O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.10.2019

18 yillik muammo hal boldi

Xalq demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zosi Aksaule Tumishova o‘zi saylangan okrugida, yani Navoiy viloyatining Zarafshon shahri, Uchquduq tumanida bolib xalq bilan bevosita muloqotlar otkazdi. Aholini tashvishlantirayotgan muammolarni organdi, tahlil qildi.

Yuzma-yuz muloqotlar davomida yechimini kutayotgan bir qator muammolar borligi malum boldi. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 10-dekabrdagi 594-sonli qarorining 4-bandiga asosan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlarida va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududidagi byudjet tashkilotlari va muassasalari ishchi xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun har oylik taqdirlash puli joriy qilingan.

Yuqorida korsatib otilgan hududlardagi byudjet tashkilotlari ishchi xodimlari ish joyini ozgartirsa yoki byudjetdan moliyalashtirilmaydigan korxona yoki tashkilotda ishlab, keyinchalik qaytadan byudjet tashkilotlariga ishga qabul qilinsa, uning oldingi ish staji davri hisobga olinmasligi hamda yangidan ish boshlagan va uzluksiz ish davri hisobga olinishi yuzasidan etirozlar bildirilgan edi.

Shuningdek, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet tashkilotlari va muassasalarida kop yillik mehnati uchun ishchilarga oylik tolovlar tolash tartibi togrisidagi Nizomning (Adliya vazirligidan 13.04.2001 yil 1026-son bilan royxatga olingan) 3-bandida mazkur hududlardagi byudjet tashkiloti muassasalarida ishlovchilarga har oylik ustamalarni olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar kiritiladi:

a) Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlarida va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan byudjet tashkilotlari va muassasalarida ishlagan davri;

b) xodim haqiqatda ishlamagan bolib, biroq amaldagi qonunchilikka muvofiq Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan byudjet tashkilotlari va muassasalarida uning ish joyi saqlangan davri.

Mazkur Nizomda Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan byudjet tashkiloti yoki muassasasi ishchi xodimlarining ish staji qanday holatlarda uzluksiz, deb hisoblanishi aks ettirilmagan.

Shundan kelib chiqib, Aksaule Tumishova Moliya vazirligiga hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik tolovlar tolash tartibi togrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarorga ozgartirish va qoshimchalar kiritish boyicha deputatlik sorovi bilan murojaat qilgan.

Natijada Ozbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga, «Normativ-huquqiy hujjatlar togrisida»gi Ozbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik tolovlar olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqishni tartibga solish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligi qarori qabul qilindi.

2001 yil 13-apreldagi 1026-son bilan royxatga olingan Nizomga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019 yil 15 avgustdagi 9-2019/k/q, 32-son qarori bilan ozgartirishlar kiritildi.

Unga kora, Nizomning nomi Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik tolovlar tolash tartibi togrisidagi nizomni tasdiqlash haqida, deb yangi tahrirda bayon etildi.

1-bandning yangi tahriri “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik tolovlar tolash tartibi togrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin”, deb belgilanmoqda.

1-band quyidagi tahrirda bayon etilishi belgilanmoqda:

Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik tolovlar, xodimning yuqorida keltirilgan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Ish stajiga kora, Oylik tolovlarning miqdori, oylik tarif stavkasining yoki lavozim okladining ulushida belgilanadi

3 yilgacha 0,25

3 yildan 5 yilgacha 0,5

5 yildan ortiq 0,75

Ozgartishlarga asosan 3-bandning 1 va 2-kichik bandlari ham yangi tahrirda bayon etilmoqda. Shuningdek, quyidagi mazmundagi 31-band bilan toldirilmoqda. Yani, mulkchilik shaklidan qati nazar, boshqa tashkilotdan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi byudjet tashkilotlariga ishga kirganda, ish staji saqlanib qolishi qayd etiladi.

Bir qarashda oddiy korinadigan ana shu ozgartish Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi minglab yurtdoshlarimizning haq-huquqi taminlanishiga, daromadi yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirliklari rahbariyatiga hamkorlikda ish olib borgani uchun oz minnatdorchiligimizni bildiramiz, deydi deputat.

OzXDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: