O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
17.12.2019

XDP DEMOKRATIK ISLOHOTChI

Yaqinda mamlakatimiz bo‘ylab muhim siyosiy jarayon otkaziladi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi viloyatlar, shahar, tuman xalq deputatlari kengashlariga saylov bolib otadi. Shu paytgacha saylov komissiyasi faoliyatiga, saylov jarayonlariga ommada kor-korona yondashuv mavjud edi. Hatto oiladan bir kishi borib, kopchilik nomidan kimga ovoz berib kelsa ham bolaverardi. Hozir esa odamlar ongida saylov jarayonlariga ongli ravishda yondashuv konikmasi shakllanmoqda. Bu albatta otgan yillarda sohada amalga oshirilgan chuqur islohot natijasidir. Togri, bizda hali jahon tajribasi standartlari asosidagi tizim, onlayn ovoz berish, nomzodlarni moliyalashtirish kabi qulayliklar toliq shakllanmagandir. Biroq partiyalarning ozi ham qarab turgani yoq. Ular oz dasturlarini erkin va ochiq tarzda bevosita togridan-togri muloqot tarzida otkazishmoqda. Beshta partiyaning barchasi, albatta, fuqarolar manfaatidan kelib chiqib ish kormoqda. Ular kutilmagan va innovatsion yondashuvlar orqali aholi e’tiborini tortmoqda. Bu yolda jamoatchilik fikri ham inobatga olinib, siyosiy debatlar qizgin tus olyapti. Ayniqsa, XDP siyosiy muloqot maydoniga yangicha ruh olib kirib, bu borada oz yolini aniq belgilab olgan. Bu partiyaning otkazayotgan islohotlari birinchi galda ijtimoiy-iqtisodiy sohaga qaratilgan. Aholining eng kam oylik ish haqi, pensiyalarning kundalik yashash minimumidan kam bolmagan miqdorini belgilovchi tizimni yolga qoyish rejalashtirildi. Quvonarlisi shundaki, bunda kam taminlanganlar manfaati qonun himoyasi bilan yangicha tartibda himoyalanadi. Shuningdek, nafaqat moliyaviy tomondan, balki ijtimoiy xizmatlar bilan uzluksiz taminlab borish ustuvor masala qilib qoyilgan. Xoh talim, xoh sogliqni saqlash, xoh huquqiy sohada bolsin, fuqarolarga bepul ijtimoiy yordam korsatishni qonuniylashtirish rejalashtirilmoqda.

Partiya azolari koproq tibbiy sohaga etiborni qaratishmoqda. Togri, har yili bepul tibbiy koriklar mahalliy QVPlarda olib borilishi mumkin.

— Biroq, deydi partiya faoli Gulchehra Islomova, nogironligi bolgan shaxslar, kam taminlanganlarga markaziy shifoxonalarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib xizmat korsatilishi, yuqori malakali shifokorlar tomonidan amaliy yordam berilishi, ijtimoiy rivojlanishga tashlangan katta qadamlardan biri bolar edi.

Albatta, bu yerda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar chuqur tahlil qilingani bor gap. Shuningdek, partiya Saylovoldi dasturida talim sohasida jiddiy muammolar ortaga tashlanmoqda. Yani maktabgacha talim va orta maktab ortasidagi malum bir boshliq borki, bu shu paytgacha soha rivojiga tosiq bolib kelayotgandi. 6 yoshdan boshlab majburiy bir yillik talim rejasi ishlab chiqilib, keng muhokama qilinayotgani muammoning yechimi topilganidan darakdir. Bu esa maktab va MTM ortasidagi uzilishning oldini olishi turgan gap, deb hisoblashmoqda partiya vakillari. Natijada boshlangich talim sifatiga ijobiy tasir korsatiladi, albatta.

Islohotlar boyicha masalalarga yechimlar izlanar ekan, birinchi galda Xalq qabulxonalariga kelayotgan murojaatlar hisobga olinadi. Bu borada soliqlar, ayniqsa, kommunal tolovlar dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Deputatlar esa aholi gardaniga tushayotgan qoshimcha haqlarni, oshib borayotgan tolovlarni yengillashtirishni targib qilishmoqda. Bundan tashqari, bir martalik ish orni bilan taminlash, qishloq xojaligi mahsulotlari yetishtiriluviga investitsiyalar jalb etish va shu kabi muhim jihatlar ham deputatlar nigohidan chetda qolmagan. OzXDP ?2 qadam» loyihasini targib qilishda jiddiy izlanishlar olib bormoqda. Umuman olganda, Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy masalalarga oqilona yondashuv va zamonaviy yechimni ilgari surishni oz oldiga maqsad qilib qoygan. Demokratiyaning oldida turgan tosiqlarga aholi murojaatini tinglab, birgalashib loyihalar yaratish XDPning ustuvor rejasi hisoblanadi va bundagi xolislik tamoyili albatta hech bir saylovchini beetibor qoldirmayapti. Biz esa saylovoldi tadbirlariga befarq bolmagan holda muhim siyosiy jarayonda faol bolaylik!

Yusufbek SAYDALIYeV,

OzJOKU talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: