O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
23.12.2019

SAYLOV OChIQ VA OShKORA OTDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovida ovoz berish uchun Qoraqalpogiston Respublikasidan 995036 saylovchi royxatga olingan. Shundan nogironligi bolgan saylovchilar soni 17511 kishini tashkil etsa, 58074 kishi birinchi marta ovoz bermoqda.

– Men Nukus tumanidagi 371-sonli saylov uchastkasiga kelib birinchi marta ovoz bermoqdaman, — deydi biz bilan suhbatda Oyjamol Qalbayeva. Shu yili 18 yoshga toldim va ozim tanlagan, saylashga loyiq, deb topgan nomzodlarimga ovoz berdim. Bilaman, mening ovozim kelajak uchun ahamiyatga ega. Saylov jarayoniga befarq bolmagan men singari tengdoshlarim ham erta tongdanoq saylov uchastkalariga kelib ovoz berdilar.

Shuni ta’kidlash joizki, Qoraqalpogistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov otkazuvchi 8 ta, Qoraqalpogiston Respublikasi Joqorgi Kengesiga saylov otkazuvchi 65 ta, tuman va shahar kengashlariga saylov otkazuvchi 425 ta okrug saylov komissiyalari bor. Shuningdek, 622 ta saylov uchastkasi mavjud.

Saylovlarda ochiqlik va oshkoralik prinsiplarining tolaqonli amalda bolishida kozatuvchilarning ham orni biqiyosdir.

Biz ertalab soat 8:00da Ozbekiston va Qoraqalpogiston Respublikalari gimnlari ijro etilgandan song oz vazifamizga kirishdik, deydi Nukus shahridagi 8-sonli saylov uchastkasidan kozatuvchi Zlixa Usenova. Uchastkalarda saylov jarayonlarida ovoz berish uchun barcha sharoitlar mujassam qilingan, Shuningdek, xalqaro va siyosiy partiyalarning kozatuvchilari uchun barcha sharoitlar mavjud. Saylov jarayonlarida xalqimizning kayfiyati alo darajada ekanligini his etdik.

Otgan saylovlardan farqi, ayrim uchastkalarni togridan-togri onlayn tarzda kozatish imkoni boldi. Jumladan, Nukus shahridagi 14-16-saylov uchastkalari, Moynoq tumanidagi 360 va Xojayli tumanidagi 516-saylov uchastkalarida saylov jarayonlari togridan-togri translatsiya qilib turildi.

Xojayli tumanida 35 ta saylov uchastkasi mavjud bolib, 61176 saylovchi royxatga olingan. Uchastkalarda barcha sharoitlar yaratilib, zarur jihozlar bilan taminlangan, deydi Xojayli tumani hokimi Jengis Yermashev. Xalqimizning kayfiyati yuqori darajada. Bu yilgi saylov «Yangi Ozbekiston: Yangi saylovlar» shiori ostida tashkilotchilik asosida otdi. Shuningdek, tumanimizdagi 516-saylov uchastkasida saylov jarayonlari togridan-togri translatsiya qilinib borildi.

Qonlikol tumanidagi 281-saylov uchastkasiga biometrik identifikatsiya qilish qurilmasi ornatildi. Mazkur qurilmalar yordamida nomzodlarga ovoz berishda saylovchilar ishtirokining xolisligiga, jarayonlarning shaffof va adolatli otishiga erishish maqsad qilingan.

Qoraqalpogiston Respublikasi saylov okrugining jurnalistlarga bergan malumotiga kora, soat 13:00 gacha 396137 kishi, yani saylovchilarning 39,8 foizi ovoz berishdi. Soat 15:00 da bergan malumot boyicha 586243 kishi, saylovchilarning umumiy 58,9 foizi saylov uchastkalaridan ruyxatdan otgan. Demak, qonunchilikda belgilangan tartibga kora saylov otgan, deb hisoblanadi.

Ovoz berish jarayonlari kechki soat 20:00 gacha davom etdi.

Minajatdin QUTLIMURATOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: