputatlikka nomzodlarning dasturiy maqsadlarini oson organdim. Haqiqiy hayot bilan uygunligi, ozim yashaydigan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatidan kelib chiqib, ularni solishtirdim. Sababi men ovoz bergan nomzod ertaga vakillik hokimiyatida deputat sifatida avvalo men, yaqinlarim, qoni-qoshnilarim manfaatini himoya qilishi, mahallamiz taraqqiyotiga hissa qoshishi kerak. Ana shularni tahlil qilgan holda munosib, deb bilgan nomzodimga ovoz berdim.

Quvonchbek QOChQOROV, Qirgiziston ilmiy-izlanish ijtimoiy-tibbiyot instituti talabasi (Qashqadaryo viloyati):

Togrisini aytsam, ovoz berish jarayonida shuncha hayajonlanaman, deb oylamagandim. Saylovda ishtirok etarkanman, har bir saylovchining ovozi qanchalik muhimligini yana bir bor angladim. Mamlakatimizda biz, yoshlarning zamonaviy bilim olishimiz va kasb egallashimiz, oz istedod va salohiyatimizni keng namoyish etishimiz uchun barcha sharoit yaratilgan.

Tushundimki, saylov bu faqatgina oz huquqlarimizdan foydalanish emas, har bir fuqaroga katta masuliyat, men kabi millionlab yigit-qizlarga bildirilgan yuksak ishonch degani. Shuning uchun ovoz berishda ana shu ishonchni oqlashga harakat qildim. Asosiysi, bu tanlov orqali menda fuqarolik burchi, masuliyati yanada yuksaldi. Mamlakatimiz taqdiri uchun oz ovozimga ega ekanligim ozimga ishonchimni oshirdi, kuchimga kuch qoshdi.

Mahliyo ERGASHEVA, Chortoq tibbiyot kolleji oquvchisi:

Saylov men uchun hayajonli va ayni paytda juda masuliyatli voqelik boldi. Zotan, fuqarolik burchimni bajarish orqali mamlakatimiz farovonligi hamda barqarorligiga hissa qoshish imkoniga ega boldim. Biz saylovni otkazish tartibi, Konstitutsiyamiz va saylov qonunchiligiga kiritilgan ozgartishlar bilan tanishdik. Saylov kodeksi meyorlari, tartib-taomillarini organdik. Bir jihatdan siyosiy bilimlarimiz ortdi. Yana bir tarafdan munosib, deb bilgan nomzodga bergan ovozim oldimga qoygan maqsadlarim, orzu va intilishlarimni amalga oshirish sari yana bir muhim qadam boldi.

Saylovchilar bugun ishonch bildirgan nomzodlar ertaga yurtimizning porloq kelajagi va taraqqiyoti uchun, xalqimizning farovon, tinch-osuda hayoti uchun munosib hissa qoshadilar, deb umid qilaman. Deputatlik saylovi natijalari mamlakatimiz hayotida tub burilish yasashga xizmat qiladi, albatta.

Maftuna QOChQOROVA, Ohangaron transport va servis kasb-hunar kolleji oquvchisi:

Maktabda oqib yurgan kezlarimdanoq ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qiziqishim katta bolgan. Saylovda ishtirok etishni juda-juda istardim, ovoz berish huquqimdan foydalanishni uzoq kutdim. Avvalgi saylovlarda yoshim 18 ga tolmagani bois qatnasha olmaganimdan biroz xafa ham bolgan edim. Bu yil esa orzuim amalga oshdi. Shuning uchun alohida tayyorgarlik, hayajon va xursand kayfiyatda qatnashdim. Saylovda qatnashib, birinchi marta ovoz berganim men uchun unutilmas voqea bolib qoladi.

Ayniqsa, ovoz berish kabinasida yolgiz ozim mustaqil fikrimga ega shaxs sifatida tanlovni belgilar ekanman, men ham jamiyat hayotidagi siyosiy jarayonlarning teng huquqli ishtirokchisi bolganimdan faxrlandim. Xolis munosabatimni, xohish-istaklarimni erkin bildirganim, ovozimning oz orni va ahamiyati borligini, mana shu Vatanning bir bolagi ekanimni ich-ichimdan his qildim.

Rano YuLDAShEVA, Andijon viloyati, Jalaquduq tumani:

Ayni paytda bola tarbiyasi bilan uyda otiraman. Xotin-qizlarning manfaatlari kafolatlangan, teng huquqlilik tamoyillari hukm surgan mamlakatda yashayotganimdan xursandman. Kuni kecha bolib otgan saylovda mana shunga yana bir karra amin boldim.

Ham yosh ona sifatida, ham ilk marta qatnashayotganim uchun saylov uchastkasi tomon borayotganimda qattiq hayajonlandim. Ozim tanlagan nomzodlarga ovoz berdim. Bu shunchaki fuqarolik huquqimdan foydalanish emas, farzandimning kelajagi uchun ham muhim qadamlardan biri, deb hisoblayman. Har birimizning ovozimiz yurtimiz hayoti uchun jon kuydira oladigan nomzodlarni yuzaga chiqishiga hissa qoshadi. Nomzodlar bilan uchrashuvlarda faol ishtirok eta olmagan bolsamda, OAV orqali, ijtimoiy tarmoqlardan ularning dasturlari bilan tanishishga harakat qildim. Men shu saylovda qatnashib, saylovchi zimmasida ham katta masuliyat borligini yanada chuqurroq angladim. Biz saylovchilar qancha masuliyatli bolsak, munosib nomzodlarga ovoz bersak, yurtimiz taraqqiyotiga shunchalik koproq hissa qoshgan bolamiz.

Baxtiyor YuSUPOV, avtomobillarga texnik xizmat korsatish markazi elektrigi (Namangan):

Bu yil saylovda birinchi marta ishtirok etdim. Saylov uchastkasida yuzlab odamlarning navbat bilan ovoz berishini korib, fuqarolarimizning yurt kelajagiga daxldorlik hissi oshib borayotganiga amin boldim. Muhimi, ular oz xohish-istaklari bilan kelishmoqda.

Takidlash kerakki, saylovda ishtirok etish hammamizga yuksak masuliyat yuklaydi. Jamiyatda roy berayotgan jarayonlarga faollik tuygusini oshiradi. Vatanimiz kelajagi oz huquq va majburiyatlarimizni naqadar yaxshi bilishimizga bogliq ekanini unutmasligimiz kerak.

Oz siyosiy huquqimdan foydalangan ekanman, yangi saylangan deputatga takliflarimni bemalol aytishni niyat qildim. Ovoz bermaganim sabablimi, avvallari ozimni bunga tayyor emasman, deb oylardim. Edilikda qonunchiligimizni chuqurroq organib, ulardan oqilona foydalanishga harakat qilaman. Zero, men endi yosh bola emasman. Jamiyatda oz ovozi, fikriga ega shaxsman. Siyosiy bilimim va dunyoqarashimni boyitish yana bir muhim burchlarimdan biri, deb hisoblayman.

Zilola UBAYDULLAYeVA,

“Ozbekiston ovozi” muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: