O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
10.09.2019

OHANGARON KENGASHI RAISI ENDI JIM TURMAYMIZ, DEDI

O‘zbekiston XDP Toshkent viloyat kengashi Ohangaron tumanidagi mahallalarda aholi vakillari bilan ochiq muloqot otkazdi.

«Oybuloq» mahallasidagi muloqotda 50 ga yaqin fuqaro turli muammolarni kotardi. Masalan, Yangi bino qishlogi Istiqlol, Guliston kochalarida yashovchi fuqarolardan ichimlik suvining tanqisligi, elektr energiyasi ta’minoti bilan bogliq nosozliklar, yollarning tamirtalabligi masalalari yuzasidan murojaatlar tushdi.

Guljamol Qurbonova yuqori kuchlanishli elektr simlari uyining tomiga tegib turishi, namgarchilik paytida baxtsiz hodisa roy berishi mumkinligi haqida gapirdi. Fuqaro kop marotaba turli tashkilotlarga murojaat qilgani, lekin natija bolmaganini aytdi.

Yana bir fuqaro olis hududlarda yashaydigan maktab oquvchilari uchun avtobuslar qatnovini yolga qoyish masalasini kotardi. Nishongul Qurbonova esa 2-guruh nogironligi bor farzandi Dilbar Turonova oilasi bilan kop qavatli uyning 4 qavatida yashashini, bu katta qiyinchiliklar keltirib chiqarayotgani, shuning uchun Dilbarga birinchi qavatdan uy berilishini soradi.

Ochiq muloqotda murojaatlar mutasaddilar ishtirokida korib chiqildi.

Yalpoqtepa mahallasida ham muloqot bolib otdi. Unda fuqarolardan kundalik hayot uchun zarur bolgan masalalardan tortib, viloyat miqyosida hal etilishi kerak bolgan muammolargacha kotarildi. Kimdir avtomobil qatnovi kop bolgan hududlarda yol chiroqlar, piyodalar otish joylari yoqligi haqida aytsa, boshqalar ichki yollarning ayanchli holatidan kuyunib gapirdi.

— Murojaatlarning aksariyati yollar, kommunal xizmat sifati, tabiiy gaz va elektr energeyasi masalalari bilan bogliq, deydi Ozbekiston XDP Ohangaron tuman kengashi raisi Feruza Xoltorayeva. Uzoq yillar davomida shu masalalarga jiddiy etibor qaratilmagan, mutasaddilar oz ishiga masuliyatsizlik bilan yondashgan. Aks holda, hamma joyda deyarli bir xil muammolar yigilib qolmagan bolardi. Tan olish kerak, bunda partiyamiz faollari, deputatlarning ham katta aybi bor. Endi jim turmaymiz, yuz-xotir, andisha, degan tushunchalarni chetga surib, aholi manfaati uchun harakat qilamiz, kurashamiz. Chunki ijtimoiy muammolarni hal etishning boshqa yoli yoq.

Albatta, partiya faolining gapida jon bor. Biroq gap bilan amaliy ish naqadar uygun bolishini vaqt korsatadi. Oylaymizki, mutasaddilar ham, tashabbus bilan chiqayotgan deputatlar, partiya jonkuyarlari ham murojaatlar qogozda qolishiga yol qoyishmaydi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: