O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.10.2019

Ikki yoshli bolasi bor onalar uyda otirishga majbur

Ularning ishlash huquqi cheklanmayaptimi?
Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish 3 yosh etib belgilangani haqida turlicha fikrlar bildirilyapti.
Albatta, yoshni tanlashda bolaning jismoniy, ruhiy-psixologik va boshqa tomonlama o‘zini tolaqonli eplay olishi nazarda tutilgan. Bola hayotining dastlabki yillarini koproq onasi bilan otkazgani yaxshi, albatta. Chunki hech kim bolaga oz onasidan mehribonroq, yaxshiroq qaray olmaydi.
Biroq masalaga boshqa jihatdan yondashadigan bolsak, bu borada kopchilikni qiynayotgan muammolar borki, ulardan koz yumib bolmaydi. Yosh bolasi bor ayollar bilan suhbatlashib qolgudek bolsangiz ularning haqli etirozlarini eshitib qolasiz:
– Bolalarni uch yoshdan bogchaga qabul qilinishi bizga yaxshi bolmadi-da. Hozir uch yoshgacha bolaga qarab otiradigan zamonmi? Ayol ishlamasa, rozgorning bir uchini tortishib, eriga komaklashmasa bolmaydi. Avvalgi zamonlardagidek qaynonaga “bolamni boqib bering!” deyishga haqqimiz yoq. Ularning ham oz ishi, tashvishi bor. Xususiy bogcha yoki enaga yollash falon pul, deydi onalardan biri.
Turmush ortogim ikkimiz maktabda ishlaymiz. Kelin bolib tushgan oilam juda katta. Shu tufayli qaynonam "Ozlaringga alohida uy olinglar", dedilar. Turmush ortogim bilan kelishib, kreditga uy oldik. Yangi uyga kochib otdik. Bu orada farzandimiz tugildi. Ishxonamdan bola tarbiyasi uchun tatil oldim. Oilani ham moddiy jihatdan taminlashga, ham kredit tolashga turmush ortogim imkoniyati yetmayapti. Bolam ikki yoshdan oshdi. Bemalol ovqatini ozi yeydi, gapiradi, hojatga borishini aytadi. Uni bogchaga berib, ishga chiqmoqchi edim...
Bogchalarda ikki yoshli bolalar uchun kichik guruhlar tashkil qilinishini istardim, deydi yana bir yosh ona.
Shunday muammolar yuzasidan dardini kimga aytishni bilmay yurgan ayollar, onalarimiz kam emas. Maktabgacha talim muassasalari faoliyatini rivojlantirish ishlari jadal ketyapti. Ammo muammolar hali-hanuz barham topgani, ayrim otkir savollarga javob topilgani yoq. Bu boradagi muammolarni yaxshilab organib, nuqta qoyish vaqti keldi. Ayol ishlashga muhtojmi, demak, u bunga haqli. U oilasi uchun, farzandlarining kelajagi uchun ishlash istagida bolsa, uning bu xohishini cheklash notogridir. Chunki bu ayollarning mehnat huquqi cheklanishiga olib kelishi mumkin.
Mehnat kodeksi 233-moddasiga muvofiq ayollarga tuqqunga qadar yetmish kalendar kun va tuqqanidan keyin ellik olti kalendar kun (tugish qiyin kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugilgan hollarda — yetmish kalendar kun) muddati bilan homiladorlik va tugish tatillari berilib, davlat ijtimoiy sugurtasi boyicha nafaqa tolanadi. Ana shu muddatdan keyin ayollar ishga chiqish huquqiga ega ekanini ham esdan chiqarmaslik kerak.
Oramizda oziga toq va tinch oilalar kam emas. Bunday oilalarda yashayotgan ayollar istasa, bola tarbiyasi bilan shugullanib uyda otirishi mumkin. Agar xohlasalar hech ikkilanmay xususiy bogchaga farzandini bera oladi.
Ammo hammaning ham moddiy tomondan bunga qurbi yetmaydi. Takidlab otganimdek, zamon shiddat bilan ozgarib bormoqda. Odamlar ham zamonga qarab yashashni organmoqdalar. Fuqarolarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishib, kreditga uy va boshqa narsalar xarid qilishmoqda. Demak, ayrim oilalarda faqatgina erkakning topgani kifoya qilmayapti. Yaxshi yashash uchun ayollar ham ishlashga intilmoqdalar. Bu intilishni togri tushunish va imkoniyat yaratish dolzarb masaladir.
Yechilmaydigan va hal bolmaydigan muammoning ozi yoq. Shunday ekan, ikki yoshli farzandlari bor ayollarimizni oylantirib turgan muammo ham albatta oz yechimini topadi, deb umid qilamiz.

Dilbarxon MAMAJONOVA,
Ozbekiston XDP Fargona viloyat kengashi raisi,
xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: