O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
03.09.2019

Qurilish materiallari sanoatida yonginga chidamli qurilish materiallari ishlab chiqariladi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi institutida «Ozsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi bilan hamkorlikda Yonginga chidamli qurilish materiallari yaratishning dolzarb muammolari va yechimlari mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman bolib otdi.

Anjumanda Ozbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish, Oliy va orta maxsus, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Fanlar Akademiyasi, Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining Respublika yosh olimlar assotsiatsiyasining mas’ul xodimlari hamda xavfsizligi yonalishida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy talim muassasalarining professor-oqituvchilari, yosh olimlar va iqtidorli talabalar hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning vakillari ishtirok etdi.

Ilmiy-amaliy anjumanda qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida yongin xavfsizligini taminlashda mavjud dolzarb muammolar yuzasidan keng miqyosli muhokama otkazilib, mahalliylashtirish dasturi asosida yangi, zamonaviy, yonginga chidamli qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarish, oz navbatida import ulushini kamaytirish, ichki bozorni qurilish materiallariga bolgan talab-ehtiyoji qondirilishini taminlash masalalari korib chiqildi.

Shuningdek, tadbirda bugungi kunda qurilish materiallari sanoatida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va tarmoqni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish dasturi asosida yangi zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni ishlab chiqarish, oz navbatida import ulushini kamaytirish, ichki bozorning qurilish materiallariga bolgan talab-ehtiyoji qondirilishini taminlash masalalariga alohida etibor qaratilayotganligi togrisida fikr-mulohazalar ham bildirildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan va respublika hududiga chetdan olib kirilayotgan qurilish materiallarining aholi turar-joylari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obektlarining yongin xavfsizligini taminlashdagi orni muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Boisi, malumotlarga kora, sodir bolayotgan yonginlarning aksariyati yongin xavfi yuqori sanalgan qurilish materiallarining termik parchalanishi natijasida odamlar kuchli zaharlanib, hayotdan koz yummoqda. Bunday holatlarning oldini olish va yonginga xavfsiz qurilish xomashyolarini yaratish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishlarni yanada jadallashtirish borasida soha mutaxassislari bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Tadbir doirasida yosh olimlar, professor-oqituvchilar va iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan ixtirolar, innovatsion ishlanmalarning namoyishi hamda yetakchi nashriyotlar tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Shuningdek, anjumanda faol ishtirok etgan professor-oqituvchilar, yosh olimlar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarga maxsus sertifakatlar topshirildi.

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: