O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
10.12.2019

INNOVATSIYA MUVAFFAQQIYaTLAR ASOSI

“Biz uchun non qanchalik aziz va qadrli bo‘lsa, zahmatkash dehqonlarimiz, ularning mehnati ham shunchalik aziz va qadrlidir.

Haqiqatan ham, urush va ocharchilikni boshidan kechirgan bobo va momolarimiz bizga bolalikdan boshlab nonni kozimizga surtib e’zozlashni orgatganlar. Bu bizning buyuk qadriyatimizga aylangan.”

Davlatimiz rahbarining Bosh Qomusimiz 27 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruzasida bildirgan bu fikrlarini tinglar ekanman, bolaligimizda ota-onamizu ustozlarning nonning ushogi ham aziz, uning yerga tushganini kozga surtib ezozlash zarurligi haqidagi ogitlari yodimga keldi. Endilikda oltmishni qoralab qoyganimga qaramay, ana shu nasihatlarga hozirgacha amal qilib, farzandu nevaralar qalbiga bebaho nematlarni qadrlash tuygusini singdirishga harakat qilaman.Bu oz navbatida hayotimizda roy berayotgan ijobiy ozgarishlar bilan uygunlikda kechayotgani zimmamizga yanada masuliyat yuklaydi.

Dehqonlarimizning bu yilgi mehnatiga qancha tahsin aytsak, ezozlasak shuncha oz, albatta. Mavsumning qirq kuni yomgirli, yana shunchasi jaziramali bolishiga qaramay, dehqonu fermerlarning aql-zakovati va peshona teri bilan 7 million 130 ming tonna galla, 2 million 845 ming tonna paxta, 19 ming 600 tonna pilla, 21 million tonna meva-sabzavot, 400 ming tonna sholi, 2 million 600 ming tonna gosht yetishtirildi, 11 million tonna sut mahsulotlari tayyorlanib, 8,1 milliard dona tuxum olindi.

Albatta, bunday marralarga erishishda ularga innovatsiyaga asoslangan tizimlar qol kelyapti, yangicha yondashuvlar natijasida eksport salohiyatimiz ortib borayapti. Xususan, joriy yilda paxta hosilining 73 foizi paxta-toqimachilik klasterlari hissasiga togri keldi, 1,3 milliard AQSh dollari qiymatidagi 1,5 million tonna meva-sabzavot eksport qilindi. Eng muhimi, bu boradagi ishlar kelgusida yanada keng kolam kasb etib boraveradi. 2020 yilda meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini 2,5 milliard dollarga, yaqin uch yilda esa 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qoyilgan.

2020 yilda ham innovatsiyaga asoslangan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ishlari davom ettiriladi.Xorazm viloyatida 7 gektar maydonda yangi qurilayotgan zamonaviy issiqxonada yiliga 175 tonna eksportbop qovun yetishtirish yolga qoyiladi.Hindistonning «Kalash Seeds» seleksiya kompaniyasi bilan birgalikda Andijon viloyatining Asaka tumanida yuqori texnologik urugchilik klasteri tashkil etiladi.

AQShning Valmont Industries kompaniyasi bilan hamkorlikda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanining 100 gektar maydoniga yomgirlatib sugorishning zamonaviy texnologiyasi joriy etilib, boshqa hududlarda ham bu borada olib borilayotgan ishlar kolami yanada kengayadi. Janubiy koreyalik kompaniyalarning investitsiyalari hisobiga Samarqand va Jizzax viloyatlarida oq magzli yarim pakana yongoqning kochatzor plantatsiyasi barpo etiladi, uning nihollari boshqa viloyatlarga ham yetkazib beriladi. Bu loyihaning ahamiyatli tomoni, yetishtirilgan yongoqlarning aksariyat qismi eksport qilinadi.Sabzavot va poliz ekinlari urugchiligi boyicha ish boshlaydigan stansiyalarning faoliyati ham asosan shu maqsadga yonaltiriladi. Xususan, Buxoro viloyatining ozida yaqin istiqbolda 50 ming gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar qurish belgilangan.

Kelgusi yildagi innovatsion loyihalarga doir misollarni yana koplab keltirish mumkin. Yana bir muhim tomoni, hududlarning innovatsion rivojlanishini tashkil qilish va takomillashtirish maqsadida har bir viloyatning 2030 yilgacha bolgan muddatga moljallangan dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Mazkur dasturlar iqtisodiyotning barcha sohalarini oz ichiga oladi, ularning ozaro uygunlikda ishlashini taminlaydi.

Yaqin istiqbolda boshqa sohalardagi kabi qishloq xojaligiga doir innovatsion dasturlarda ham katta-katta maqsadlar qamrab olingan. Prezidentimiz etirof etganidek, yuksak marralarga erishishda Konstitutsiyamizda belgilangan huquqlarimiz bizga rahnamo boladi, kuch-qudrat manbai bolib xizmat qiladi. Demakki, ezgu orzu-intilishlarni ifoda etgan islohotlar jadal davom etadi. Nafaqat davom etadi, balki yangi, yanada yuksak bosqichga kotarilib boraveradi.

Axtam DOLIYeV,

Ozbekiston Respublikasi Innovatsion

rivojlanish vazirligi bolim boshligi


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: