O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
03.09.2019

AYOLLAR FAOL BOLMASA...

O‘zbekiston XDP Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan Ozbekiston tarixi davlat muzeyida yurtimizning faol ayollari, huquqiy va ijtimoiy asoslar mavzusida otkazilgan davra suhbatida faol xotin-qizlar, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Dastlab Toshkent shahar partiya kengashi raisi Nigora Eshmetova yigilganlarni Mustaqilligimizning 28 yillik bayrami bilan tabriklab, istiqlol davrida ayollarimiz uchun yaratilgan keng imkoniyatlar, jumladan, ularning huquq va manfaatlarini kozlab qabul qilinayotgan qonunlar, imzolanayotgan farmon va qarorlar xususida atroflicha ma’lumot berdi.

— Bugun, mubolaga emas, yurtimizning barcha hududlari, shahar-qishloqlari, mahalla-koylarida jadallik bilan olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga barchamiz guvohmiz, dedi u oz sozida. Bunday ezgulikka daxldor ishlar, aytish mumkinki, vatandoshlarimizning qalbida ham amalga oshmoqda. Demak, bu kabi savobli amallarning barchasi mustaqillik tufayli royobga chiqmoqda.

Har qanday yutuq yoki natijaga katta mehnat evaziga erishiladi, dedi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan stomatika shifoxonasi bosh shifokori Gulnora Mirsaidova. Bu, tabiiyki, hayot qonuni. Masalan, ozimdan qiyos, ilk mehnat faoliyatimni Toshkent viloyati stomatika shifoxonasida oddiy shifokorlikdan boshlagandim. Amaliyot bilan ilmni uygunlikda olib borganligim bois nomzodlik dissertatsiyamni himoya qildim. Bugungi kunda jamiyatdagi faollikning ildizi mening nazarimda oilada ham mustahkam bolishi kerak. Shu manoda mening ham an shu mittigina «vatan»da oz ornim, qadr-qimmmatim bor deb oylayman. Voyaga yetayotgan farzandlarimizni ona yurtimizga sadoqatli insonlar sifatida tarbiyalashga harakat qilyapmiz. Qolaversa, siyosiy partiyaning azosi bolibgina qolmay, jamiyatdagi xotin-qizlarning faolligini oshirish borasida ham yangiliklar qilishga urinyapman. Har bir tashabbusim oz samarasini berayotganidan ruhlanyapman. Chunki bir ayolga juda katta narsa kerak emas hayotda, asosiysi, tinchlik, xotirjamlik bolsa, shuning ozi katta davlat-da!

On toqqiz yildan buyon ilm maskanida ishlab kelyapman, deydi poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 20-maktab direktori, faol ayollar qanoti raisi Shahnoza Qosimova. Ayni paytda maktabimizda 60 nafarga yaqin xotin-qiz, on nafardan ortiq erkak oqituvchi faoliyat olib boradi. Albatta, katta jamoani boshqarish, ishni togri tashkil etish oson emas. Buning uchun bilim, atrofdagilarning qollab-qovvatlashi zarur. Baxtim esa ayollarni qadrlaydigan yurtda yashayotganim va mehnat qilayotganimda, deb oylayman.

Qizgin savol-javob, munozara ruhida kechgan davra suhbatida Ozbekiston tarixi davlat muzeyi direktori Jannat Ismoilova, Toshkent shahar Oila ilmiy-amaliy markazi rahbari Farida Abdurahimova, xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashi deputati, yuridik fanlari doktori Gulchehra Tolaganova sozga chiqib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: