O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
27.08.2019

Davlat byudjeti ijrosi: Bajarilmagan ishlar haqida kim malumot beradi?..

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining 2019 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi yakunlarini korib chiqdi.

Davlat byudjeti ijrosi Prezidentimiz farmon va qarorlari, Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar asosida tashkillashtirilgan. Shuningdek, Prezident qaror va topshiriqlari, oliy darajadagi tashriflar davomida imzolangan hujjatlar, strategik ahamiyatga ega investitsiya loyihalarining ijrosiga ustuvorlik berilgan.

Birinchi yarim yillikda makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy osishning yuqori sur’atlarini taminlash darajasi oshgan. Natijada hisobot davrida mamlakat yalpi ichki mahsuloti qariyb 222,0 trln. somni tashkil etgan holda, otgan yilga nisbatan 5,8 foizga osgan.

Talim tizimi muassasalarini saqlash va ularni rivojlantirish xarajatlariga Davlat byudjetidan 16369,1 mlrd. som mablag ajratilgan. Bu ijtimoiy sohaga yonaltirilgan xarajatlarning 54,5 foizini tashkil etgan.

Aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash bilan bogliq xarajatlar haqida ham hisobot berildi. Unga kora, Davlat byudjetidan birinchi yarim yillikda 2 261,5 mlrd. som miqdorda mablag sarflangan. Shundan 14 yoshgacha bolasi bor oilalarga tolanadigan nafaqa uchun 320,7 mlrd., bolasi 2 yoshga tolgunga qadar ishlamaydigan onalarga tolanadigan nafaqa uchun esa 565,9 mlrd. som yonaltirilgan. Kam daromadli oilalarga tolanadigan moddiy yordam uchun 104,5 mlrd. som ajratilgan. Bola tugilganda beriladigan bir martalik nafaqaga 175,6 mlrd. som sarflangan. 43,6 mlrd. som alohida toifadagi fuqarolarga uy-joy kommunal xizmatlar haqini tolash boyicha imtiyozlar orniga kompensatsiya tolovlari uchun ishlatilgan.

Hisobotda har bir yonalish va sohalar kesimida olib borilgan ishlar haqida atroflicha soz yuritildi. Fraksiya azolari partiya dasturiy maqsadlari hamda elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, shuningdek, aholi bilan uchrashuvlarda bolayotgan murojaatlar asosida organilgan masalalarni ortaga tashladi. Talim, ijtimoiy soha, sogliqni saqlash, nafaqa va penyalar tayinlash bilan bogliq masalalarda oz takliflarini berdi.

Avval ham bir necha marta ushbu masalani kotargan bolsam-da, yana etiboringizni qaratmoqchiman, dedi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Aliya Yunusova. Aholi bilan otkazilayotgan uchrashuvlarda imtiyozli kreditlar asosida qurilayotgan arzon uy-joylarning sifatsizligi, talabga javob bermasligi haqida kop murojaat qilishmoqda. Hisobotda mana shuncha uy qurildi, mana shunchasi berildi, degan bilan haqiqiy holatdan koz yumib bolmaydi. Bu toifadagi uy-joylar yer maydonining kichikligi hisobiga arzon bolishi kerak, sifatsizligi uchun emas, nazarimda. Onlab, yuzlab kop qavatli uylar bir zumda qurilyapti. Biroq aholi ularga kochib chiqa olmayapti. Mazkur masalaga jiddiy etibor qaratilishi lozim.

Doim mana shunday hisobotlar berilganda qilingan ishlar haqida gapiriladi, biroq bajarilmaganlari boyicha malumot yoq, dedi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Shuhrat Mamajonov. Biz, deputatlar biror muammoni majlislarda kotarib chiqsak, maqul korganimiz uchun emas, aholining talab va istaklarini qondirish maqsadida gapiramiz, takliflarimizni bildiramiz. Togri, amaliy ishlar qilinyapti, ammo hali-hamon hisobot, quruq gapga tolaligicha barham berilgani yoq. Hududlarda, ayniqsa, chekka-chekka qishloqlarda eng arzimas tuyulgan masalalar ham katta-katta muammolarga sabab bolmoqda. Kommunal xizmat, tibbiy xizmat korsatish sifati borasida ham maqtana olmaymiz.

Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarda biz etibor bermagan katta-kichik masalalar kotarilmoqda. Misol uchun, umumtalim muassasalarida farroshlik shtatlari juda kam. Katta maktabga bor-yogi 1-2 nafar farrosh shtati ajratilgan. Hisobotda farroshlar hududning metr kvadratiga qarab belgilanishi takidlandi. Ammo ushbu meyorga barcha joyda ham birdek amal qilinadi, deb bolmaydi. Masalan, Oliy Majlis binosida 20 ga yaqin farrosh ishlaydi. Togri, bu maskan maktabdan bir necha barobar katta. Shunda ham bitta maktabning tozaligiga ikki kishining javob berishi qiyin. Natija talab qilishdan oldin sharoit va imkoniyat yaratib berishimiz lozim.

Shuningdek, deputatlar byudjet mablaglaridan maqsadsiz foydalanish, ularning noqonuniy ishlatilishi bilan bogliq kamchiliklarni korsatib otdilar. Xususan, hisobot davrida ayrim byudjet tashkilotlarida mablaglarning ishlatilishi bilan bogliq moliyaviy huquqbuzarliklarga yol qoyilgani, ayrim tarmoqlarda tolov intizomiga rioya etilmagani oqibatida debitorlik va kreditorlik, ayniqsa, byudjet oldidagi boqimanda qarzdorlikning yuzaga kelayotgani keskin tanqid qilindi. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining ijro intizomini kuchaytirish, Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining kelgusi davr uchun oz vaqtida va sifatli ijro etilishi ustidan qatiy parlament nazoratini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi takidlandi.

Aytish kerakki, mamlakat asosiy moliyaviy hujjatining ijrosi haqidagi hisobot talabchanlik ruhida, tanqidiy-tahliliy tarzda korib chiqildi. Yigilish yakunlariga kora, Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari byudjetlarining ijrosi togrisidagi hisobotni tasdiqlash haqida qaror qabul qilindi.



Zilola UBAYDULLAYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: