O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.09.2019

SOGLOM AVLOD YuRT TAYaNChI

Tarixdan ma’lumki, sog‘lom avlod masalasi – butun bir xalq, millat taqdiri masalasi sanaladi. Zero, mamlakat kelajagini har tomonlama soglom, marifatli va bilimli avlodlar yuksaltirgan va himoya qilgan.

Ozbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq soglom avlodni tarbiyalash davlat siyosati miqyosiga kotarildi. Otgan davr mobaynida juda katta islohotlar amalga oshirildi. Xususan, 1993 yil 4 mart kuni Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Farmoniga muvofiq mustaqil Ozbekistonning birinchi ordeni — «Soglom avlod uchun» tasis etildi. Shuningdek, Soglom avlod uchun xalqaro xayriya jamgarmasi tashkil etildi.

Ushbu ulkan ezgu ishlardan kozlangan niyatlar ham katta edi. Bosh maqsad, bosh goya Farzandlarimiz bizdan kora kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bolishlari shart!

Bu borada eng avvalo huquqiy-meyoriy bazani takomillashtirish, millat genafondini yaxshilash, aholi ortasida soglom turmush tarzini shakllantirish boyicha ulkan ishlar amalga oshirilgani barchamizga malum.

Malumki, respublikamizda davlat miqyosidagi ishlarni amalga oshirish maqsadida har bir yilga alohida nom berish ananasi mavjud. Otgan yillar davomida soglom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish, onalik va bolalikni himoyalash, aholi salomatligini mustahkamlash, eng chekka hududlarda ham tibbiiy xizmat korsatish tarmoqlarini kengaytirishdek ezgu maqsad yolida qator yillar Soglom bola yili, Soglom ona va bola yili, Oila yili ... deb nomlangan edi. Shular asosida davlat Dasturlari qabul qilinib, tibbiyot sohasida keng islohotlar davom etib keldi.

Otgan yillar davomida qanday qiyinchiliklarga, muammolarga duch kelmaylik, soglom avlod tarbiyasi bir zum bolsa-da boshqa muammolar soyasida qolib ketmadi. Aksincha, mamlakat miqyosidagi yuksak va keng islohotlarning old jarayonlarida turdi.

Millat genafondi haqida soz yuritilganda, birinchi navbatda onalar va bolalar salomatligi, soglom oila va soglom farzand togrisida gamxorlik qilish nazarda tutiladi. Bugungi kunda homilador ayollar va chaqaloqlarda patologiyani barvaqt aniqlashni taminlaydigan zamonaviy perinatal markazlari, Ona va bola skrining markazlari faoliyati takomillashtirilayotgani, tugma va irsiy kasalliklarni tashxislash, davolash va ular profilaktikasining zamonaviy usullari joriy etilayotgani oz samarasini bermoqda.

Soglom avlod uchun xalqaro xayriya fondi kochma tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari 1996 yilda tashkil etilgan edi. Xalq salomatligi yolidagi ana shunday ulug va masuliyatli faoliyat boshlanganiga yigirma uch yildan oshdi. Otgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, chora-tadbirlar bugun yangi bosqichga kotarildi.

2016 yildan boshlab sogliqni saqlash tizimidagi islohotlarga har qachongidan ham katta etibor qaratilmoqda. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sogliqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yonalishlaridan biridir, deya alohida takidlab otdi. Aholiga tibbiy yordam korsatishning zamonaviy tizimini shakllantirish borasida qator ishlarni amalga oshirishga erishildi.

Otgan davrda qishloq vrachlik punktlari, shahar va qishloq oilaviy poliklinikalarini tashkil etish orqali birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini korsatish tizimi yanada takomillashtirildi hamda aholining ushbu xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi. Shoshilinch tibbiy yordam korsatishning yagona markazlashgan tizimi yaratildi, fuqarolarga, jumladan, joylarda yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam korsatuvchi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmogi takomillashtirilishi davom etmoqda.

Bugungi kunda kardiologiya, jarrohlik, koz mikroxirurgiyasi, urologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, endokrinologiya, pulmonologiya va ftiziatriya, akusherlik va ginekologiya, dermatologiya, venerologiya, pediatriya va boshqa yonalishlardagi maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida yuqori sifatli xizmat korsatilmoqda. Ushbu shifo muassasalarida har yili 50 mingga yaqin yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalar bajariladi, 600 mingdan koproq bemorga ambulator xizmat korsatiladi. Olimlarning dolzarb mavzulardagi ilmiy izlanishlari natijasida tibbiyotning yigirmadan ziyod yonalishi boyicha 1000 dan ortiq davolash-diagnostika standartlari ishlab chiqildi.

2016 yil Soglom ona va bola yilida mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablaglari yonaltirildi, farzand korish yoshidagi ayollar, shuningdek, bolalar tibbiy korikdan otkazilib, soglomlashtirildi.

2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb elon qilinib, qabul qilingan Davlat dasturida ham avvalo insonning salomatligi, zamonaviy tibbiy xizmatdan tolaqonli foydalanishi nazarda tutilgan.

Mamlakatimiz sogliqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, korsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga kotarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilgor talim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va oquv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish borasidagi ishlar davom etmoqda.

Oilalarning yashab turgan joyidagi sanitar-gigiyenik sharoitni, oiladagi ruhiy holatni, oila azolarining, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligini tekshirib, tibbiy, ijtimoiy, ruhiy va iqtisodiy yordamga muhtojlarni aniqlash ota muhim vazifa. Shu maqsadda Soglom avlod uchun xalqaro xayriya fondining Tibbiy-ijtimoiy patronaj kochma brigadalari tashkil etildi. Ularning manzilli xizmati orqali qancha oilalar, aholi sogligi korikdan otkazilib, mustahkamlanmoqda.

Ozbekistonda tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida fond tomonidan tibbiy-ijtimoiy markaz (TIM) tashkil etilgan. Mazkur markaz tomonidan oilalarning ahvoli har tomonlama organiladi, guruhlarga ajratiladi, oilaning umumiy holatini yaxshilash maqsadida chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Shu bilan birga, tibbiy-ijtimoiy patronajning natijalaridan kelib chiqqan holda tuman, viloyatlar va respublika miqyosida osib kelayotgan yosh avlodni tibbiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy tarbiyalashga yordam berib keladi.

Bugungi kunda fondning tibbiy-ijtimoiy patronaji 14 kochma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari orqali amalga oshirilmoqda. Bu brigadalar avvalo malakali shifokorlar, mutaxassislar bilan birga zamonaviy moddiy-texnika bilan taminlangan. Fondning respublikamiz barcha viloyatlarida, filiallari, shahar, tumanlardagi tayanch maskanlari, poytaxtdagi Tibbiyot ijtimoiy markazi, hududlardagi Ambulans tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadalari aholi salomatligini saqlash borasida faoliyatni faol, izchil yolga qoydi.

Patronaj xizmatida soglom ona va bola masalasi alohida, aytish mumkinki, yetakchi orin tutadi. Oila avlodlar davomining manbaidir. Soglom bola soglom va ahil oilaning mevasi bolib, soglom onadan soglom bola tugiladi, degan haqiqatni inkor etib bolmaydi.

Tibbiy-ijtimoiy patronaj brigadasi esa har bir oilaning yashab turgan joyi sanitariya-gigiyenasini, oiladagi ruhiy holatini organishda, oila azolarining, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligini saqlashda muhim rol oynaydi. Shuning uchun ham oilada tibbiy madaniyatni oshirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki oila yuqori tibbiy madaniyatga ega bolsa, kop kasalliklarning oldi olinadi.

Ozbekistonda tibbiy-ijtimoiy patronaj tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Soglom avlod uchun fondi tomonidan Tibbiy-ijtimoiy Markaz (TIM) tashkil etilgan.

Mamlakatimizda soglom avlodni kamolga yetkazish maqsadida olib borilayotgan keng kolamdagi muntazam ishlar oz samarasini bermoqda, albatta. Rasmiy malumotlarga kora, tibbiyot sohasidagi kompleks chora-tadbirlar natijasida onalar va godaklar olimi uch barobardan koproq kamaydi. Aholining ortacha umr korish darajasi esa 68 yoshdan 75 yoshga uzaydi.

Hech bir mubolagasiz aytish mumkinki, bugun mamlakatimizda soglom, barkamol avlodni shakllantirish va tarbiyalash, onalik va bolalikni muhofaza etish borasida erishilgan natijalar xalqaro miqyosda etibor va etirofga sazovor bolmoqda. Xususan, Savt the children (Bolalarni asraylik) xalqaro tashkiloti reytingiga kora, Ozbekiston bolalar salomatligi togrisida eng kop gamxorlik korsatadigan dunyodagi onta mamlakat qatoridan joy olgan.

Aholining reproduktiv salomatligini taminlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada yaxshilash, Oila institutini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida davlat tuzilmalari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari ham faol ishtirok etmoqda.

Bugun otgan yolimiz, bajargan ishlarimiz samarasiga nazar solib baholaymiz. Islohotlar jarayoni murakkab, sermashaqqat bolsa-da, bugungi natijalarini korib, quvonamiz, faxrlanamiz. Chunki mamlakatimizdagi barcha yaratuvchanlik sohalarida soglom avlod vakillari asosiy tayanch sifatida boy korsatmoqda. Ularning fan va madaniyat, sport hamda boshqa koplab sohalarda erishgan yutuqlari, galabalaridan gurur tuyamiz, kelajagimiz tayanchi yanada mustahkam bolishiga ishonamiz.

Mamlakat tomonidan biror orden yoki medal, nishon, unvonni tasis etishda oliy maqsad, yuksak rejalar tuziladi, shunga munosib natijalar kutiladi. Mustaqil Ozbekistonimizda ilk orden Soglom avlod uchun, deb atalishi va shu nomdagi xalqaro xayriya fondini tashkil etishdan kozlangan asosiy maqsad xalq salomatligini mustahkamlash, soglom avlodni tarbiyalash edi. Soglom avlod zamirida butun bir xalq, millat taqdiri, kelajagi turibdi. Davlatimiz rahbari ona va bola salomatligi masalasi mamlakatimiz buguni, kelajagi uchun qanchalar muhim ahamiyatga ega ekanini muntazam takidlab kelmoqda. Demak, bajarilgan ishlardan xotirjamlikka tushmasligimiz, yanada katta masuliyat va fidoyilik bilan mehnat qilishimiz zarur boladi.

Svetlana INAMOVA,

Soglom avlod uchun xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi, 1 darajali Soglom avlod uchun ordeni sohibi.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: