O'zb  
 
08.10.2019

ISLOM HAMKORLIK TAShKILOTI KOMISSIYaSINING YaNGI AZOLARI QASAMYoD QABUL QILDILAR

Avval xabar berilganidek, Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Inson huquqlari bo‘yicha mustaqil doimiy komissiyasi oz yillik seminarlarining oltinchisini 2019 yil 7-8 oktabr kunlari Toshkent shahrida otkazmoqda.

Ushbu xalqaro anjuman «Tinchliksevar, demokratik jamiyatlar barpo etish va barqaror rivojlanish yolida yoshlar huquqlarini ragbatlantirish va himoya qilishning ahamiyati» mavzusida tashkil etilmoqda.

Poytaxtimizda 6 oktabr kuni mazkur xalqaro seminarga tashrif buyurgan IHT Inson huquqlari boyicha mustaqil doimiy komissiyasining Birlashgan Arab Amirliklari, Gabon, Ozarbayjon, Pokiston, Uganda va Kuvayt davlatlaridan saylangan yangi a’zolarining qasamyod qabul qilish marosimi bolib otdi. Tadbirni Komissiya raisi Akmal Saidov boshqardi.

Inson huquqlari boyicha mustaqil doimiy komissiya tarkibi 18 nafar azodan iborat. Komissiya Nizomiga muvofiq, IHT Bosh kotibi idorasi Komissiya azoligiga nomzodlar royxatini tuzadi va IHTga azo davlatlar bilan muvofiqlashtiradi. Bunda nomzodlardan har biri inson huquqlari sohasining muayyan sohasiga ixtisoslashgan va bu borada tajriba orttirgan bolishi hisobga olinadi.

Songra nomzodlar royxati IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashiga taqdim etiladi. IHT Inson huquqlari boyicha mustaqil doimiy komissiyasi azolari mazkur Kengash tomonidan uch yil muddatga, bir marta qayta saylanish imkoniyati bilan saylanadilar.

Komissiya azoligiga bitta mamlakatdan ikki nafar ekspert bir vaqtning ozida saylanishi mumkin emas. Nomzodlarni tanlash jarayonida IHTga azo davlatlar ozlarining eng mustaqil, xolis, halol va tajribali vakilini tavsiya qilishi talab etiladi.

Saylovda IHTga azo mamlakatlar ortasida teng geografik taqsimot taminlanadi. Bu talab Komissiyaga arab mamlakatlaridan 6 nafar, Osiyo qitasidan 6 nafar va Afrika qitasidan 6 nafar azo saylanishi zarurligini anglatadi.

Yangi saylangan Komissiya azolarining 3 yillik muddati Komissiya tarkibini tark etuvchi azolarning muddati nihoyasiga yetganidan keyin otkaziladigan navbatdagi birinchi sessiyadan etiboran boshlanadi. Agar muddati tugagan vakil orniga yangi azo saylanmagan bolsa, amaldagi vakil Komissiyaning yangi azosi saylanishiga qadar oz faoliyatini davom ettiradi.

IHT Inson huquqlari boyicha mustaqil doimiy komissiyasining Tartib-taomillari qabul qilingan. Ushbu hujjatning 6-qoidasida Komissiya azolarining mustaqilligiga doir maqomi mustahkamlangan.

Birinchidan, Komissiya azolari mustaqil ekspertlar sifatida faoliyat olib boradilar. Ular ozlarining shaxsiy yondashuv va qarashlarini ifoda etadi.

Ikkinchidan, Komissiya azolari oz faoliyatini amalga oshirishda har doim yuksak professionallik, adolatparvarlik, mustaqillik, xolislik, qatiylik sifatlarini namoyon etishlari shart. Bu jaryonda Komissiya azolari oz manaviy obro-etiborini, chet tasirlardan xoli ravishda, muntazam oshirib borishlari lozim.

Komissiya azosi oz vakolatlariga kirishishidan oldin “Qasamyod marosimi” deb yuritiladigan tantanali tadbirda quyidagi mazmunda bayonot beradi:

Men oz vazifalarimni yuksak professionallik, adolatparvarlik, mustaqillik, xolislik, qatiylik bilan, chet tasirlardan xoli ravishda bajarishga tantanali bayonot beraman va bu yolda Yaratgan Egam menga madadkor bolsin.

Toshkent shahrida bolib otgan tantanali marosimda IHT Inson huquqlari boyicha mustaqil doimiy komissiyasining yangi azolari Ahmad Azzam bin Abdurrahmon, Boushshogou Mboin Farafina, Kamadi Biyobnabiy, elchi Aslam Tasnim, professorlar Sayyid Muhammad Algufli va Aydin Safixanli qasamyod qabul qildi.

Tadbirda yangi azolarga Komissiyaning tuzilishi, tarixi, maqsad va vazifalari haqida axborot berildi.

Inson huquqlari boyicha

Ozbekiston Respublikasi

Milliy markazining

Matbuot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: