O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.10.2019

Yuragingda yurtga mehr guli unsin

Prezidentimizning topshirig‘iga kora, xalqaro YuNISEF tashkiloti bilan hamkorlikda Iroq davlatida sarson-sargardonlikda yurgan Vatanimizning 64 nafar farzandi yurtimizga qaytarildi. Ularning orasida uch yoshgacha bolgan norasidalar ham bor...
Oqib, eshitib ona qalbim qalqib ketdi. Ozbek millati mana shunday millat ekani butun dunyoga ayon boldi. Xato ham, gunoh ham, jazo ham ularni dunyoga keltirib, murgak qalblarini qonatgan ota-onalarining boynida. Yurt yuziga oyoq qoyib, ozga yurt tuprogini kozga surtgani ketgani rost. Xato qilgani rost, gunohga botgani rost, ammo bu norasidalar bizning millatning bolalari-ku! Ozbek, ozbek bolib tugilib va shu maqomda tuproqqa bosh qoyishi kerak.
Ozga yurt tuprogida bir tishlam nonga zor bolib sargayib yurgan bolalar, dard tortsa, darmon topolmaydigan zulmatlarda yurganlar, maktab kormagan, kitob ushlamagan, nobakor otasining yuzini bir marta kormagan bolalar bular... Yaxshi boldi. Ular oz tuprogiga qaytishdi.
Odamzotning bu omonat dunyoga kelib-ketishi har kunlik hodisa. Shunday ekan, dunyoga kelish sanogida 64 nafar bola unchalik katta ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Shunday ekan nega bizning Prezidentimiz qancha mashaqqatlar bilan osha bolalarni Ozbekistonga olib keldi? Nega ularning tashvishini gardanimizga olyapmiz? Ota bolib bagrimizga bosib, ona bolib boshini silayapmiz.
Gap shundaki, muhtaram Yurtboshimiz butun dunyoga ozbekona MEHR qudratini namoyon qilmoqda. Jaholat, beaqllik, adashish, andishasizlik osha begunoh godaklarni yupun, qorqoq, har sharpadan hadiksiraydigan qilib qoyganidek, mehr ularni odamiylik martabalariga kotaradi. Ertaga ularning murgak qalblariga mehr-muhabbat, ishonch kiradi. Ular odamzotni, hayotni sevadi. Har birining qalbiga ekilgan mehr urugidan, ehtimol, 64 ming muhabbat daraxtlari kokarib, yurtni obod etsa, ajab emas...
Ularning ota-onalari ozlarining xatolari tufayli begona, musofir yurtda jazo tortmoqda. Bolalarini olib kelib, panohimizga olishimiz “Oliging, tirigingga faqat Ona yurting egalik qiladi”, degan azaliy qadriyat tasdigi emasmi? Tort devor ichida jazo otayotgan mahkumalar-ku endi hech narsa qila olmaydi. Xudoga shukur, zurriyodim ishonchli qollarda, deb yiglashi mumkin, xolos. Faqat kozi ochiqlar, ochiqda yurib adashishga moyil bolganlar oxiru avval himoya yurtingdan ekanini bilishlari kerak.
Bolalik paytimda dunyoda onamdek pahlavon bolmasa kerak, deb oylardim. Onamning yuvilaverib yupqalashib ketgan obravon koylagining peshi mening himoyachim edi. Shamoldan berkinardim, yuz-kozim kirlansa artardim, qorongulikdan qorqsam kozimni tosardim, eng asosiysi, undan rayhonning ifori kelardi. Bu begunoh bolalar ham onasining peshidan tutgan. Onasining panohida jaholat botqogi tomon ketib borgan. Ammo koylak etaklaridan nonu rayhon isi emas, qon isi kelardi... Otalar godaklarini erkalab osmonga otsa ham qorqib yiglash orniga qiqirlab kuladilar. Ishonchi, suyangan togi borligi, qaytib yerga emas, otasining qoliga tushishini osha godak ham biladi. Shu bois kuladi, erkalanadi. Yurtga qaytgan bolalarning otalari esa oz qollari bilan godagini dozax azobiga otgan.
Umid izlagan kozlarga erta-indin nafrat inmasdan turib, mehr izlagan yuraklarga isyonlar in qurmasdan turib, panoh izlab chozilgan qollarga qurol tushmasdan turib yaxshiyam bagrimizga qaytdi. Endi osha qora ridoga oralgan onaning qalbi qonasa ham, endi yurt yuziga oyoq bosgan otalar izidan borguvchilar olislab ketgan bolsa ham, bizning qilgan ishimiz xayrlidir. Ortga yol yoq. Ular Yurtboshimiz mehridan bahra olib, ezgulik nuridan taft olib ulgayadi, endi. Ulugbeklar, Temurlar, Zulfiya, Saidalar bor bularning orasida. Bolalarni jannat rayhonlari, deya suyub-e’zozlagan paygambarimiz Muhammad (s.a.v) har bir bola dunyoga toza fitrat bilan kelishini marhamat qilganlar. Uning qanday inson bolib yetishishi tarbiyaga, atrofdagilarning unga bolgan munosabatiga bogliq. Bolaning top-toza, begubor qalbida ezgulik urugini undirish, har qanday zulm, haqsizlik va yovuzliklardan asrash bizning insoniylik burchimizdir.

Bandi boldi, bandimizdan uzilganlar,
Niholini nobud qilmay olib qaytdik.
Jaholatning tuprogida chozilganlar,
Boshin silab, kelar paytda alla aytdik.
Mehr berdik, nurlar bilan oyna bolam,
Yuragingda yurtga mehr guli unsin.
Sen otangdek xato qilib qoyma bolam,
Yurtin yovga alishganning kuni qursin.

Munavvara USMONOVA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: