O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
01.09.2019

IMKONIYAT VA MASULIYAT

Barchamiz davlatimiz mustaqilligining 28 yilligini katta quvonch, faxr-iftixor bilan nishonlaymiz. Lekin mamlakatimiz aholisining bir qatlami borki, uning uchun bu bayram alohida ahamiyatga ega. Bu qatlamni tashkil etuvchilar – yoshi ulug‘larimiz, bobo-yu momolarimiz, kopni korgan keksalarimiz.

Ular yigirmanchi asrning algov-dalgovlari, shoro zamonining ogir kunlari, fojealarini korgan, shaxsan boshdan kechirganlar, qaramlik, tobelik nimaligini chuqur anglaydiganlar. Ular orasida Vatan mustaqilligi, xalqimiz erki-ozodligi uchun kurashib, ta’qib qilingan, hattoki qatagonga uchraganlar ham oz emas. 70-80 yoshli otaxonu onaxonlar istiqlol arafasidagi siyosiy, iqtisodiy, manaviy inqirozlarni, mamlakatimiz duch kelgan qiyinchiliklarni ham yaxshi bilishadi.

Yana bir haqiqat shundaki, keksalarimiz Ozbekiston davlat mustaqilligi elon qilinishining jonli guvohi, ushbu tarixiy voqeaga tegishli zamin yaratilishi ishtirokchilari hamdirlar. Ular milliy istiqlolning nimaligini, u nima uchun hayotiy zarurat ekanligini dastlab idrok etolmagan, «axir, biz yakkalanib qoldik, endi nima qilamiz?, Boshqalarning komagisiz kunimiz ne kechadi?» degan kayfiyatdagi kishilarga mustaqillikning mazmun-mohiyatini tushuntirishga harakat qilganlar, ozlarining bukilmas iroda, mustahkam etiqodlari bilan boshqalarga namuna bolgan kishilardir.

Mustaqillikni mustahkamlash yolida tinim bilmay kurashganlar ham bugungi keksa avlod. Mustaqillikning dastlabki yillari juda murakkab va tahlikali kechganligi malum. Oshanda hozirgi faxriylarimizga shoro davlatining notogri siyosati oqibatida nochor ahvolga tushib qolgan, iqtisodiyotimizni tiklash, markazlashgan iqtisodiyot ornida bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etish, otish davri vaziyatida kelib chiqqan ijtimoiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga togri keldi. Ularning oldida turgan muhim vazifalardan biri uzoq yillar davomida odamlar ongiga singdirilgan kommunistik goyalardan jamiyatni xalos etish va milliy istiqlol goyalarini, Vatanimiz kelajagi porloqligi, imkoniyatlarimiz ulkanligiga ishonch tuygularini xalqimiz qalbiga jo etish edi. Bu otish davrining yetakchi vazifalaridan eng qiyini edi, chunki uzoq yillar ichida shakllangan dunyoqarash va odatlardan voz kechilishi talab qilinar edi. Bu bir urinishda yoki bir-ikki yilda hal qilinadigan ish emas, balki hozir ham davom etayotgan murakkab jarayondir.

Xosh, mustaqillik bizga nima berdi? Mustaqillik tufayli biz, birinchidan, ozligimizni tanib oldik, kim ekanligimizni anglab yetdik. Biz kop ming yillik tarixga ega bolgan, ajdodlarimiz, buyuk mutafakkirlar dunyo tamadduniga katta hissa qoshgan, hech kimdan kam bolmagan xalqmiz. Bizda, endilikda, xalqimizning aql-idroki bilan yurtimizdagi yer usti va osti boyliklaridan oqilona foydalanib, zamonaviy texnika va texnologiyalar, innovatsion goyalarga tayangan holda mamlakatimizni yanada gullab-yashnatish imkoniyati keng.

Bugun iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar yangi bosqichga kotarildi, ming-minglab yoshlar tadbirkorlikka tortildi, ayollarni ish bilan band etish uchun onlab yangi korxona va sexlar tashkil etildi. Talim va sogliqni saqlash tizimlari chuqur isloh qilinmoqda, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, huquqiy madaniyatni shakllantirish choralari korilmoqda.

Mustaqillik tufayli xalqimiz uchun yana bir muhim imkoniyat tugildi: jahon siyosiy xaritasida paydo bolgan suveren Ozbekiston davlati xalqaro hayotning faol ishtirokchisi boldi. 2017 yilning oxirlaridan boshlab, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Ozbekistonning mintaqamizdagi barcha davlatlar bilan yaxshi qoshnichilik munosabatlari yuksak darajaga kotarildi, savdo-iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalar kengaydi, umumiy muammolarni birgalikda hal etishga intilish kuchaydi.

Ozbekistonning bugungi tashqi siyosatidagi yana bir muhim jihati bu mamlakatimizning xalqaro imijini bilan birga iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy rivojlanish dasturlarini amalga oshrishga chet el tajriba va investitsiyalari, texnika va texnologiyalaridan, qolaversa mutaxassislaridan keng foydalanishga yol ochib bermoqda.

Mustaqillikning oziga yarasha masuliyati ham bor. Bu shundan iboratki, mustaqillikni qolga kiritgan xalq oz taqdiri, kelajagi uchun qaygurishni, masuliyatni oz zimmasiga oladi. Oz-ozidan tushunarliki, bu barcha darajadagi davlat organlari (Oliy Majlis, hukumat va davlat mahalliy idoralari)dan oz vakolatlari doirasida samarali ishlash, umumdavlat va hududlar rivojlanishi loyihalari ijrosini talab darajasida bajarishni taqoza qiladi. Bugina emas, deputatlar, davlat idoralari xodimlari, boshqaruv organlari rahbarlari, korxona va tashkilotlar yetakchilari oz sohalari rivoji, mamlakat taraqqiyoti ularning faoliyatiga boglikligini chuqur anglab, samarali mehnat qilganlaridagina muammolar yechimini topish, belgilangan rejalarni muvaffaqiyatli bajarish mumkin. Bu har birimizdan mamlakatimizdagi tub islohotlarga tomoshabin bolib turmasdan, shu jarayonlarda faol ishtirok etishni talab etadi.

Hozir mamlakatimizdagi mavjud siyosiy partiyalar tomonidan navbatdagi parlament sayloviga puxta tayyorlanish, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga munosib nomzodlarni tanlash, elektorat ehtiyoj va manfaatlarini hisobga oluvchi saylovoldi dasturlarini ishlab chiqish jarayonlari qizgin pallaga kirdi. Albatta, oldingi saylovoldi mavsumlarida, parlamentdagi fraksiyamiz va mahalliy Kengashlardagi deputatlik guruhlarimiz yol qoygan xato va kamchiliklar qaytarilmasligi chora-tadbirlarini korishimiz lozim. Mustaqillik bergan imkoniyatlardan, bugungi oshkoralik siyosatidan tola va samarali foydalana olsak, kozlangan maqsadlarga yetamiz.

Sobir QURBONOV,

OzXDP faxriysi.

Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: