O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
13.08.2019

BIZNING NOSIR AKA

Hayotda shunday insonlar bo‘ladiki, yoshi bir joyga borib qolganda ham tinib-tinchimaydi, doim yelib-yuguradi. Kimgadir yordam bergisi, muammolar yechimi haqida fikr aytgisi keladi. U ana shu xatti-harakatidan mazmun topadi, kuch oladi. Odamlarga kerakligidan ruhlanadi.

OzXDPning faol a’zosi, 20 yildan buyon jamoatchilik asosida «Ozbekiston ovozi» va Golos Uzbekistana gazetalarida tarjimonlik qilib kelayotgan hamkasbimiz Nosir Toirov ana shunday gayratli, fidoyi insonlardan.

Nosir aka har seshanba kuni tahririyatga kelib, ozbek tilidagi maqolalarni Golos Uzbekistana gazetasi uchun tarjima qiladi. Shu ortada dostu qadrdonlari bilan suhbatlashib, xush kayfiyat bilan uyga qaytadi.

Uyda esa badiiy tarjimalar bilan shugullanadi. Ozi ham sher mashq qilib turgani uchun shoirlar ijodidan kongliga yaqinlarini tarjima qiladi. Hatto ulug shoirimiz Abdulla Oripovdan ruxsat sorab, ayrim sherlarini rus tiliga tarjima qilgan.

Nosir aka yoshligidan jurnalistikaga mehr qoygan. U Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutida oqib yurgan kezlarida Toshkent oqshomi va Vecherniy Tashkent gazetalarida institut hayotidan turli materiallar yozib turgan. 1969 yilda institutni tugatar chogida gazeta Bosh muharriri Sadulla Karomatov Nosir Toirovni tahririyatga ishga jonatishlarini sorab, institut rahbariyatiga xat yollaydi. Osha paytda maktablarda tegishli oqituvchi kadrlar yetishmasligi bois, bu xat inobatga olinmaydi va Nosir Toirov maktabga ishga yuboriladi.

Biroq qayerda ishlashidan qati nazar, Nosir aka matbuotdan uzilib qolmadi. Oqituvchilar gazetasi, Toshkent haqiqati, Tashkentskaya pravda, Komsomolets Uzbekistana, Ozbekiston ovozi, Golos Uzbekistana gazetalari va turli jurnallarda uning maqolalari muntazam ravishda chop etib kelindi.

Nosir Toirov otgan yillar mobaynida Toshkent viloyati davlat boshqaruvi idoralarida masul vazifalarda ishladi, mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin yangi tashkil etilgan Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashiga ishga taklif qilindi. Mustaqil Ozbekistondagi birinchi siyosiy partiya — OzXDPning maqsad va goyalarini targibot qilish ishlarida faol qatnashdi.

Partiyadan saylangan deputatlar faoliyatini OAVda keng yoritish, partiya qurultoylari va Markaziy Kengash plenumlari materiallarini rus tiliga tarjima qilib, matbuotda elon qilinishida uning hissasi katta boldi.

Togri, men shoir yoki yozuvchi bolmadim. Lekin adabiyotga qiziqishim hech qachon sonmagan, vaqt-vaqti bilan u-bu narsalarimning vaqtli matbuotda chop etilishi, koplab adiblar bilan muloqotda bolishim meni bir umrga adabiyot olami bilan boglab qoydi, deydi kamtarlik bilan Nosir aka. Tarjimonlik bilan yoshligimdan shugullanaman, pensiyaga chiqqan bolsam ham, hozirgacha Golos Uzbekistana gazetasi bilan hamkorlik qilib kelayapman. Bu menga kuch beradi, ish qanchalik masuliyatni talab qilishidan qati nazar, men uchun juda zavqli. Tarjimonlik ishi qiyinligini yaxshi tushunaman. Bunda nafaqat adabiy tilni, balki texnika tilini, atamalarni ham bilish, eng muhimi, tarjima qilinayotgan asarning mazmun-maqsadi va ruhini saqlab qolish kerak. Ayni chogda odob-axloq meyorlariga rioya etish talab etiladi. Bazi bir asarlarni ozbek tilidan rus tiliga ogirganman, parchalar tarjima qilganman, lekin bu haqda gapirishga hali erta, deb bilaman...

Nosir aka yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ozini daxldor deb biladi, ana shu jarayonlarda ishtirok etishdan zavq oladi, quvonadi. Bu ibratli umr, albatta, havas qiladigan umr...

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: