O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
06.08.2019

DEPUTATLAR HUKUMAT HISOBOTIDAN QONIQMADIMI?

Davlat dasturida yarim yillik uchun 139 ta topshiriq belgilangan bo‘lib, 106 band ijrosi toliq bajarilgan. Oz vaqtida ado etilmagan vazifalar deputatlarning jiddiy e’tiroziga sabab boldi. Ularning ijrosini taminlash yuzasidan deputatlar taklif va tavsiyalar ham berdi.

Xalq vakillari tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy hokimiyat organlaridagi byurokratik tosiqlarni bartaraf etish masalalari yuzasidan Hukumatga alohida meyoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqish, uning nazoratini qatiy amalga oshirishni taklif etdi.

Otgan haftada Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Vazirlar Mahkamasining Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining birinchi yarim yillikdagi ijrosi togrisidagi hisoboti eshitildi. Hisobotni Bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimov taqdim etdi.

Mazkur hisobot siyosiy partiyalar fraksiyalari, qomitalar yigilishlarida ham eshitilgan, xususan, Ozbekiston XDP fraksiyasi azolari oz fikr-mulohazalarini bildirgan, partiya dasturiy maqsadlari bilan bogliq masalalarda hukumat vakillariga savollar bergan edi.

Deputatlar, avvalo, hisobotda barcha muhim masalalar keng qamrovda aks ettirilganini takidladi. Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarga yuborilgan parlament hamda deputatlik sorovlariga berilgan javoblar ham chuqur tahlil qilingani qayd etildi.

Bu galgi hisobotning avvalgilaridan ajralib turadigan yana bir jihati shundaki, Hukumat bajarilgan ishlar bilan birga kelgusi yarim yillikdagi rejalar togrisida ham aniq raqamlar orqali malumot keltirgan. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy korsatkichlari, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning izchil rivojlantirishni taminlash yolidagi ishlar batafsil bayon qilingan. Ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, jozibador investitsion muhitni yaratish, respublika hududlarining ijtimoiy rivojlanish darajasini kotarish borasidagi ishlar chuqur tahlil etilgan.

Fraksiya azolari Davlat dasturida kozda tutilgan meyoriy-huquqiy hujjatlarni oz vaqtida ishlab chiqib qabul qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni isloh etish ishlari, dastur ijrosi samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar masalalariga alohida etibor qaratdi.

Davlat dasturida yarim yillik uchun 139 ta topshiriq belgilangan bolib, 106 band ijrosi toliq bajarilgan. Oz vaqtida ado etilmagan vazifalar deputatlarning jiddiy etiroziga sabab boldi. Ularning ijrosini taminlash yuzasidan deputatlar taklif va tavsiyalar ham berdi.

Xalq vakillari tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy hokimiyat organlaridagi byurokratik tosiqlarni bartaraf etish masalalari yuzasidan Hukumatga alohida meyoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqish, uning nazoratini qatiy amalga oshirish taklif etildi.

Xayrullo ROZMETOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Berilgan hisobotdagi raqamlarni tushundik. Harid qilish qobiliyati, iqtisodiy korsatkichlardagi osish suratlari ham kopchilikka malum. Lekin ayrim masalalarda faxrlanish emas, uyalishimiz kerak. Masalan, Ozbekiston YaIM aholi jon boshiga hisoblanganda, 1490 AQSh dollariga teng bolib, biz dunyo davlatlari orasida 147 orinda ekanmiz. Qoshni Qozogistonda esa ushbu korsatkich bir necha yillar davomida 8 ming dollardan oshyapti.

Axir bizni boshqa davlatlardan nimamiz kam? Yer osti boyliklarimiz bolsa, madaniyatimiz, tariximiz juda boy. Nega imkoniyatlarimizdan toliq foydalana olmaymiz? Hisobotlarda trillion, million deyilaveradi, lekin xalqimizning farovonligi ana shunga mos ravishda oshmayapti. Togri, bir-ikki yil oldin 149 orinda edik. Ikki pogona kotarildik. Ammo bu ham yaxshi korsatkich emas.

Yer yuzida mamlakatlarning ortacha yalpi ichki mahsuloti aholi jon boshiga hisoblaganda, 10,5 ming dollardan yuqori. Bu 4 kishilik oila yiliga ortacha 40 ming dollar daromad korishi kerak, degani. Ana shunda biz yaxshi natijaga erishdik, xalqimiz farovon yashamoqda, deb aytsak togri boladi. Yalpi ichki mahsulot togrisidagi raqamlarning qanchalik togri ekani bizga qorongu. Balki hukumat ozini-ozi nazorat qilishi qiyindir. Shuning uchun yalpi ichki mahsulot togrisidagi raqamlarni mustaqil organ berishi kerak, deb oylayman.

Yana bir masala. Joylarga chiqqanimizda tadbikorlarni, oz ishini ochganlarni qollab-quvvatlash bir yoqda tursin, mahalliy davlat organlari tomonidan ezib, qiynash holatlariga haligacha toliq barham berilgani yoq. Masalan, kimdir kichkinagina axlat bosib yotgan joyni tozalab, uskuna ornatib, yogurt ishlab chiqarmoqda. Uning qarshisiga hokim yoki uning orinbosari kelib, kadastring yoq, buzaman, deydi. Unga uncha, bunga buncha berish kerak va hokazo. Bu masalada qatiy tizim yoq.

Odamlar uyida quyon boqyapti. Yer sorasa, berilmaydi. Qachon xalqqa chinakamiga yordam berish siyosati togri yolga qoyiladi? Axir davlatimiz rahbarining talabi, korsatmalari davlat xalqqa xizmat korsatishini izchil yolga qoyishku...

Tursunpolat NORBOYEV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Davlat dasturining ijrosi yuzasidan, mana, ikki chorakdan beri Hukumat hisobotini eshityapmiz. Lekin otgan chorakda ham, bu chorakda ham Davlat dasturi bandlarining bajarilish muddati haqida hech nima yoq. Ertaga yil oxiriga borganda bajarildi, bajarilmadi, degan umumiy malumotdan nima foyda?

Axir Davlat dasturi – davlat rahbarining talabi xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti uchun qilinishi shart bolgan masalalar jamlanmasi. Ularning ijrosi ustidan deputatlik, parlament nazoratini ornatishimiz, hamkorlikda ishlashimiz, kerak bolsa, yordam berishimiz zarur. Bir-birimizga umumiy gaplardan iborat maruza oqish bilan hech narsaga erisha olmaymiz.

Masalan, Dasturda belgilangan, ammo bajarilmagan bandlar togrisida hisobotda malumot yoq. Axir bu vazifalarning ortida xalq manfaati turibdi!.. Unga xiyonat qilishga esa haqqimiz yoq. Birinchi yarim yillikka moljallangan, ammo bajarilmagan bandlarning taqdiri qorongu bolmoqda. Oylaymanki, ishimizni qayta rejalashtirishimiz, yagona, yaxlit tizimga keltirishimiz lozim. Deputatlarni har bir masala, har bir band qiziqtiradi. Vazifalar bajarilmasligi yoki muddati uzaytirilishi sabablari korsatilishi kerak. Zero, biz xalq vakilimiz. Har oyda aholi bilan uchrashamiz. Ular Davlat dasturidagi ayrim vazifalar nega bajarilmadi, deb savol bersa, qanday javob beramiz? Savollarga javob yoq joyda ishonchsizlik kuchayadi. Shuning uchun ozimizga kerakli malumotlarni olish imkoniga ega bolishimiz kerak.

Sattor RAHMATOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Xabaringiz bor, deputatlar har oyda joylardagi saylovchilar bilan uchrashadi. Ularni oylantirayotgan muammolarga yechim topishga, komaklashishga harakat qiladi. Shunday holatlar borki, yillar davomida hal etilmay kelmoqda. Masalan, yollarni olaylik. Ayrimlari sifatsiz bolsa, boshqasi yillar davomida qurib bitkazilmaydi.

Davlat dasturida sohani tubdan ozgartirish maqsadida xalqaro standartlarga mos bolgan meyoriy hujjat ishlab chiqish masalasi qoyilgan. Ushbu jarayon qaysi bosqichga kelgani haqida xalqqa nima deymiz? Odamlarga mana shu kabi masalalar qiziq. Hukumat azolari takidlaganidek, yol qurilish uchun katta mablaglar ajratilmoqda. Afsuski, bu amalda korinmayapti, sezilmayapti. Qayerdadir “boldi-boldichilik” qabilida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yollar sifati talabga javob bermayapti. Aslida yollar turiga, joyiga qarab meyorlar asosida qurilishi zarur. Ayrim hollarda ertaga komissiya keladi, deb shoshma-shosharlik bilan bunyod etilayotgan yollar borligini tan olish adolatdan boladi, nazarimda. Mana shu masalalarga chek qoyish, yol qurilishi sohasida nazoratni kuchaytirish talab etiladi.

Aliya YUNUSOVA, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

Hozirgina kotarilgan qurilish bilan bogliq masalani davom ettirgan holda, biz duch kelayotgan kongilsiz holatlarni aytib otmoqchiman. Barchamiz yurtimizda ommaviy qurilish, bunyodkorlik jarayoniga guvoh bolib kelyapmiz. Aholi turar joylari, turli obektlar, elit, yani oliy darajadagi uylar bir zumda qurilmoqda. Albatta, rivojlanish davrida aholi sonining ortishi kuzatiladi. Ularga qoshimcha uy-joylar qurish dolzarb masalaga aylanib boradi. Lekin ularning sifati haqida bosh qotirish muhim, deb hisoblayman.

Shu orinda men, aholi uchun maqbul, ammo aslida hammaga ham maqbul bolmagan uylarning sifati haqida toxtalib otmoqchiman. Birinchidan, oz nomi bilan maqbul deb atalayotgan uylar, u qadar maqbul emas. Ikkinchidan, ayrim uylarning sifatidan odam uyalib ketadi. Kechirasizlaru, shu boisdan Ohangaron tumanidagi koplab yangi uylar bom-bosh turibdi. Bunday turar-joy binolarining aksariyati talabga javob bermaydi. Bu esa aholining olgan qiziqishini yoqotmoqda. Avvalo, uylar joylashuvi, infratuzilmasi, tanlangan joyi togri bolishi kerak. Hali odam yashamasdan, kochib kirmasdan turib eshiklari buziladi, deraza romlari yopilsa, ochilmaydi yoki buning aksi. Xonalar ortasidagi gisht orniga gipsokarton ornatilgan. Ikkita xonada turgan odam bir-birining nafas olishini ham eshita oladi. Ayrim xonalarda elektr otkazgichlari yoq. Yuvinish xonalari nosoz, suv quvurlari omonat qilingan. Bu ehtiyojmand shaxslar uchun qurilayotgan uylarning ahvoli talabga javob bermasligi bilan bogliq holatlar. Natijada kredit evaziga uy sotib olayotgan shaxslar darrov unga kochib kirolmayapti. Sababi, yashash uchun yana bir qancha sarf-xarajat talab etilmoqda.

Shuningdek, Uy-joy kodeksida munitsipal turar-joy tushunchasi mavjud. Yani, kredit evaziga ham arzon uy sotib olish imkoniyatiga ega bolmagan kishilarni boshpana bilan taminlash haqida oylab korish kerakdir. Mamlakatimizda uy-joyga bolgan talabni organish boyicha aniq raqamlar bor bolsa, ularning hajmi qanday? Mana shularni aniqlab, chora korish lozim. Biz faqatgina bir kvadrat metri 10 million somdan oshiq bolgan qimmatbaho uylarni qurishda davom etamizmi? Yoki kop bolali oilalar, nogironligi bolgan shaxslar uchun yoki bolmasa, hokimiyat balansida turadigan munitsipal uylar qurish haqida ham bosh qotiramizmi? Axir dunyoda hamma ham oz shaxsiy xonadoniga ega bolmaydi.

Mazkur masala maktablar, maktabgacha talim muassasalari va davlat mulki hisoblangan yollar qurilishiga ham taalluqlidir. Kelinglar, xalq haqida oylaymiz, deganda haqiqatdan ham ular haqida oylaylik, ularga munosib sharoit yaratishga harakat qilaylik. Qurilayotgan arzon uylarga aholi kochib kiradimi, ularning munosib hayot kechirishi uchun u yerda shart-sharoit yetarlimi, degan savollar atrofida bosh qotiraylik. Uylar joylashgan hududni transport, suv, gaz va yana boshqa yashash uchun zarur vositalar bilan toliq taminlash ustuvor vazifa ekanini ham unutmaslik zarur.

Eshituvda yana qator masalalarda deputatlar keskin savollar, etirozlar, takliflar hamda tanqidiy-tahliliy fikrlarini bildirdi. Har bir masalada ochiq va oshkoralik vaqti kelganini takidlashdi. Qilingan ishlar barchaga malum, lekin bajarilmagan vazifalar taqdiri, ularning amaliyotga, hayotga tadbiq etilish muddati boyicha aniq rejalar, chora-tadbirlar xususida bahs-munozaralar boldi.

Yigilish bir-biridan rozi kayfiyatda yakuniga yetdi, deb oylagan edik. Ammo hukumatning ayrim vakillari eshituvdan keyin deputatlar tomonidan bildirilgan etirozlar, berilgan savollar, aytilgan achchiqroq gaplardan noroziliklarini yashirib otirmadi. Parlament vakillarining odamlarni norozi qilayotgan holatlar haqida ochiq-oydin gapirishi hukumat azolarining kayfiyatiga salbiy tasir korsatgani etirozlardan bilinib qoldi. Masalan, Qurilish vazirining birinchi orinbosari Botir Zokirov deputat unga ovozini kotarishga haqqi yoqligi, u deputatning bolasi emasligini aytib, ozini oqlamoqchi bolganday tuyuldi. Vazirlik va idoralar vakillari orasida parlament azolarining qatiy etirozi, tanqidiy fikrlarini eshitishga toqati yoq kishilar hali ham borga oxshaydi. Oylashimizcha, parlament eshituvlari hammasi yaxshi ketyapti, degan yumshoq va soxta muhokamalar uchun emas, muammolarni aytib, ularga yechim topish yollarini qidirish uchun otkazilishi kerak. Har holda, hozirgi yuksak talab shunday.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: