O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
23.12.2019

112 YOSHLI ONAXON

yurt ravnaqi yo‘lida hamjihat bolishni maslahat beradi

Keksalarni e’zozlash va ehtirom korsatish xalqimizga xos qadriyatlardan hisoblanadi. Ularning pandu nasihatlari, maslahat va ogitlari hayotimizni charogon, yollarimizni nurafshon qilishi tabiiy. Ayniqsa, yuz yosh bilan yuzlashgan otaxonu onaxonlarimizning duolarini olish hayotga muhabbat uygotadi.

Denov tumanining “Orta qishloq” mahallasida yashayotgan Tursun momo Avvalova yaqinda 112 yoshni qarshi oldi. Asr bilan yuzlashgan tabarruk onaxon 2 nafar farzand va 50 ga yaqin nabira, evara, chevaralar qurshovida qarilik gashtini surmoqda.

Piru badavlat onaxon otmishning ogir kunlarini hasrat bilan eslaydi. Qirginbarot damlar, kolxozlashtirish mashaqqatlari, sovuq olkalardagi surgunlar, dahshatli urush voqialari va undan keyingi yillarning jabru jafolarini kozda yosh bilan xotirlaydi.

— Bolaligimiz qiyinchilik bilan otgan, deydi Tursun momo. Qorin toydirish uchun paxta ekib, suv quyganmiz. Bugdoy orish, poda boqish, ekin-tikin ishlari biz ayollarning zimmamizda edi. Ota-onalarimiz ertadan kechgacha mehnat qilgan. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushining iztiroblari, ocharchilik va qiyinchilik yillarining azob-uqubatlari kechagidek esimda. Erkaklar jangga otlangach, barcha yumushlar ayollar zimmasida qoldi. Qora mehnat evaziga bir kosa atala bilan bir togram non berishardi. Shunisiga ham xursand bolganmiz.

Onaxon baxtli damlar, saodatli kunlar, gozal va fayzli hayotga erishganimizga shukronalik keltiradi. Hurlik, farovonlik va tokinlikni qadriga yetish kerakligini uqtiradi. Mahalla-koy va odamlardan maslahatini ayamaydi.

Onamiz ikki marta turmush qurganlar, deydi Xurram bobo Egamberdiyev. Dastlab 1917 yilda Ollamurod ismli yigitga uzatishgan. U kishi Ikkinchi jahon urushidan qaytmagan. Shundan keyin Egamberdi otamiz bilan turmush qilishgan. Padaru buzrukvorimiz 20 yil avval olamdan otdilar. Hozirgi kunda men 70, Mengay singlim esa 67 yoshdamiz. Dorilomon kunlarda tort avlod vakillari rohat-farogatda umrguzaronlik qilayapmiz.

Xursandchilik va ruh tetikligi uzoq umr garovi, deydi Orta qishloq mahalla fuqarolar yigini faoli, OzXDP azosi Orol Bekmurodov. Shundan bolsa kerak, kayvoni momomiz doim xushchaqchaq. Biror yumush bilan mashgul bolishni xush koradilar. Keksayu yoshni sabr-qanoatli, mehri daryo va saxiy bolishga chorlaydi. Yurt ravnaqi yolida hamjihat bolishni maslahat beradi. Yaxshilik va ezgulikni hayot mezoniga aylantirgan onaxonimizning umrlari uzoq bolsin!

Abdumalik HAYDAROV,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: