O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
06.08.2019

INSONPARVARLIKNING YANA BIR YORQIN NAMUNASI

Bugun mamlakatimizda shiddat bilan olib borilayotgan tarixiy islohotlar orasida inson erki, huquqi, sha’nini himoya etish bo‘yicha naqadar muhim ishlar qilinayotganini korgan korib, bilgan bilib turibdi. Dunyo tan berib, etirof etmoqda. Oddiy odamlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatini kozlab, beqiyos mehr-muruvvat korsatilmoqda. Yaqinda Suriyada himoyasiz, najotsiz darbadar bolib kochada qolgan bir guruh hamyurtlarimiz katta qiyinchiliklar bilan ona Vatanga qaytarildi. Songra bilib-bilmay jinoyatga qol urgan, ammo qilmishidan chin dildan pushaymon bolgan, qatiy tuzalish yoliga otganlardan 4 mingga yaqini afv etildi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining Qongirot tumani, Jasliq qorgonida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish togrisida 2019 yil 2 avgustda imzolagan qarori insonparvarlikning yana bir yorqin namunasi boldi.

Umuminsoniy qadriyatlarga daxldor bolgan bu qaror butun dunyoga yoyildi. Davlat va siyosat arboblari bu yangilikka etibor qaratib, unga yuksak baho bera boshlashdi.

Birinchilardan bolib munosabat bildirgan AQShning Ozbekistondagi sobiq elchisi Pamela Spratlen shunday dedi:

— Juda ham ramziy ahamiyatga ega qaror! Modomiki, Jasliq toliq yopilar ekan, bu voqea otmish bilan rishtalarni uzish uchun ota kuchli va zarur ishora boldi. Yangi Ozbekiston uchun unday maskanlar kerak emas va hukumat buni anglab yetgani nihoyatda muhimdir.

Human Rights Watch tashkiloti vakili Stiv Sverdlou bu qarorni “Ozbekistondan fantastik yangilik” deb baholadi va Prezident juda katta siyosiy jasorat namoyish etdi, dedi.

Darhaqiqat, Qongirot tumani Jasliq qorgoni hududida joylashgan bu qamoqxonaning yopilishi mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea boldi. Xalqimiz bu qarordan mamnun bolib, oz minnatdorligini bildirmoqda. Buning bosh sababi nimada? Koplab mamlakatlar davlat va siyosat arboblari bu voqeaga nega katta etibor bilan qaramoqda.

Birinchidan, 1999 yilda qurilgan bu qamoqxona haqida gap-sozlar kop edi. Mahbuslarga munosabat masalasida turli mish-mishlar yurardi. Togrisi, Ozbekiston obrosiga putur yetkazadigan har xil qarashlar bor edi. Odamlar orasida borsa, kelmas, deb nom olgan bu qamoqxona Ozbekistondagi demokratik jarayonlarga, xalqimiz ruhiyatiga ham mos kelmas edi.

Ikkinchidan, bu hududda yozning jaziramasi, qishning ayoziga chidash osonmas. Buning ustiga, ichimlik suvi bilan bogliq muammolar bor edi.

Yana bir muhim sabab bu koloniya Nukus shahridan 300 km., Qongirot tumani markazidan 180 km. uzoqlikda joylashgani mahkumlarning oila azolari, qarindoshlari uchun katta qiyinchiliklar tugdirardi.

Shuning uchun ham bu qamoqxonaning yopilishi har jihatdan togri bolib, odamlar manfaatiga mos keladi. Mahkumlarning huquqlarini kafolatlaydi, ularning saqlash sharoitlarini yaxshilaydi.

Kecha Milliy matbuot markazida ushbu voqeaga bagishlab otkazilgan matbuot anjumanida ham qarorning ahamiyati haqida atroflicha toxtalindi. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining orinbosari Bahrombek Adilov bu qamoqxonada ogir va ota ogir jinoyatlar sodir qilgan va uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilinganlar saqlanib kelinganini aytdi. Bu koloniyaning bugungi kundagi limiti 1100 orinli bolib, hozirgi kunda 395 nafar mahkum saqlanayotgani, ulardan atigi 10 foizi diniy-ekstremistik jinoyatlar uchun hukm qilinganlar ekanini takidladi.

Shuningdek, matbuot anjumanida jazo muddatini otayotgan mahkumlarga nisbatan qiynoq va boshqa tazyiqlar otkazish bilan bogliq holatlarning oldini olish, xavfsizlikni taminlash uchun bugungi koloniyalar hududi 2648 ta zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlanganiga etibor qaratildi. Matbuot anjumanida aytildiki, qarorda korsatilgan bir oy muddatda mahkumlar sud tomonidan belgilangan jazoni otash tartibiga kora, sudlanganlar oilasi yashab turgan hududlarga yaqin joydagi koloniyalarga joylashtiriladi.

Jurnalistlardan biri Jasliqdagi koloniya ornida kelgusida nima bolishi bilan qiziqdi.

Bu koloniya kelgusida boshqa biron obektga aylantirilishi hozircha nomalum, dedi IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshqarma boshligi Jamshid Sultonov. – Lekin shuni aniq aytamanki, 19-son jazoni ijro etish koloniyasi ornida endi boshqa koloniya tashkil etilmaydi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev faoliyatining, siyosatining oziga xos jihati shundaki, u davlat rahbari sifatida ish boshlagan dastlabki kunlardanoq fuqarolarimiz erki, huquqlari, shani, qadrini himoya qilishga qatiy kirishdi. Bu ishlar osonlikcha amalga oshmayotganini korib turibmiz. Uzoq yillar davomida fuqarolar haq-huquqini, qonunlarni oyoqosti qilib kelgan idoralarning nopok, xudbin, odamlarni jazolashdan rohatlanadigan zolimlaridan tozalash uchun murosasiz kurash olib borilmoqda. Jasliqdagi koloniyani yopish togrisidagi qaror inson huquqi himoyasi, inson qadrini uluglash boyicha qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomi boldi.

Bu qaror mamlakatimizning uzoq bir chekkasidagi qamoqxonada yotgan mahkumlar manfaati va taqdiri togrisida qaygurishning amaliy ifodasi boldi. Adolatli ish boldi. Davlatimizning bugungi siyosatiga mos ish boldi. Xayrli va savobli amal boldi. Bu voqeaning ahamiyati va qadriga yetmoq kerak, albatta.

Safar OSTONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: