O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Fevral 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 1
10.12.2019

OZODLIK ShUKUHIDAN ORTIQ BAXT BORMI...

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan “Jazo muddatini otayotgan, qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qat’iy otgan bir guruh shaxslarni afv etish togrisida”gi farmonni imzoladi. Bu hujjat koplab oilalarga qoshaloq bayram shukuhini ulashdi.

Darhaqiqat, adashib huquqbuzarlik yoliga kirgan va sodir etgan qilmishidan chin dildan pushaymon bolgan insonlarga yana bir bor imkon berish, ularni togri yolga, oilasi bagriga qaytarish ozini insonparvar davlat, deb biladigan har qanday mamlakat oldidagi muhim masalalardan biridir.

Prezidentimizning farmoniga muvofiq, jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo otayotgan hamda qilmishiga chin kongildan pushaymon bolgan va tuzalish yoliga qatiy otgan 92 fuqaro afv etildi, ulardan 20 nafari jazodan toliq ozod etiladi, 37 nafari shartli ravishda muddatidan avval ozod etiladi, yana 16 nafar shaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilrogiga almashtiriladi, bir soz bilan aytganda, jazoni ijro etish muassasalaridan hamda probatsiya xizmati organlari hisobidan chiqariladigan fuqarolar soni 73 nafarni tashkil etadi. Bundan tashqari, yana 19 shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etish korinishida belgilangan jazo qisqartiriladi.

Mamlakatimiz hayotiga tatbiq qilingan avf etish instituti tom manodagi insonparvarlik ifodasi bolib, mohiyatida insonparvarlik, kechirimlilik, bagrikenglik kabi tushunchalar yotadi. Bugun afv etilgan yurtdoshlarimiz ushbu tamoyillarni oz hayotida his qilmoqda.

Jazodan ozod qilingan yoki muddati qisqartirilganlar ham oz fuqarolarimiz, oz mahalladoshlarimiz. Albatta, ularning ham uyda intiq kutayotgan ota-onasi, akasi, singlisi, yoru birodari, farzandlari bor. Jazoni ijro etish muassasalarida otadigan bir yil, hatto bir kun, bir soat nafaqat mahkumlarning ozi, balki oila azolari uchun ham ogir kechishi hech kimga sir emas.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bagriga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugullanishi, soglom turmush tarzini yolga qoyib, jamiyatda munosib orin topishiga komak berish boyicha mahallalarimiz oldida katta vazifa turibdi. Azaldan yiqilganni suyash, adashganga togri yol korsatish, egri yolga qadam bosganlarni jamoatchilik orqali tarbiyalashdek ijtimoiy ahamiyatga ega vazifalarni bagrikenglik va adolat bilan uddalab kelayotgan fuqarolar yiginlari afv etilgan kishilarga ham oz bagrini ochadi, chin dildan komaklashadi, albatta.

Qabul qilingan farmon asosida koplab odamlar ozodlikka chiqadi, koplarining jazosi yengillashtirilmoqda. Bu esa yuzlab oilalarning xursandchiligi degani. Axir oila toliq bolishidan, ozodlik shukuhidan ortiq baxt bormi, dunyoda.

Albatta, avf etilganlarning jamiyatga moslashuvini taminlash oldimizda turgan galdagi dolzarb vazifalardan sanaladi. Bu jarayonda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, hamkor tashkilotlar – Nuroniy jamgarmasi, Xotin-qizlar qomitasi, Yoshlar ittifoqi, Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi yanada faollik korsatadi. Zero, ushbu yurtdoshlarimizning jamiyatda ornini topishi, mahalla-koyga qoshilishi, zarur mehnat va yashash sharoitiga ega bolishi, umuman olganda, soglom turmush tarziga qaytib, boshqa adashmasligi barchamizga bogliq.

Jamiyatning asosiy bogini bolgan oilaning jam bolishi, ayniqsa, oila boquvchisi, tarbiyachisi bolgan ota-onaning uyga qaytishi juda chuqur manaviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mazkur farmon ayni vaqtda oilaning davlat muhofazasida bolishiga ham xizmat qiladi.

Qolaversa, kechirilgan har bir shaxs oziga bildirilgan ishonchni oqlab, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlarga munosib hissa qoshishi, jamiyatda oz ornini topishiga ishonamiz.

Shavkat JAVLONOV,

Fuqarolarning ozini ozi boshqarish

organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boyicha

Respublika kengashi boshqaruvi raisi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: