O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
10.09.2019

SAYLOV KAMPANIYASIGA TAYYORGARLIK

yoki muvaffaqiyat qozonish yo‘llari

Ma’lumki, joriy yilning dekabr oyida mamlakatimiz hayotida muhim siyosiy jarayon — parlamentga va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlar bolib otadi. Navbatdagi saylovlar yangi huquqiy demokratik tamoyillar asosida har qachongidan qizgin kurashlar ostida otishi kutilmoqda. Saylov kodeksining qabul qilinishi bilan saylovdagi talab va sharoit yanglandi, siyosiy kuchlar ortasida yanada keng raqobat muhiti yaratildi. Demak, saylovlarga tayyorgarlik korish jarayoni har bir siyosiy partiyadan faollik va tashbbuskorlikni oshirishni talab etadi.

Saylov jarayonida siyosiy partiyaning dasturiy maqsadlaridan jamoatchilik keng xabardor bolishi, ayni paytda partiyaning goyalarini qollab-quvvatlashi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun, avvalo, partiyaning saylovoldi dasturi elektorat muammolari yechimiga bagishlangan va hayotiy bolishi zarur. Navbatdagi vazifa esa partiya dasturiy maqsadlarini keng targibot etish bilan bogliq. Bu borada partiya matbuotidan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalaridan va boshqa targibot vositalaridan keng foydalanish masalalari ustida chuqur oylab korish kerak boladi.

OzXDP Markaziy Kengashi tomonidan shu kunlarda otkazilayotgan siyosiy oquv mashgulotlarida mana shu masalalarga alohida etibor qaratilyapti. 6-10 sentabr kunlariga moljallangan oquv partiya hududiy tashkilotlari masul xodimlar uchun videomuloqot tarzida tashkil etildi. U asosan saylov kampaniyasiga tayyorgarlik korish va unda muvaffaqiyat qozonish yollariga bagishlandi. Shuningdek, mahalliy partiya kengashlari raislari va orinbosarlarining saylovga tayyorgarlik korish boyicha tajribasini oshirish, ularning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash masalalariga ham etibor qaratildi.

Oquvni Namangan viloyat studiyasidan OzXDP Markaziy Kengashi raisi Ulugbek Inoyatov ocharkan, joriy yilda otkaziladigan saylovlarda partiyaning muvaffaqqiyatli ishtirokini taminlashga qaratilgan dolzarb vazifalar xususida toxtaldi.

Mashgulotlar davomida parlament azolari, fuqarolik jamiyati institutlarining mutaxassislari, siyosatshunos olimlar mamlakatimizda koppartiyaviylik tizimini rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asoslari haqida soz yuritishdi. Saylov kampaniyasi taktikasi, partiya va nomzodlar imijini shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Saylovoldi dasturini ishlab chiqish tajribalari, saylovoldi targibot-tashviqot ishlari tasirchanligini oshirish boyicha saboq berildi.

Faoliyatimizga doir qonunchilik, partiya imijini mustahkamlash, saylovoldi debatlarni kuchaytirish masalalari hamisha ustuvor bolib kelgan, deydi OzXDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Mehrojiddin Darxonov. Oquv jarayonida ham mana shular haqida atroflicha fikr almashdik. Partiyamiz tizimida ishlayotgan kadrlar siyosiy kurashlar boyicha yaxshi tajribaga ega. Buni ularning bir-biri bilan muloqotga kirishishi, dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda bahs-munozara yuritishi, oz fikrlarini erkin bayon etishida kop kuzatganman.

Deputatlikka munosib nomzodlarni tanlash bilan bogliq masalalar yuzasidan ham amaliy tavsiyalar berildi. Saylovoldi soglom raqobatini shakllantirish maqsadida OAV bilan ishlash usullari tushuntirildi.

Oquv mashgulotlarida mavzular erkin suhbat, munozara shaklida bolib otmoqda. Darslar innovatsion texnologiyalar orqali tashkil etilmoqda.

Bugun odamlarning siyosiy ongi, saviyasi ancha yuksalgan, deydi OzXDP Oqqorgon tuman kengashi raisi Zulhaydar Chintashev. Oquv kursida mutaxassislardan olayotgan bilimimiz kelgusi faoliyatimizda qol keladi, deb hisoblayman. Interaktiv darslar davomida partiyamiz Saylovoldi dasturidagi goya va maqsadlar ahamiyatini odamlarga yetkazish boyicha ham mutaxassislar, siyosatshunoslar oz takliflarini berishdi. Eng muhimi, saylov, amaliyotidagi yangi usullar bilan tanishdik, zamonaviy texnologiyalarni qollash boyicha malakamizni oshiryapmiz.

Siyosiy oquvning malum mavzularga bagishlangan bu galgi mashgulotlari bugun nihoyasiga yetadi. Navbatdagi jarayonlar bilan gazetamizning kelgusi sonlarida tanishtirib boramiz.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: