O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
27.08.2019

BOSTONLIQ TUMANIDA SAYYOR QABUL

Partiyaning jamiyatdagi ta’sir kuchi, obro‘-etibori Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosiga bogliq. Chunki quruq sozlar, vadalar, balandparvoz shiorlar bilan mavqega erishib bolmaydi. Har bir aytilgan gapning ustidan chiqilsa, berilgan vada bajarilsagina, odamlar partiyaga ishonadi, suyanadi. Bunga erishish uchun avvalo, saylovchilar, elektorat vakillarini tashvishga solayotgan masalalardan xabardor bolish talab etiladi. Bunda aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarning alohida orni bor.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi tashabbusi bilan joylarda tashkil etilayotgan aholi bilan ochiq muloqotlarning navbatdagisi Toshkent viloyatining Bostonliq tumanida otkazildi.

«Domaloq» qishlogida Istiqlol madaniyat markazida Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent viloyat kengashi hamda Bostonliq tuman hokimligi hamkorligida Aholi bilan muloqot: muammo, yechim va samara mavzusida ochiq muloqot otkazildi. Unda tumandagi Algabas, Bayterak, Gulobod, Qoraboy, Xoja, Qoshqorgon kabi 10 ga yaqin mahalla, shuningdek, Gazalkent shahridagi Daxana, Navroz mahallalarida yashovchi fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Bunday muloqotlarning aholi muammolarini organish va ularni yechishda ahamiyati katta, deydi viloyat partiya kengashi raisi Sayyora Fayziyeva. Jonli suhbatlar davomida muammoning asl ildizi oydinlashadi, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz u yoki bu masalaga daxldor yangi va qoshimcha malumotlarni aniqlashtirib olish imkoniyati katta boladi. Yana bir ahamiyatli tomoni, aholi bilan ochiq muloqotlar mobaynida odamlarning muammolarini aniqlash va hal qilishga komaklashish bilan birga ularning fikr-mulohazalarini organyapmiz, taklif va tavsiyalarini ham olyapmiz...

Murojaatlarni tahlil qilganimizda, ularning aksariyati ijtimoiy masalalarni qamrab olgani malum bolmoqda. Masalan, aholini toza ichimlik suvi, uy-joy bilan taminlash, yollarni tamirlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, hududlarni obodonlashtirish, bolani bogchaga joylashtirish bilan bogliq masalalarda koplab murojaatlar bolmoqda.

Biz aholi muammolari boyicha doimiy tahlil olib borish, shu asosda bir-biriga oxshash va kop uchrayotgan masalalarni mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari, sessiyalari muhokamasiga kiritish boyicha choralar belgiladik. Bu tajriba elektorat vakillarini oylantirayotgan masalalarni kompleks ravishda hal etishga xizmat qiladi.

Ochiq muloqotda tumandagi korxona va tashkilotlar vakillari alohida seksiyalarda aholi murojaatlarini qabul qilib, muammolarni har bir soha va yonalish boyicha chuqur tahlil asosida organishdi.

Hududlardagi ijtimoiy muhitni organish, aholi muammolarini hal qilish, deputatlik nazoratini ornatish boyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Albatta, gap inson manfaati, hayoti va taqdiri haqida ketganda, unga etiborsiz qarashga hech kimning haqqi yoq, dedi OzXDP Bostonliq tuman kengashi raisi Olimjon Boboyev. Ochiq muloqotda 50 dan ortiq murojaat boldi. Shu kuni fuqarolarning 17 ta murojaati joyida ijobiy hal etildi. 20 masala boyicha tegishli tushuntirishlar berildi. Qolgan masalalar boyicha deputatlik sorovi yuboriladigan boldi.

Shu kuni tumandagi Qoshqorgon va Qoramanas mahalla fuqarolar yiginlari hududidagi kochalarni asfaltlash, chiqindilarni olib chiqib ketish, Yangiovul, Qoramozor, Sari-qanli va Daxana mahalla fuqarolar yiginlarida yaroqsiz holga kelgan elektr sim yogochlarni almashtirish, kanal va ariqlarni tozalash boyicha murojaatlar boldi.

Qoramozor qishlogidan kelgan Olmaxon Ashurova ikki nafar farzandiga tugilganlik togrisida guvohnoma olish hamda ularni tumandagi 54-sonli maktabga joylashtirish masalasida murojaat qildi. Ushbu murojaat mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan organildi, O.Ashurova taqdim etgan hujjatlar korib chiqildi va muammo hal etiladigan boldi.



OzXDP Markaziy Kengashi

Axborot xizmati.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: